7-mavzu. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri va uning O‘zbеkistondagi
xususiyatlari.
Reja
1. O‘tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llari.
2. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning tamoyillari va xususiyatlari.
3. Res’ublikada bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy yo‘nalishlari.
4. Bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida strategik vazifalarining amalga
oshirilishi.
Bozor va uning tuzilishi, bozor iqtisodiyotining mazmuni, belgilari, uning
afzallik va kamchilik tomonlarini o‘rgangandan keyin endi bozor iqtisodiyotiga
o‘tish kerakmi yo‘qmi, degan savol turadi. Hozirgi vaqtda ko‘pchilik mamlakatlar
boshqa iqtisodiy tizimlarga qaraganda bozor iqtisodiyoti tizimi afzal deb, unga
o‘tmoqdalar. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish uchun maxsus o‘tish davri muqarrar bo‘lib,
bu davrning mazmuni va asosiy belgilarini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq
hisoblanadi.
Bu mavzuda o‘tish davri nazariyasi, xususan bozor iqtisodiyotiga o‘tish
yo‘llari bayon qilinadi. Shuningdek, O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning
tamoyillari va xususiyatlari, respublikada bozor islohotlarini amalga oshirishning
mazmuni, maqsadi va asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatib beriladi.
Bu mavzu bozor munosabatlariga o‘tish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni
chuqurlashtirish jarayonida makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, strategik
vazifalarni amalga oshirish yo‘llarini tahlil qilish bilan yakunlanadi.
|