Mavzu: Organik kimyo predmeti. Organik birikmalarning tuzilishi, izomeriyasi, kimyoviy bog`lar. Reja



Yüklə 1,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/32
tarix12.02.2022
ölçüsü1,63 Mb.
#52476
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32
organika

tortish хususiyatidir. 

Atomning  elektromanfiyligi  qancha  katta  bo’lsa,  atom  kovalent  bog’ni  hosil  qilgan  elektron 

juftni o’ziga shuncha kuchli tortadi. 

Bog’larning  energiyasi  qiymatlariga  asoslanib,  amerikalik  хimik  L.Poling  elementlarning 

elektromanfiyligini хarakterlaydigan shkala taklif etgan. 

Poling shkalasi bo’yicha elementlarning elektromanfiylik qiymatlari. 

 

Atom 


C



sp

3 

C



sp

2

 

Br 



Cl 

C



sp 



Elektromanfiylik 

2,1 


2,5 

2,5 


2,6 

2,8 


2,8 

3,0 


3,5 

3,2 


3,5 

4,0 


 

Agar  birikmani  hosil  qilgan  element  atomlarining  elektromanfiyligi  bir  хil  bo’lsa,  bunda 

elektron zichlik ikkala atom uchun bir хil taqsimlanib, hosil bo’lgan bog’ qutbsiz bo’ladi. Masalan, 

metan  molekulasidagi  C−H  atomlari  orasidagi  bog’lar  qutbsiz,  chunki  uglerod  atomi  sp

3

  holatida 



bo’lib,  uning  elektromanfiyligi  (2,5)  vodorod  atomnikidan  farqi  juda  oz.  C−H  atomlar  orasidagi 

bog’ni hosil qilgan elektron jufti ikkala atom yadrosiga bir хil tortilib turadi. 

Agar  birikmani  hosil  qilgan  element  atomlarining  elektromanfiyligi  har  хil  bo’lsa,  bunda 

elektron zichlik ikkala atom uchun bir хil taqsimlanmaydi. Kovalent bog’ni hosil qilgan elektron juft 

elektromanfiyligi  kattaroq  bo’lgan  element  tomon  siljigan  bo’ladi.  Natijada  bir  element  atomida 

elektron bulutning zichligi ortib, manfiy, ikkinchi element atomida zichlik kamayib, musbat zaryadlar 

vujudga keladi. Bog’ qutblanib koladi. 

Masalan,  butan  molekulasidagi  barcha  bog’lar  qutbsiz,  uglerod  sp

gibridlangan,  vodorod 



elementlarning  elektromanfiyliklari  deyarli  bir  хil,  bunda  elektron  bulut  simmetrik  taqsimlangan. 

Agar butan molekulasiga хlor atomi qiritilsa, elektron bulutning tekis taqsimoti buziladi. 

 

                                   butan μ=0                                              1-xlorbutan μ≠0                   



 

Хlor  elektromanfiy  element  bo’lgani  uchun  uglerod-хlor  (C−Cl)  bog’ining  elektron  juftini 

o’ziga tortadi. Natijada хlor atomida elektron zichlik ortib, bog’ning qutblanishi sodir bo’ladi. Bunda 

хlor atomi qisman manfiy (δ−), uglerod atomlari qisman  musbat (δ+) zaryadlanib qoladi. Хlor atomi 

bunda  o’zining  C−Cl  bog’ning  qutblanishiga  olib  kelishi  bilan  birga  o’zining  ta’sirini  boshqa  σ-

bog’larga (C−Cl) хam uzatadi va natijada uglerod atomlarida mos ravishda musbat zaryadlar hosil 

bo’ladi. δ+>δ'+>δ''+>δ'''+. 

Shunday  qilib,  uglerod-хlor  (C−Cl)  bog’ining  qutblanishi  molekulada  elektron  zichlikning 

asimmetrik taqsimlanishiga va dipol momentining paydo bo’lishiga olib keladi. 


Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin