Моррининг сешанба дарслари



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/55
tarix18.02.2022
ölçüsü1 Mb.
#52758
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   55
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
84
 
edi.  Talabalar  belgilanga
n  oʻrtacha  ballni  toʻplay  olmasa,  armiyaga 
chaqirilishi kechiktirilgani haqidagi hujjatlari bekor qilinishidan xabar 
topgan  oʻqituvchilar  talabalarga  umuman  baho  qoʻymaslikka  qaror 
qilishdi.  Universitet  maʼmuriyati  agar  baho  qoʻyilmasa,  barcha 
talabalar  imtihonlardan  yiqilgan  deb  hisoblanishini  aytganida,  Morri 
ushbu  muammoning  yechimi  topdi:  “Keling,  ularning  hammasiga  A 
(aʼlo) baho qoʻyamiz”. Va hamma oʻqituvchilar u aytganidek qildi. 
Kampusga  hurfikrlilik  olib  kirgan  oltmishinchi  yillar  Morrining 
boʻlimida  faoliyat  yurituvchi  xodimlarga  ham  hurfikr  gʻoyalar  olib 
keldi:  ishga  hozirda  odat  tusiga  kirgan  jinsi  shim  va  shippakda 
kelishdan  boshlab  to  sinfxonaga  yuragi  urib  turuvchi  jonli  dargoh 
sifatida  qarashgacha.  Ular  muhokamani  maʼruzadan,  amaliyotni 
nazar
iyadan ustun qoʻya boshladi. Ular inson huquqlari toʻgʻrisidagi 
loyihalar 
ustida 
ishlayotgan 
talabalarni 
janubiy 
shtatlarga, 
amaliyotchi  talabalarni  esa  katta  shaharlarning  nochor  qismlariga 
yuborishdi.  Ular  norozilik  namoyishlarida  ishtirok  etish  uchun 
Va
shingtonga  borishar;  Morri,  koʻpincha,  talabalar  toʻla  avtobusni 
oʻzi haydab borardi. U shunday safarlarning birida boʻyinlariga rang-
barang  munchoqlar  taqib  olgan  ayollar  etaklarini  hilpiratib, 
askarlarning miltiqlariga gul qoʻygani, keyin esa maysazorga  oʻtirib, 
qoʻl  ushlashib,  Pentagonni  fikr  kuchi  bilan  havoga  koʻtarishga 
urinishganini mayin tabassum bilan tomosha qildi.  
–  Uni  qoʻzgʻata  olishmadi,  –  dedi  Morri,  keyinchalik  shu  voqeani 
yodga olarkan, 
– lekin, muhimi, urinib koʻrishdi. 
Kunlarning  birida  bir  guruh  qora  tanli  talabalar  Brandeys 
universitetining  Ford  korpusini  egallab  olishdi  va  unga  “Malkolm  X 
universiteti” deb yozilgan baner ilib qoʻyishdi. Ford korpusida kimyo 
laboratoriyalari  joylashgani  sababli  ayrim  maʼmuriyat  vakillari  bu 
radikallar  y
ertoʻlada  bomba  tayyorlayapti  degan  xavotirga  ham 
bordi.  Morri  gap  nimadaligini  yaxshi  bilardi.  U  muammoning  asl 
mohiyati 
–  oʻzlarining  qandaydir  ahamiyatga  ega  ekanligini  his 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
85
 
qilishga urinayotgan oddiy insonlar ekanini koʻrib turardi. 
Qoʻzgʻolon bir necha hafta davom etdi. Morri binoning yonidan oʻtib 
ketayotganida,  qoʻzgʻolonchilardan  biri  sevimli  ustozini  tanib  qolib, 
derazadan kirishga undamaganida, qoʻzgʻolon uzoqroq davom etishi 
ham mumkin edi. 
Bir  soatdan  keyin  Morri  qoʻzgʻolonchilarning  istaklari  aks  etgan 
roʻyxat  bilan  derazadan  emaklab  qaytib  chiqdi.  U  roʻyxatni 
universitet prezidentiga yetkazgach, muammo hal etildi. 
Morri  har  doim  muammolarni  tinch  yoʻl  bilan  hal  qilishning 
uddasidan chiqardi.  
Brandeys  universitetida  u  ijtimoiy  psixologiya,  ruhiy  xastaliklar  va 
ruhiy  salomatlik,  jamoada  shaxsning  axloqi  kabi  fanlardan  dars 
berardi. Darslar hozirda “kasbiy koʻnikmalar” deb ataluvchi jihatlarga 
koʻp  ham  urgʻu  bermasdan,  asosiy  eʼtiborni  “shaxsiy  rivojlanish”ga 
qaratardi. 
Shu  sababli  ham,  bugunning  huquqshunoslik  va  tadbirkorlik 
yoʻnalishi  talabalari  uning  darslarini  oʻta  sodda  va  befoyda  deb 
hisoblagan  boʻlardi,  balki.  Uning  talabalari  universitetni  bitirgach, 
qancha pul topdi? Necha marta sudda katta ishlarni yutib chiqdi? 
Biroq,  shu  bilan  bir  qatorda,  universitetni  tamomlagach,  ushbu 
huquqshunos  va  tadbirkor  talabalarning  nechtasi  oʻzlarining  keksa 
professoridan xabar oladi? Morrining talablari har doim uni koʻrgani 
kelib  turishardi.  Umrining  oxirgi  kunlarida  unikiga  yuzlab  talabalari 
tashrif  buyurdi:  Boston,  Nyu-York,  Kaliforniya,  London  va 
Shveytsariyadan; 
yirik 
kompaniyalar 
va 
nochor 
tumanlar 
maktablarida faoliyat yuritayotganlar. Unga qoʻngʻiroq qilishdi, xatlar 
yozishdi.  U  bilan  uchrashish,  suhbatlashish,  uning  tabassumini 
koʻrish uchun yuzlab mil yoʻl bosib kelishdi. 
–  Boshqa  sizga  oʻxshagan  birorta  oʻqituvchi  topmadim,  –  deya 
taʼkidlardi kelgan talabalarning har biri. 
Morri  bilan  suhbatlarimiz  davom  etarkan,  men  oʻlim  haqida  oʻqiy 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
86
 
boshladim:  turli  madaniyat  vakillarining  hayotdan  koʻz  yumishga 
qarashlari  haqida.  Masalan,  Shimoliy  Amerikaning  Arktikaga  yaqin 
qismida  istiqomat  qiluvchi  bir  qabila  yer  yuzidagi  barcha  narsaning 
ichida  oʻzining  mitti  shakli  yashaydi,  yaʼni  kiyikning  ichida  mitti 
kiyikcha,  odamning  ichida  esa  mitti  odamcha  yashaydi.  Tashqi 
– 
katta  mavjudot  vafot  etganida,  ichki 
–  mitti  mavjudot  yashashda 
davom  etadi.  U  yaqin-atrofda  dunyoga  kelgan  boshqa  mavjudotga 
aylanishi yoki buyuk ayol ruh qornida samodagi vaqtinchalik hordiq 
maskaniga koʻtarilib, oy uni yerga qayta yuborishini kutadi. 
Baʼzida  oy  dunyoga  kelgan  yangi  ruhlar  bilan  shu  qadar  band 
boʻladiki,  osmonda  koʻrinmay  qoladi,  deyishadi.  Shu  sababli  oysiz 
tunlar  boʻlib  turadi.  Ammo,  oxir-oqibat,  oy  har  doim  qaytadi,  xuddi 
biz qaytganimizdek.  
Mana nimaga ishonadi bu qabila. 
 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin