Ma'lum bir shart asosida algoritmda bir necha marta takrorlanish yuz beradigan
jarayonlar ham ko`plab uchraydi. Masalan, yil fasllarining har yili bir xilda
aytiladiki, unda bir yoki bir necha amallar ketma-ketligi bir necha marta
takrorlanadi, bu ketma-ketlik tarmog`lardan iborat bo`lishi ham mumkin. Bundan
chiziqli va tarmog`lanuvchi algoritmlar takrorlanuvchi algoritmlarning xususiy holi
Masalan, Natural sonlarning yig`indisini topish algoritmi-takrorlanuvchi
algoritmga misol bo`la oladi. Haqiqatan ham, yig`indi quyidagicha hisoblanishi
mumkin:
1)
S ning dastlabki qiymati 0 deb olinsin (S:=0);
2)
i ning qiymati 1 deb olinsin (i: = 1);
3)
S ga i ni qo`shib, natija S deb olinsin (S: =S+i);
4)
i ga 1 ni qo`shib, uni i bilan belgilansin (i: = i +1);
5)
agar i=n bo`lsa, u holda 2-banddan boshlab takrorlansin;
6)
tugallansin.
Bu masala yechishning blok-sxema ko`rinishidagi algoritmi quyidagi ko`rinishda
bo`ladi:
Izoh. 3), 4) amallarga e'tibor bering. Uning matematikada ma'nosi yo`q, lekin
algoritmlar nazariyasida u avvalgi qiymatlar s va i ga biror sonni, bizning
holimizda i va 1 sonlari, qo`shib yangi qiymatlar hosil qilishni anglatadi. Xuddi
shu algoritm yordamida n ta sonlar ko`paymasini ham hosil qilish mumkin.
Dostları ilə paylaş: