Turizm xizmat ko‟rsatishi bo‟yicha uch guruhga bo‟linadi: ichki turizm,
milliy turizm va xalqaro turizm.
Ichki turizm bir mamlakat ichida odamlarning bir hududdan ikkinchi
hududga dam olish, davolanish, sport bilan shug‟ullanish, atrof-muhitni o‟rganish
kabi maqsadlarda qisqa muddatli harakatidir.
Ichki turizm bir mamlakat ichida bo‟lganligi tufayli u umumiy iqtisodiyotga
ta‟siri kam bo‟ladi. Ammo bir hudud hisobidan ikkinchi, turistlarni qabul qiluvchi
hudud iqtisodiy samara, manfaat olishi mumkin.
Milliy turizm ham turistik faoliyat majmuasi bulib, u ichki turizm va
tashqi mamlakatlardan kelgan turistlarga xizmat ko‟rsatish sohasini tulik qamrab
oladi. O‟zbekistonda milliy turizm davlat va nodavlat tashkilotlaridan tarkib
topgan bo‟lib, uni «O‟zbekturizm» tashkiloti muvofiqlashtirib turadi.
Xalqaro turizm eng nufuzli turistik harakat bulib, bir mamlakatga boshqa
mamlakatdan kelgan turistlarni qabul qilish va boshqa mamlakatlarga turistik
xizmat ko‟rsatishdir. Juda ko‟p mamlakatlarda xalqaro turizm iqtisodiyotning
muhim sohasi sifatida katta foyda keltiruvchi faoliyat hisoblanadi. Bu holatdan
kelib chiqiladigan bo‟lsa, O‟zbekiston ham juda katta turistik salohiyatga ega
ekanligini inobatga olish va uni yirik foyda keltiradigan soha deb qarash lozim.
Dostları ilə paylaş: |