Моррининг сешанба дарслари



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/55
tarix18.02.2022
ölçüsü1 Mb.
#52758
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   55
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
89
 
shikoyat  qilib  kelgan  bolalarning  barchasi  hayotni  gʻam-hasratga 
toʻla  deb  bilib,  shu  qadar  tushkunlikka  tushganidan  oʻzlarini 
oʻldirishni  xohlardi…  Shuncha  badbaxtliklar  kamdek,  yoshlarga 
donolik  ham  yetishmaydi.  Ular  hayot  haqida  juda  sayoz 
tushunchaga  ega.  Nimalar  sodir  boʻlayotganini  tushunmagach,  kim 
ham har kuni yashagisi keladi? Odamlar istaganicha qarashlaringga 
ishlov  beradi,  “Mana  bu  atirni  sotib  olsang,  goʻzal  boʻlasan”  yoki 
“Mana bu jinsi shimni olsang, jozibador koʻrinasan” deyishadi va sen 
ularga ishonasan! Gʻirt bemaʼnilik! 
– Hech keksayishdan qoʻrqmaganmisiz? — soʻradim men. 
– Mich, men keksalikni quchoq ochib kutib olaman. 
– Quchoq ochib? 
–  Bu  juda  oddiy.  Yoshing  oʻtgani  sari  hayotiy  tajribang  ham  oshib 
boraveradi.  Agar  yigirma  ikki  yoshligingcha  qolganingda,  bir  umr 
yigirma  ikki  yoshingdagi  kabi  johil  boʻlib  yasharding.  Bilasanmi, 
keksayish  bu  faqatgina  soʻlish  degani  emas.  Bu  oʻsish  degani. 
Ajaling yaqinlashayotgani yomon, 
albatta, ammo oʻlim muqarrarligini 
anglab  yetishing  va  shu  sababli  ham  mazmunliroq  hayot 
kechirishing 
– keksayishning ijobiy tomoni. 
–  Toʻgʻri,  —  dedim  men.  –  Lekin  keksayish  shuncha  afzalliklarga 
ega  boʻlsa,  nega  odamlar  doim  “Qaniydi,  yoshligimga  qaytib 
qolsam!”  deydi?  Kimningdir  “Oltmish  besh  yosh  boʻlib  qolsam  edi!” 
deganini hech eshitmaysiz. 
U jilmaydi. 
– Bilasanmi, bu nimadan darak beradi? Oʻz hayotidan qoniqmaslik. 
Behuda kechgan umr. Mazmuni topilmagan hayot. Sababi, agar sen 
hayoting mazmunini top
gan boʻlsang, ortga qayting kelmaydi. Olgʻa 
intilging  keladi.  Yana-
da  koʻprogʻini  koʻrishni,  kattaroq  ishlarni 
amalga  oshirishni  xohlaysan.  Oltmish  besh  yoshingni  orziqib 
kutasan.  Quloq  sol.  Sen  bir  narsani  tushunishing  kerak.  Barcha 
yoshlar buni bilishi kerak. Agar nuqul keksayishga qarshi kurashish 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
90
 
bilan  band  boʻlsang,  bir  umr  baxtsizligingcha  qolaverasan,  chunki 
keksalikdan  qochib  qutula  olmaysan.  Ha,  yana  bir  gap,  Mich, 
—  u 
ovozini pastlatdi. 
– Haqiqat shuki, sen ham oxir-oqibat oʻlasan. 
Men bosh irgʻatdim. 
– Oʻzingni nimalar deb ovutishingdan qatʼiy nazar. 
– Bilaman. 
–  Biroq,  umid  qilamanki,  —  dedi  u,  –  ungacha  hali  juda,  juda  koʻp 
vaqt bor. 
U  yuzida  xotirjam  ifoda  bilan  koʻzlarini  yumdi,  keyin  esa  mendan 
boshining  orqasidagi  yostiqlarni 
toʻgʻrilab  qoʻyishni  soʻradi.  U  oʻzini 
qulay  his  qilishi  uchun  tana  holatini  muntazam  oʻzgartirib  turish 
zarur  edi.  U  oppoq  yostiqlar,  sariq  porolon  va  koʻk  sochiqlar  bilan 
yasatilgan kresloda yastanib yotardi. Bir qarashda Morri yuk sifatida 
joʻnatishga tayyorlanib, qadoqlanayotgandek tuyulardi. 
– Rahmat, — dedi u, yostiqlarni surib qoʻyar ekanman. 
– Arzimaydi, — dedim men. 
– Mich, nima haqida oʻylayapsan? 
Javob berishdan oldin bir oz oʻylanib turdim. 
–  Mayli,  —  dedim  keyin.  –  Qanday  qilib  yosh,  sogʻlom  kishilarga 
hasad qilmasligingiz mumkinligi haqida bosh qotiryapman. 
–  Xah,  albatta,  hasad  qilaman,  —  u  koʻzlarini  yumdi.  –  Ularning 
sport  klublari  yoki  suzishga  borish  imkoni  borligiga  hasad  qilaman. 
Yoki  raqs  tushishiga.  Asosan,  raqs  tushish  imkoni  hasadimni 
keltiradi.  Lekin  hasad  kirib  keladi,  men  uni  his  qilaman,  keyin  esa 
koʻnglimdan  chiqarib  yuboraman.  Voqelikdan  uzilish  haqidagi 
gaplarim  esingdami?  Qoʻyib  yubor.  “Bu  hasad,  hozir  men  undan 
ajralib chiqaman”, deb ayt oʻzingga. Keyin esa undan uzoqlash. 
Mo
rri  yoʻtaldi:  uzoq,  tomoqni  yirtadigan  darajada  qattiq  yoʻtal. 
Sochiqchani ogʻziga bosib, zaifgina tupurdi. Uning qarshisida oʻtirar 
ekanman,  oʻzimni  undan  koʻra  ancha  kuchli,  kulgili  darajada 
kuchliroq,  his  qildim,  goʻyoki  uni  bir  qop  undek  koʻtarib,  osongina 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
91
 
yelkamga ortib oladigandek. Bu ustunligimdan uyalib ketdim, chunki 
boshqa hech bir jabhada undan ustun jihatim yoʻq edi. 
– Hasad qilishdan qanday tiyilasiz? 
– Kimga? 
– Menga. 
U jilmaydi. 
–  Mich,  qarilarning  yoshlarga  hasad  qilmasligi  ilojsiz.  Hamma  gap 
oʻzingni  boringcha  qabul  qilib,  bundan  quvona  bilishingda.  Hozir 
oʻttiz  yosh  boʻlish  navbati  seniki.  Men  ham  bir  paytlar  oʻttiz  yoshli 
boʻlish  gashtini  surganman,  endi  esa  yetmish  sakkiz  yoshli  boʻlish 
vaqtim  keldi.  Ayni  paytdagi  hayotingning  ijobiy,  goʻzal  va  asl 
tomonlarini  koʻra  bilishing  zarur.  Ortga  boqish  odamda  raqobat 
ruhini uygʻotadi. Yosh esa raqobatlashadigan masala emas. 
U  nafas  chiqarib,  goʻyoki  yoyilib  ketayotgan  havoni  tomosha 
qilmoqchidek, pastga qaradi. 
–  Rostini  aytsam,  menda  barcha  yoshlar  mujassam.  Men  uch 
yoshdaman,  besh  yoshdaman,  oʻttiz  yetti  yoshdaman,  ellik 
yoshdaman.  Men  ularning  barchasini  boshimdan  kechirganman, 
demak,  muayyan  yoshda  boʻlish  qandayligini  bilaman.  Bola  boʻlish 
joiz  boʻlsa,  oʻzimni  boladek  tutishdan  zavqlanaman.  Dono  qariya 
boʻlishning  oʻrni  kelganda,  dono  qariyaligimdan  quvonaman. 
Tasavvur  qilib  koʻrgin,  a,  nechta  insonga  aylana  olaman!  Hozirgi 
paytimgacha  boʻlgan  barcha  yoshda  boʻla  olaman.  Nima 
deyayotganimni tushunyapsanmi? 
Men bosh irgʻatdim. 
–  Qanday  qilib  sening  hozirgi  holatingga  hasad  qilishim  mumkin, 
oʻzim ham shu yoʻlni bosib oʻtgan boʻlsam? 
 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
92
 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin