Ramazon oyi ro‘zani barcha a’zolar bilan tutmoq zarur. Faqat shundagina ramazon ro‘zasi
Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
13
mukammal tutilgan bo‘ladi. Hazrati Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Abu Hurayra(r.a.) hazratlariga shunday
marhamat etadilar:
«Ey, Abu Hurayra! Ro‘za tutganingda beparvo bo‘lib iftor qilishni kechiktirma. Ummatimning
xayrlisi vaqti kirishi bilan iftorini kechiktirmaganidir.
Albatta, saharga tursang, saharlik qilishga, taomlanishga beparvo bo‘lma. Chunki saharda qancha
rahmat va barokat bor.
Ummatimdan ramazon ro‘zasini mukammal tutganlarning mukofotini Alloh o‘z fazl va karamidan
beradiki, buning o‘lchovi va buyukligini hech kim bilmaydi».
Qudsiy bir hadisda shunday marhamat etilgan:
«Ro‘za Mening roziligimni qozonmoq uchun tutiladi. Uning mukofotini ham faqat O’zim bilaman».
Ro‘za faqat Alloh uchun tutiladi. Ibodatlarning eng fazilatlisi namoz o‘qimoq, undan keyin ro‘za
tutmoqdir.
Ey, farzand!
Tarovih namozi o‘qimoqning fazilati haqida hazrati Alidan (r.a) so‘radidar. U zot marhamat etdilar:
«Mahshargohda bir jarchi shunday jar soladi: «Butun ramazon bo‘yi tarovih namozi o‘qiganlar
jahannamdan ozod etildi. Ular jannatga va Allohning jamoliga yetadilar».
Alloh shunday marhamat etadi:
«Izzatim va Jalolim haqqi bu qullarimning barcha gunohlarini kechirdim va ularga jahannamni
harom qildim».
Alloh ramazon oyini to‘la ro‘za bilan o‘tkazganlarga baroat (hujjat) beradi. Bu baroatda ramazon
kechalarini tarovih bilan jonlantirganlar (ayollar, erkaklar) jahannamdan qutulganlari, sirotdan oson
o‘tib, jannatga yetishlari yozilgan bo‘ladi.
Ramazon oyi va tarovihning qudsiyyatiga ishonib, samimiy xizmat bilan o‘tkazgan har qul uchun
ikromlar hozirlanishiga hech shubha yo‘q. Baxt va ish ishonchda, ixlosda, niyatda, muhabbatda va
samimiyatdadir. Ashkda go‘zal bo‘lgan bu tuyg‘ularning insonda bo‘lishi yanada go‘zaldir.
Ey, farzand!
Ramazon oyida qadr kechasi bor. Qadr kechasidagi ibodat ming oydan, ming oylik ibodatdan
xayrlidir. G’aflatda qolma. Bu fursatni qo‘ldan berma. Aksincha, bu muborak kechada avval yo‘qotgan
fursatlaringni, boyliklaringni qayta qo‘lga kiritish imkoni bor. Bu nodir va noyob bir baxtdir. Albatta,
bu yana niyat, ishonch, ixlos, samimiyat, bir so‘z bilan aytganda, muhabbatga bog‘liq. Muhabbat
yaxshiliklar, go‘zalliklarga yo‘l topadi. Alloh muborak kechalarini ibodat bilan kechirguvchi ogoh va
bedorlarga muhabbat ato etgan bo‘lsa ne ajab: Qanday go‘zal baxt bu!
Dostları ilə paylaş: