Моррининг сешанба дарслари



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/55
tarix18.02.2022
ölçüsü1 Mb.
#52758
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
50
 
ochkoʻzlarcha yopishishlarini tasavvur qildim. 
– Mich? — chaqirdi Morri. 
Men  boshimni  silkib  tashlab,  hech  nima  deb  javob  qilmadim.  Biroq 
Morri mendagi parishonlikni sezdi. 
–  Mich,  —  dedi  u.  —  Jamiyatimiz  oʻlim  toʻshagiga 
mixlanmaguningcha  bunday  narsalar  haqida  fikr  yuritishingga  yoʻl 
qoʻymaydi.  Biz  shaxsiy  manfaatlarimiz  domiga  tushib  qolganmiz: 
mansab, oila, pul topish, ipoteka qarzlarini qaytarish, yangi mashina 
olish, buzilgan isitish radiatorimizni tuzatish 
– boʻsh qolmaslik uchun 
millionlab mayda-
chuyda ishlarga koʻmilib yashayveramiz. Bir nafas 
tin olib, hayotimizga tashqaridan nazar tashlab, oʻz-oʻzimizga savol 
berishga  odatlanmagan
miz:  “Bor-yoʻgʻi  shumi?  Men  istagan 
narsalarning bari shumi? Nimadir yetishmayotganmikan?” 
U bir oz jim qoldi. 
– Bu yoʻnalishda fikrlash uchun kimdir senga turtki boʻlishi kerak. Bu 
oʻz-oʻzidan sodir boʻladigan jarayonmas. 
Men  uning  nima  demoqchi  boʻlayotganini  bilardim.  Bu  hayotda 
hammamiz ustozga muhtojmiz. Meniki qarshimda oʻtirardi. 
“Boʻpti,  —  oʻyladim  men,  —  talaba  boʻlish  peshonamga  bitilgan 
ekan, imkonim yetgancha yaxshi talaba boʻlishga harakat qilaman”. 
Oʻsha  kuni  samolyotda  uyga  qaytar  ekanman,  sariq  yon 
daftarchamga 
ichimizda 
barchamizni 
qiynaydigan 
masalalar 
roʻyxatini  yozib  chiqdim:  baxt,  keksayish,  farzandli  boʻlishdan 
boshlab  to  oʻlimgacha.  Albatta,  oʻz-oʻzimizni  anglash  uchun  ushbu 
mavzularda minglab kitoblar yozilgan, bir dunyo telekoʻrsatuvlar bor, 
soati 9 dollar turuvchi maslahat darslari mavjud. Amerika oʻz-oʻziga 
yordam berish sohasida naq fors bozoriga aylangan. 
Shunday  boʻlsa-da,  aniq-tiniq  javoblar  yoʻq  edi.  Atrofingdagilar 
haqida qaygʻurishing kerakmi yoki “ichingdagi bolakay” parvarishiga 
eʼtibor  berishing  lozimmi?  Anʼanaviy  qadriyatlarga  qaytish  lozimmi 
yoki urf-odatlarni befoydaga chiqarib, ulardan voz kechish kerakmi? 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
51
 
Muvaffaqiyatga intilish kerakmi yoki oddiylikkami? Shunchaki, “Yoʻq” 
deyishni  oʻrgangan  yaxshimi  yoki  gap-soʻzlarni  yigʻishtirib,  ishga 
kirishgan  afzalroqmi?  Men  bir  narsani  aniq  bilardim:  keksa 
professorim  Morri  oʻz-oʻziga  yordam  berish  biznesida  emasdi.  U 
relsda  turib,  oʻlim  parovozining  hushtagini  tinglar  va  hayotdagi 
ahamiyatli narsalar haqida aniq tasavvurga ega edi. 
Menga shu aniqlik zarur edi. Yoʻlini yoʻqotgan va shubha-gumonlar 
girdobida azoblanib yurgan qalblarning har biri shu aniqlikka muhtoj 
edi. 
– Istagan mavzuyingda savol ber, — derdi Morri doim. 
Shu sababli 
quyidagi roʻyxatni tuzdim: 
Oʻlim 
Qoʻrquv 
Keksayish 
Nafs 
Nikoh 
Oila 
Jamiyat 
Kechirimlilik 
Mazmunli umr 
Avgust  oxirlari,  seshanba  kuni  Gʻarbiy  Nyutonga  toʻrtinchi  bor 
kelayotganimda  sumkamda  shu  roʻyxat  yotardi.  Oʻsha  kuni  Logan 
aeroportida  konditsioner  buzilgan  ekan,  odamlar  yelpinib,  jahl  bilan 
peshonalaridan oqayotgan terni artishar va kimga koʻzim tushmasin, 
hammasining  yuz  ifodasidan  kimnidir  boʻgʻizlab  qoʻyishga tayyorligi 
bilinib turardi. 
Toʻrtinchi  kurs  boshiga  kelib,  men  jamiyatshunoslik  fanidan  shu 
qadar  koʻp  darslarga  qatnashdimki,  diplom  olishim  uchun  faqat  bir 
necha kredit yetmayotgan edi xolos. Buni koʻrgan Morri aʼlo darajali 
diplom olish uchun qiyinroq diplom ishi yozishni taklif etadi. 
– Men, a? — soʻrayman undan, — nima haqida yozaman? 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
52
 
– Qaysu mavzu sen uchun qiziq? — deydi u. 
Bir  dunyo  gʻoyalarni  koʻrib  chiqib,  mavzu  qurib  qolgandek,  sportga 
toʻxtalamiz. Men “Futbol qanday qilib Amerikada xalq uchun afyun, 
yaʼni  sal  kam  din  darajasidagi  muhim  udumga  aylangan?”  degan 
mavzuda  bir  yillik  diplom 
ishimni  boshlayman.  Bu  narsa  boʻlajak 
kasbim  uchun  tayyorlov  kursi  ekani  xayolimga  ham  kelmaydi. 
Bilganim,  shu  narsa  menga  Morri  bilan  har  haftalik  suhbatlarimizni 
davom ettirishga imkon beradi. 
Bahor kelishiga uning yordamida izlanishlarim natijalari, iqtiboslar va 
dalillar  bilan  hujjatlashtirilgan  hamda  qora  charm  muqovaga 
yaxshilab  tikilgan  112  varaqlik  diplom  ishimni  tugataman.  Ilk  marta 
gol urgan yosh futbolchidek, uni faxr bilan Morriga koʻrsataman. 
– Tabriklayman, — deydi Morri. 
U ishimni varaqlar ekan, men yuzimda masrur tabassum bilan uning 
xonasidagi  narsalarga  nazar  solaman.  Kitob  javonlari,  parket  pol, 
gilam,  divan.  Ichimda  “Xonaning  qay  nuqtasida  oʻtirish  imkoni 
boʻlsa, hammasida oʻtirib chiqqanman” deyman oʻzimga. 
– Biror nima deyishga tilim ojiz, Mich, — oʻychan holda koʻzoynagini 
toʻgʻrilaydi  Morri,  —  bunday  yaxshi  yozilgan  ish  bilan  seni 
magistrlikka olib qolmasak gunoh boʻladi. 
– Boʻlmasam-chi, — deyman men. 
Miyigʻimda  kulib  qoʻysam-da,  u  aytgan  fikr  menga  moydek  yoqib 
tushadi. Bir tomondan, 
universitetni tark etishni oʻylasam, qoʻrquvga 
tushaman.  Boshqa  tomondan  esa  tezroq  joʻnab  qolsam  deyman. 
Qarama-
qarshiliklar  tortishuvi.  Diplom  ishimni  oʻqiyotgan  Morrini 
kuzata  turib,  katta  hayotga  qadam  qoʻyish  qanday  boʻlishi  haqida 
xayol suraman. 
 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
53
 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin