Professor
U sakkiz yoshda edi. Shifoxonadan telegramma keldi. Rus muhojiri
boʻlgan otasi ingliz tilida oʻqiy olmaganligi sababli yangilikni
Morrining oʻzi maʼlum qilishiga toʻgʻri keldi. U onasining oʻlimi
haqidagi xabarnomani doskaga chiqarilgan oʻquvchidek tutilib-tutilib
oʻqidi. “Chuqur hamdardligimizni bildirgan holda, sizga shuni maʼlum
qilamizki...” — oʻqishni boshladi Morri. Dafn marosimi kuni tongda
Morrining qarindoshlari Manxettenning quyi sharqiy qismidagi
qashshoq mavzeda joylashgan koʻp qavatli binoning zinalaridan
birma-bir tushib keldi. Erkaklar qora kostyum-shimda, ayollar esa
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
56
boshlariga qora toʻr yopinchiq tashlab olgandi. Maktabga yoʻl olgan
qoʻshni bolalar ularning yonidan oʻtganda Morri yerga qarab olar,
chunki sinfdoshlari uni bu ahvolda koʻrib qolishlaridan uyalar edi.
Morrining xolalaridan biri
– toʻlachadan kelgan ayol uni bagʻriga
bosib, sannay ketdi:
– Onasiz qolgan bolaginam, endi nima qilasan? Shu kunlar ham
bormidi boshingda? Holing ne kechadi endi?
Morri hoʻngrab yigʻlab yubordi. Sinfdoshlari esa qochib ketdi.
Qabristonda Morri
onasining qabrini tuproq bilan koʻmishlarini
tomosha qilib turdi. U hayotligida birga oʻtkazgan baxtiyor onlarni
eslashga urindi. Onasi betob boʻlib, yotib qolishidan avval shirinliklar
doʻkonini yuritardi. Xastalikka chalinganidan keyin esa koʻp vaqtini
u
xlash yoki derazadan tashqariga termilib oʻtirish bilan oʻtkazardi;
deraza yonida u juda nimjon va oriq koʻrinardi. Baʼzan u oʻgʻliga
dorilarini keltirishni aytib qichqirardi, koʻchada toʻp changitib yurgan
kichkina Morri oʻzini eshitmaganlikka solardi. Xayolida, kasallikka
eʼtibor bermasa, u oʻz-oʻzidan yoʻqolib ketadigandek tuyulardi.
Bolakay boshqa qanday usulda xastalikka qarshi turishi mumkin?
Morrining otasini hamma Charli deb chaqirardi. U Rus armiyasida
xizmat qilishdan qochib, Amerikaga kelib qolga
ndi. U moʻynachilik
sohasida ishlar, ammo tez-
tez ishsiz qolardi. Tayinli oʻqimagan,
ingliz tilida bazoʻr gapiradigan otasi nihoyatda qashshoq kishi boʻlib,
oila asosan davlat tomonidan beriladigan moddiy yordam hisobiga
kun kechirardi. Ular shirinliklar d
oʻkonining orqa tomonida
joylashgan qorongʻi, tor va zimiston uyda yashardi. Pul faqat
roʻzgʻordagi eng kerakli narsalarga yetardi, xolos. Mashinali boʻlish
ular uchun orzu edi. Baʼzan bir oz pul ishlab olish maqsadida Morri
ukasi Devid bilan odamlarning uyi oldidagi zinalarni besh sentga
yuvib berishardi.
Onasining vafotidan soʻng bolakaylarni Konnektikut oʻrmonlarida
joylashgan kichkina mehmonxonaga yuborishdi. Mehmonxona katta
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
57
yogʻoch uy boʻlib, u yerda bir nechta oila ijarada turar va umumiy
oshxonadan foydalanar edi. Qarindosh-
urugʻlar bolalar uchun toza
havo foydali boʻladi degan toʻxtamga kelgandi. Morri va Devid
umrlari bino boʻlib, buncha koʻp oʻsimliklarni koʻrmaganliklari sababli
kun boʻyi daladan beri kelmay yugurib, oʻynab yurishardi. Bir kuni
kechki ovqatdan keyin ular sayrga chiqishgandi
– yomgʻir sharros
quyib yubordi. Lekin ular uyga qaytish oʻrniga, soatlab yomgʻirda
chopqillab, jiqqa hoʻl boʻlishdi.
Ertasi kuni uygʻonishganda, Morri yotogʻidan sakrab turdi.
– Boʻlaqol, tur oʻrningdan, — dedi u ukasiga.
– Turolmayman.
– Bu nima deganing?
Devidning yuzini vahima egalladi.
– Men...qimirlayolmayapman.
U poliomiyelit kasalligiga chalingandi.
Albatta, xastalikning sababchisi yomgʻir emasdi. Biroq Morrining
yoshidagi bolakay qayerdan ham buni tushunsin. Ancha vaqtgacha
ukasining uy va ixtisoslashtirilgan shifoxona oʻrtasida sargardon
qatnashi va oyoqlariga maxsus moslama taqib yurishga majbur
boʻlganidan oqsoqlana boshlaganini koʻrib, Morri oʻzini aybdor his
qilardi.
Mazkur voqealar taʼsirida Morri ertalablari sinagogaga qatnay
boshladi. Otasi xudojoʻy kishi boʻlmagani sababli ibodat qilishga bir
oʻzi borardi. Uzun qora paltoli kishilar safida turib, Xudodan
marhuma onasi va betob ukasini oʻz panohida asrashini soʻrardi.
Tushdan keyin esa metroning kirish eshigida jurnal sotib, topgan-
tutganini oziq-ovqat olish uchun oilasiga keltirib berardi.
Kechki payt jimgina ovqatini yeyayotgan otasini kuzatar, uning biror
bir shirin soʻz aytishi, mehr, eʼtibor koʻrsatishidan behuda umidvor
boʻlardi.
Toʻqqiz yoshida yelkasida togʻdek yukni koʻtarib yurgandek sezardi
|