Toʻrtinchi seshanba: oʻlim haqida suhbatlashamiz
– Kel, mana bu fikrdan boshlaymiz, – dedi Morri, – hamma
q
achondir oʻlishini biladi, lekin hech kim bunga ishonmaydi.
Bu seshanba Morri toʻgʻri maqsadga oʻtdi. Suhbatimiz mavzusi oʻlim
– roʻyxatimdagi birinchi masala edi. Men yetib kelgunimcha, Morri
unutib qoʻymaslik uchun baʼzi fikrlarini bir nechta mayda oq qogʻoz
boʻlaklariga yozib qoʻyibdi. Yozayotganda qoʻli qaltirar, qingʻir-
qiyshiq husnixatini endilikda oʻzidan boshqa hech kim tushunmasdi.
Mehnat kuni yaqinlashib qolgan, kabinet derazasidan orqa hovlidagi
ismaloqrang devordaraxt koʻrinib turar va maktab boshlanishidan
oldin erkinlikdagi soʻnggi haftada koʻcha changitib oʻynayotgan
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
61
bolalarning qiyqirigʻi eshitilib turardi.
Detroytda esa nashriyot ish tashlovchilari rahbariyatga qarshi
kurashda kasaba uyushmasi bilan hamjihat ekanliklarini bildirish
maqsadida bayram kuniga yirik namoyish tayyorlayotgandi. Parvoz
vaqtida, uxlab yotgan turmush oʻrtogʻi va ikki nafar qizini otib
oʻldirgan va bu ishni ularni “yomon odamlardan” himoya qilish uchun
qilganini taʼkidlagan ayol haqida oʻqidim. Kaliforniyada O. J.
Simpsoning huquqshunoslari naq mashhur yulduzlarga aylanib
borayotgandi.
Bu yerda
– Morrining kabinetida esa hayot tamomila oʻzgacha ruhda
davom etardi: oʻtayotgan har bir kun bebaho edi. Uyni toʻldirib
turgan eng yangi uskuna
– kislorod uzatuvchi qurilmadan bir-ikki fut
masofada yonma-
yon oʻtirardik. Kichkinagina koʻchma qurilmaning
balandligi tizzagacha kelardi. Baʼzan tunlari Morri yetarlicha havo
yutolmay qolganida, qurilmaning uzun plastik naychalarini burniga
zulukdek mahkamlab qoʻyardi. Morrining biror uskunaga ulab
qoʻyilgani haqidagi fikrning oʻziyoq menga tinchlik bermagani
sababli Morrining gaplariga quloq tutar ekanman, qurilmaga
qaramaslikka urinardim.
– Hamma qachondir oʻlishini biladi, – takrorladi u, – lekin hech kim
bunga ishonmaydi. Agar ishonganimizda edi, butunlay boshqacha
hayot kechirgan boʻlardik.
– Demak, biz oʻlim borasida oʻzimizni aldaymiz, – dedim men.
– Ha. Lekin bundan yaxshiroq yondashuv ham mavjud. Oʻlishingni
anglash va istalgan payt oʻlishga tayyor boʻlish. Shunisi afzalroq.
Mazku
r yondashuv senga oʻz hayotingda sodir boʻlayotgan
jarayonlarda faolroq qatnashish imkonini beradi.
– Lekin qanday qilib oʻlimga tayyor boʻlish mumkin?
– Buddistlar kabi yasha. Har kuni sendan: “Oʻsha kun bugunmi?
Tayyormanmi?
Bajarishim
zarur
boʻlgan
barcha
ishlarni
qilyapmanmi? Oʻzim xohlagan inson boʻla olyapmanmi?”, deb
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
62
soʻraydigan qushcha oʻtirsin yelkangda.
Morri xuddi ayni paytda yelkasiga qushcha qoʻnib turgandek boshini
bir tomonga burdi.
– Bugun mening soʻnggi kunimmi? – soʻradi u.
Morri turli dinlardagi qarashlarni osongina oʻzlashtirib olgandi. U
yahudiy boʻlib dunyoga kelgan, biroq qisman bolaligida sodir boʻlgan
voqealar sababli, oʻsmirlik davrida agnostga aylangandi. U buddizm
va nasroniylikning baʼzi aqidalarini yoqtirsa-da, madaniy jihatdan
Yahudiylik dinida oʻzini uyidagidek erkin his etardi. Dinlar borasida
kallavaramligi uni yillar davomida oʻqitgan talabalarining fikrlariga
bagʻrikenglik bilan qarashiga imkon berardi. Umrining oxirgi oylarida
gapirayotgan gaplari turli diniy tafovutlarning barchasidan yuqoriroq
turadigandek tuyulardi. Oʻlim koʻp narsalarga qodir.
– Haqiqat shuki, Mich, – dedi u, – oʻlishni oʻrgangan kuning
yashashni ham oʻrganasan.
Men bosh irgʻatdim.
– Yana takrorlayman, – taʼkidladi u, – oʻlishni oʻrgangan kuning
yashashni ham oʻrganasan.
U jilmaydi va men uning bu soʻzlarni takrorlashdan maqsadi nima
ekanini tushundim. Morri oʻzimdan soʻrab meni xijolat qilmasdan,
uning soʻzlarini anglaganimga ishonch hosil qilayotgandi. Aynan shu
odati uni yaxshi oʻqituvchiga aylantirgan xislatlardan biri edi.
– Betob boʻlib qolishingizdan oldin ham oʻlim haqida koʻp
oʻylarmidingiz? — soʻradim undan.
– Yoʻq, — jilmaydi Morri. — Men ham boshqalar kabi edim.
Gʻayratim ichimga sigʻmay ketgan kunlarning birida bir doʻstimga:
“Men sen umring davomida uchratgan eng sogʻlom chol boʻlaman!”
— deb yuborganman.
– Nechchi yoshda edingiz oʻshanda?
– Oltmishdan oshgandim.
– Nekbin boʻlgan ekansiz-da.
|