Tatu samarqand filiali


 Ma’lumotlarni tuzilmadan qidirish



Yüklə 487,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/31
tarix07.02.2022
ölçüsü487,85 Kb.
#52226
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31
algoritmga kirish fanidan laboratoriya mashgulotlari boyicha uslubiy kursatma

2.1.  Ma’lumotlarni tuzilmadan qidirish   

Kompyuterda  ma’lumotlarni  qayta  ishlashda  qidiruv  asosiy  amallardan  biri 

hisoblanadi.  Uning  vazifasi  berilgan  argument  bo’yicha  massiv  ma’lumotlari 

ichidan  mazkur  argumentga  mos  ma’lumotlarni  topish  yoki  bunday  ma’lumot 

yo’qligini aniqlashdan iborat. Ixtiyoriy  ma’lumotlar  majmuasi  jadval  yoki  fayl  

deb    ataladi.    Ixtiyoriy  ma’lumot  (yoki  tuzilma  elementi)  boshqa  ma’lumotdan 

biror  bir  belgisi  orqali  farq  qiladi.  Mazkur  belgi  kalit  deb  ataladi.  Kalit  noyob 

bo’lishi, ya’ni mazkur kalitga ega  ma’lumot  jadvalda  yagona  bo’lishi  mumkin.  

Bunday    noyob    kalitga  boshlang’ich  (birinchi)  kalit  deyiladi.  Ikkinchi  kalit  bir 

jadvalda  takrorlansada  u  orqali    ham    qidiruvni    amalga    oshirish    mumkin.  

Ma’lumotlar  kalitini  bir  joyga yig’ish  (boshqa  jadvalga)  yoki  yozuv  sifatida  

ifodalab  bitta  maydonga  kalitlarni yozish  mumkin.  Agar  kalitlar  ma’lumotlar  

jadvalidan  ajratib  olinib  alohida  fayl sifatida  saqlansa,  u  holda  bunday  kalitlar 



tashqi kalitlar deyiladi. Aks holda, ya’ni  yozuvning  bir  maydoni sifatida  jadvalda 

saqlansa  ichki  kalit  deyiladi.  Kalitni    berilgan    argument    bilan    mosligini  

aniqlovchi  algoritmga  berilgan argument  bo’yicha  qidiruv  deb  ataladi.  Qidiruv  

algoritmi    vazifasi    kerakli  ma’lumotni    jadvaldan    topish    yoki    yo’qligini  

aniqlashdan    iboratdir.    Agar    kerakli  ma’lumot  yo’q  bo’lsa,  u  holda  ikkita  ishni 

amalga oshirish mumkin:  

1. Ma’lumot yo’qligini indikatsiya qilish (belgilash)  

2. Jadvalga ma’lumotni qo’yish.  

Faraz  qilaylik,  k  –  kalitlar  massivi.  Har  bir  k(i)  uchun  r(i)  –  ma’lumot  

mavjud. Key – qidiruv argumenti. Unga rec - informatsion yozuv mos qo’yiladi.  

Jadvaldagi  ma’lumotlarning  tuzilmasiga  qarab  qidiruvning  bir  necha  turlari  

mavjud.  




Yüklə 487,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin