Моррининг сешанба дарслари


Oʻninchi seshanba: oilaviy hayot haqida suhbatlashamiz



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/55
tarix18.02.2022
ölçüsü1 Mb.
#52758
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   55
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

Oʻninchi seshanba: oilaviy hayot haqida suhbatlashamiz
 
Morrinikiga mehmon olib keldim. Rafiqamni. 
U  ilk  tashrifimdan  beri  rafiqam  bilan  tanishtirishimni  soʻraydi. 
“Qachon endi Janin bilan tanishtirasan?”. “Qachon Janinni ham olib 
kelasan?”.  Bir  necha  kun  avval  Morrining  holidan  xabar  olish 
maqsadida  uyiga  qoʻngʻiroq  qilgunimga  qadar  rafiqamni  olib 
bormayotganimga doim bahonalarim tayyor boʻlardi. 
Morrining  telefon  yoniga  kelishiga  ancha  vaqt  ketdi.  Goʻshakni 
koʻtarganida  esa  shigʻillagan  tovushdan  goʻshakni  boshqa  birov 
uning qulogʻiga tutib turganini sezdim. 
– Saa-looom, — dedi u, goʻyoki nafas yetishmayotgandek. 
– Yaxshimisiz, murabbiy? 
Uning nafas chiqarishini eshitdim. 
– Mich...bugun…. murabbiyingning ahvoli... bir oz yaxshi emas. 
Tunlari uning ahvoli tobora ogʻirlashib borayotgandi. Deyarli har tun 
kislorod  uskunasini  ulashlariga  toʻgʻri  kelar,  yoʻtal  xurujlari  esa 
odamni  qoʻrqitardi.  Bir  yoʻtal  tutsa,  soatlab  davom  etar  va  u 
toʻxtaydimi,  yoʻqmi  Morrining  oʻzi  ham  bilmasdi.  U  har  doim  dard 
oʻpkasini  mahv  etganida  oʻlishini  taʼkidlardi.  Ajali  naqadar  yaqin 
qolganini oʻylab vujudimni titroq bosdi. 
–  Seshanba  kuni  boraman,  —  dedim  men.  –  Ungacha  tetiklashib 
qolasiz. 
– Mich? 
– Labbay? 
– Rafiqang hozir sen bilanmi? 
Janin yonimda oʻtirgandi. 
– Goʻshakni unga ber. Ovozini eshitmoqchiman. 
Tan  olishim  kerak,  Xudo  ayolimni  mendan  ancha  rahmdilroq  qilib 
yaratgan.  U  Morri  bilan  biror  marta  ham  koʻrishmagan  boʻlsa-da, 
goʻshakni  qoʻliga  oldi  va  bir  daqiqaga  ham  qolmay  u  keksa 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
107
 
professorim  bilan  talabalik  yillaridan  beri  tanish  kishidek  iliq 
suhbatga kirishdi. Eshitganim faqat “Ha, ha...Mich aytib bergandi… 
Voy, rahmat” jumlalari boʻlsa ham, ular dildan suhbatga kirishganini 
ich-ichimdan his qilib turardim. 
U goʻshakni joyiga qoʻygach: 
– Kelasi safar birga boramiz, — dedi. Tamom. 
Mana endi ikkalamiz Morrining ikki yonida oʻtiribmiz. Morri xotinboz 
boʻlmasa-da,  ayollarga  suyagi  yoʻq  kishi  edi.  Buni  oʻzi  ham  tan 
olardi. Hozir ham yoʻtal xuruji yoki hojatga chiqish ehtiyoji muloqotni 
boʻlayotganiga qaramasdan xonada Janinning borligi professorimga 
yangidan  kuch  bagʻishlayotgandek  edi.  U  toʻyda  tushgan 
suratlarimizni tomosha qildi: Janin albomimizni koʻtarib kelibdi. 
– Detroytlikmisiz? — soʻradi Morri. 
– Ha, — javob berdi Janin. 
– Qirqinchi yillar oxirida bir yilcha Detroytda dars berganman. Qiziq 
voqea boʻlgan oʻshanda. 
Morri  burun  qoqishga  toʻxtadi.  Qogʻoz  sochiqchani  olishga 
urinayotganini  koʻrib, oʻzim  sochiqchani oldimda,  unga  tutib  turdim. 
U  ojizgina  burun  qoqdi.  Sochiqcha  bilan  burnini  yengilgina  siqib, 
artib  qoʻydim,  xuddi  mashinada  ketayotgan  ona  bolasiga  qilgani 
kabi. 
–  Rahmat,  Mich,  —  Morri  Janinga  qaradi.  –  Mening  tengi  yoʻq 
dastyorim. 
Janin jilmaydi. 
–  Ha,  mayli.  Voqeaga  qaytsak.  Universitetda  jamiyatshunoslar 
jamoasi bor edi. Boshqa fan oʻqituvchilari bilan poker oʻynardik. Bir 
jarroh  yigit  boʻlardi.  Bir  oqshom  oʻyindan  soʻng  u  yonimga  kelib, 
“Morri,  ish  jarayoningizni  koʻrsam  degandim”,  dedi.  Rozi  boʻldim. 
Maʼruzalarimdan  birida  qatnashib,  dars  berishimni  kuzatdi.  Dars 
tugagach,  “Endi  meni  ish  jarayonida  kuzatishga  nima  deysiz? 
Bugun oqshom  bir  bemorni operatsiya qilaman”.  Koʻngli  ogʻrimasin 



Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin