Моррининг сешанба дарслари


Beshinchi seshanba: oila haqida suhbatlashamiz



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/55
tarix18.02.2022
ölçüsü1 Mb.
#52758
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

Beshinchi seshanba: oila haqida suhbatlashamiz
 
Sentyabrning birinchi haftasi edi. Oʻqish boshlanadigan hafta. Oʻttiz 
besh  yildan  beri  birinchi  marta  keksa  professorimni  kuzgi  semestr 
darslari  universitetga  chor
lamayotgandi.  Boston  talabalarga  toʻlib 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
68
 
ketdi:  qaysi  koʻchaga  kirmang,  yuklarini  tushirayotgan  yoshlarni 
koʻrish mumkin. Morri esa oʻz kabinetida oʻtirardi. Nafaqaga chiqqan 
futbolchilar  birinchi  yakshanba  uyida  oʻtirib,  oʻyinni  televizorda 
tomosha  qilar  e
kan,  “Hali  ham  ular  kabi  maydonda  oʻyin  koʻrsatish 
qoʻlimdan  kelardi-ku”  degan  xayollarga  berilgani  kabi  Morriga  ham 
uyda oʻtirishi qandaydir xatolikdek tuyulardi. Qariya sportchilar bilan 
ishlab  koʻrganim  uchun  tajribamdan  bilaman:  oʻyinlar  mavsumi 
boshla
nganda  ularni  holi  qoldirgan  maʼqul.  Hech  narsa  demaslik 
kerak. Ammo Morriga uning vaqti tugab borayotganini eslatishimga 
zarurat tugʻilmadi. 
Tasmaga  yozib  olinayotgan  suhbatlarimizda,  Morri  biror  narsani 
uzoq  tutib  turishga  qiynalayotgani  sababli,  qoʻl  mikrofoni  oʻrniga 
telesuxandonlar  orasida  ommalashgan  toʻgʻnogʻich  mikrofondan 
foydalana  boshladik.  Bu  turdagi  mikrofonlar  kiyim  yoqasi  yoki 
kamzulning  qaytarma  yoqasiga  qistirib  qoʻyiladi.  Morri  tobora  ozib-
toʻzib  borayotgan  egniga  doim  mayin  paxtali  koʻylaklar  kiyar,  ular 
nuqul  shalvirab,  osilib  turgani  sababli  mikrofon  goh  qiyshayib,  goh 
toʻntarilib  qolar,  men  esa  tez-tez  choʻzilib,  uni  toʻgʻrilab  qoʻyishga 
majbur  boʻlardim.  Bunday  paytlarda  juda  yaqin  –  quchoqlagulik 
masofada  turib qolishimiz  Morriga  yoqa
digandek koʻrinardi. Dardga 
chalinganidan  beri  uning  inson  taftiga  ehtiyojmandligi  yanada 
kuchaygandi. Morri tomonga egilganimda, uning xirillab nafas olishi, 
zaifgina  yoʻtalib  qoʻyishi,  yutinishdan  oldin  labini  yalashigacha 
eshitilardi. 
–  Xoʻsh,  doʻstim,  –  dedi  Morri,  –  bugun  nima  haqida 
suhbatlashamiz? 
– Oila mavzusiga nima deysiz? 
– Oila, – Morri bir muddat oʻyga toldi. – Koʻrib turganingdek, mening 
oilam  yonimda. 
–  Boshi  bilan  kitob  javonlari  ustidagi  suratlarga 
ishora qildi: kichkintoy Morri buvisi bilan; yigitcha Morri ukasi Devid 
bilan; Morri rafiqasi Sharlotta bilan; Morri ikki oʻgʻli: Tokyoda jurnalist 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
69
 
boʻlib ishlovchi Rob va Bostonda kompyuterlar boʻyicha mutaxassis 
Jon bilan. 
–  Soʻnggi  haftalarda  muhokama  qilingan  mavzular  taʼsirida  oila 
yanada  muhimroq  ahamiyat  kasb  etadi, 
–  dedi  Morri.  –  Gap 
shundaki, hozirda oiladan oʻzga inson qad koʻtarishi mumkin boʻlgan 
zamin 
– 
ishonchli 
poydevor 
mavjud 
emas. 
Xastalikka 
chalinganimdan  beri  bu  narsani  teranroq  anglab  yetdim.  Oilang 
qoʻllab-quvvatlashi,  mehri,  gʻamxoʻrligidan  mahrum  ekansan,  biror 
arzirli  tirgagim  yoʻq  desang  ham  boʻladi.  Muhabbat  –  oliy  neʼmat. 
Buyuk  shoirimiz  Oden  aytganidek,  “Bir-biringizga  mehr-muhabbat 
koʻrsating, yoʻqsa halokatga yuz tutasiz”. 
“Bir-biringizga  mehr-muhabbat  koʻrsating,  yoʻqsa  halokatga  yuz 
tutasiz”, – yozib qoʻydim men. 
– Buni Oden aytganmi? 
–  “Bir-biringizga  mehr-muhabbat  koʻrsating,  yoʻqsa  halokatga  yuz 
tutasiz”.  Yaxshi  gap,  a?  Juda  toʻgʻri  aytilgan.  Mehr-muhabbatsiz 
qanotlari  singan  qushga  oʻxshaymiz.  Aytaylik,  men  ajrashgan, 
yolgʻiz  yoki  befarzand  boʻlganimda,  bu  dard  –  boshimga  tushgan 
sinovlarni  yengib  oʻtish  ancha  ogʻirroq  boʻlardi.  Menimcha, 
bardoshim yetmasdi. Toʻgʻri, odamlar mendan  xabar olgani kelardi: 
hamkasblarim,  shogirdlarim,  ammo  ular  har  doim  sen  bilan  birga 
boʻluvchi yaqinlaringdek boʻlolmaydi. Senga koʻz-quloq boʻlib, doimo 
qarab  turadigan  kimingdir  borligi  bari  bir  boshqacha.  Oilaning  yana 
bir ahamiyati ham shu: faqat yaxsh
i koʻribgina qolmay, boshqalarga 
ular  haqida  qaygʻuradigan  inson  borligini  bildirib  turish.  Onamning 
vafotidan  keyin  aynan  shu  narsani  juda  sogʻinganman;  men  bu 
narsani “ruhiy xotirjamlik” deb atayman: oilang har doim sen uchun 
qaygʻurishini  bilish.  Hech  narsa  buning  oʻrnini  bosa  olmaydi.  Na 
boylik, na shon-shuhrat. 
U menga bir qarab oldi-da: 
– Na ish, — deb qoʻshib qoʻydi. 



Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin