Tatu samarqand filiali


-misol. “Svetofor” dan foydalanish algoritmi



Yüklə 487,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/31
tarix07.02.2022
ölçüsü487,85 Kb.
#52226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
algoritmga kirish fanidan laboratoriya mashgulotlari boyicha uslubiy kursatma

3-misol. “Svetofor” dan foydalanish algoritmi. 

1) 


svetofor chirog`iga qaralsin; 

2) 


qizil chiroq yongan bo`lsa, to`xtalsin; 

3) 


sariq chiroq yongan bo`lsa, yurishga yoki to`xtashga tayyorlansin; 

4) 


yashil chiroq yongan bo`lsa, yurilsin. 

4-misol. Koptok v0 = 29,5 m/c tezlik bilan tepaga tik tepilgan. U qancha balandlik 

(h) ga ko`tariladi. Harakat qonuni h=v0t-gt2/2 formula bilan ifodalaniladi, bu yerda 

t-ko`tarilish  vaqti:  t=,  g=9,8m/c-erkin  tushish  tezlanishi.  Bu  misolni  quyidagi 

algoritm asosida yechish mumkin. 

 

1) EHM xotirasiga Vo va g  o`zgaruvchilarning sonli qiymatlari kiritilsin; 



2) 

t ning qiymati t=Vo/g formula bilan hisoblansin; 

3) 

h ning qiymati h=Vot-gt2/2 formula bilan hisoblansin; 



4) 

t va h o`zgaruvchilarning sonli qiymatlari ekranga yoki qog`ozga chiqarilsin; 

5) 

hisoblash to`xtatilsin. 



Masalaning  qo`yilishida  koptok  29,5  m/sek  bilan  tepilsa,  degan  shart  bor  edi. 

Ya'ni, Vo=29,5 va g =9,81 bo`lsa, t va h qancha bo`ladi? 



5-misol. Qishloqqa mavjud uchta suv manbaidan suv keltirish kerak. Manbalarning 

tekislikdagi  koordinatalari:  (x1,y1),  (x2,y2),  (x3,u3).  Qaysi  manba  eng  yaqin 

ekanini toping. 

Qishloqning koordinatasi (xo,yo), L1,L2,L3-manbagacha masofalar. Qishloqdan i-

manbagacha masofa formula yordamida hisoblanadi.  

Bu misolni yechish algoritmni quyidagicha bo`ladi: 

Misolning yechish algoritmi quyidagicha bo`ladi: 



1) 

EHM  xotirasiga  (X0,U0),  (X1,U1),  (X2,U2)  va  (X3,U3)  koordinatalar 

qiymatlari kiritilsin; 

2) , ,  qiymatlar hisoblansin; 

3) 

L1 ning qiymati va L2 ning qiymati bilan solishtirilsin, agar L1 ning qiymati 



kichik  bo`lsa,  u  holda  L3  ning  qiymati  bilan  solishtirilsin,  bunda  ham  L1  ning 

qiymati kichik bo`lsa, unda shu kattalik masalaning yechimi bo`ladi; 

4) 

agar  L3  ning  qiymati  L1  ning  qiymatidan  kichik  bo`lsa,  L2  ning  qiymati 



bilan  solishtiriladi,  bunda  ham  L3  ning  qiymati  kichik  bo`lsa,  u  masalaning 

yechimi bo`ladi; 

5) 

agar  L2  ning  qiymati  L3  nikidan  kichik  bo`lsa,  u  masalaning  yechimi 



bo`ladi; 

6) 


Masala yechimi ekranga yoki qog`ozga chiqariladi; 

7) 


hisoblash to`xtatilsin. 


Yüklə 487,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin