6-mavzu: Bozor iqtisodiyotinıng mazmuni va amal qilishi.
Reja
1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari.
2. Bozor iqtisodiyotida doimiy va asosiy muammolarning hal qilinishi.
4. Bozor tushunchasi va bozorning vazifalari.
5. Bozorning turlari va tuzilishi.
6. Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari.
Biz oldingi mavzuda tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash jarayonlarining
rivoji natijasida pul kelib chiqqanligini, tovar va pul munosabatlarining rivojlanib,
iqtisodiyotning hamma tomonlarini qamrab olib, asta-sekin bozor iqtisodiyotiga olib
kelayotganligini ko‘rdik.
Bu mavzu bozor iqtisodiyotining mazmunini bayon qilib berish bilan boshlanib,
uning asosiy belgilari, sub‘yektlari va rivojlanish bosqichlari talqiniga alohida o‘rin
ajratiladi. Bozor iqtisodiyotining doimiy va asosiy muammolari, bunday
iqtisodiyotning afzalliklari va ziddiyatlari tahliliga ham o‘rin beriladi.
Mazkur mavzu bozor va uning turlari, bozor infratuzilmasi, uning tarkibiy qismlari
hamda unsurlarini yoritib berish bilan yakunlanadi.