Ishlab chiqarishning to‘planishi – ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda
mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda to‘planishi.
Kapitalning to‘planishi – qo‘shimcha qiymatning bir qismini jamg‘arish
(kapitallashtirish) natijasida kapital hajmining oshishi.
Kapitalning markazlashuvi – bir kapital tomonidan boshqa birining qo‘shib
olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallarning aksiyadorlik jamiyati va boshqa
shakllarda ixtiyoriy birlashishi orqali kapital hajmining o‘sishi.
Sof monopoliya – tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va
ishlab chiqarish hajmini bеlgilashdagi, va binobarin, foyda olishdagi
yakkahukmronlik holati.
Oligopoliya – tarmoqdagi bir nеcha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx
va ishlab chiqarish hajmini bеlgilashdagi hukmronlik holati.
|