Ijtimoiy samara beradigan turizm ham boshqa mamlakatlar singari
O‟zbekistonda ham rivojlangan. Bu soha bevosita aholining ijtimoiy sohaga
muhtoj qatlamini, ya‟ni maktab o‟quvchilarini, pensionerlarni, talaba-yoshlarni,
nogironlarni, keksa nuroniylarni, urush va mehnat faxriylari kabi aholining
shunday toifasini sayohat qildirish tushuniladi. Eng muhimi ushbu sohaga
qo‟yilgan investitsiya foyda olish uchun emas, balki ijtimoiy qullab-quvvatlash
uchun mo‟ljallangan bo‟ladi. Bu maqsad uchun mablag‟ davlat byudjeti, davlat
tashkilotlari va turli nodavlat jamg‟armalar va shaxslar (jismoniy, yuridik)
ajratmalari hisobidan shakllanadi.
Butunjahon turizm tashkiloti (VTO) esa – turizmning beshta turini istiqbolli
yo„nalish deb e‟lon qilgan.
Dostları ilə paylaş: |