Моррининг сешанба дарслари



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/55
tarix18.02.2022
ölçüsü1 Mb.
#52758
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   55
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
94
 
quchoq  ochib,  oʻzlarini  moddiy  narsalar  tomon  otardi.  Ammo  bu 
harakat  hech  ish  bermaydi.  Doʻstlik,  muhabbat,  mehr  yoki  ezgulik 
oʻrnini  moddiy  buyumlar  bilan  toʻldirib  boʻlmaydi.  Pul  ham,  kuch-
qudrat  ham  mehr  oʻrnini  bosa  olmaydi.  Mana-mana  oʻlaman  deb 
turgan  inson  sifatida  aytishim  mumkin,  qanchalik  boy  boʻlma, 
mehrga  eng  muhtoj  paytingda  pul  ham,  kuch-qudrat  ham  sen 
izlayotgan tuygʻuni bera olmaydi. 
Men  Morrining  kabinetini  koʻzdan  kechirdim.  Xona  men  kelgan 
birinchi kunda qanday boʻlsa, hozir ham xuddi shunday edi. Kitoblar 
javondagi  oʻrnidan  siljimagan,  eski  yozuv  stoli  ustida  oʻsha-oʻsha 
qogʻozlar uyumi. Boshqa xonalarda ham hech bir yaxshilanish yoki 
yangilanish  sezilmaydi.  Uzoq  vaqtdan  beri,  ehtimol,  bir  necha 
yillardan  beri,  Morri,  tibbiy  jihozlarlardan  tashqari,  chindan  ham 
boshqa  hech  narsa  sotib  olmagan  edi.  Bedavo  dardga 
chalinganidan xabar topgan kuniyoq uning yangi xaridlarga qiziqishi 
oʻlgandi. 
Uyda oʻsha eski rusumdagi televizor, Sharlotta hali ham oʻsha eski 
rusumdagi  avtomobilni  haydaydi,  idishlar,  kumush  oshxona 
anjomlari  va  sochiqlar 
–  hammasi  oʻsha-oʻsha.  Biroq  uydagi  muhit 
keskin  oʻzgargandi.  Uy  mehr-muhabbat,  ilm  va  qizgʻin  muloqotlar 
bilan  toʻlgandi.  Doʻstlar,  qarindoshlar,  samimiy  suhbatlar  va  koʻz 
yoshlar  bilan  toʻlgandi.  Uyidan  hamkasblar,  talabalar,  meditatsiya 
murabbiylari,  davolovchi  shifokorlar,  hamshiralar  va  musiqiy 
guruhlarning oyogʻi uzilmasdi. Morrining bank hisobidagi mablagʻlar 
jadallik  bilan  kamayib  borayotgan  boʻlsa-da,  uyi  asl  maʼnoda  boy 
xonadonga aylangandi. 
– Bizda odamlar nimani xohlashlari va aslida nimaga muhtojliklarini 
doim  chalkashtirib  yuboradi, 
–  taʼkidladi  Morri.  –  Sen  oziq-ovqatga 
muhtojsan, shokoladli muzqaymoqni esa xohlaysan. Buni ochiq tan 
ola  bilish  kerak.  Eng  soʻnggi  rusumdagi  sport  avtomobiliga 
ehtiyojing  yoʻq,  eng  katta  uyga ega  boʻlishing ham  zaruriyat  emas. 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
95
 
Haqiqat  shundaki,  bu  kabi  narsalar  senda  qoniqish  hissini 
uygʻotmaydi. Bilasanmi, nima odamga chindan ham qoniqish hissini 
beradi? 
– Nima? 
– Berishing kerak boʻlgan narsalarni boshqalarga taqdim qilish. 
– Xuddi boy-skautga oʻxshab gapirasiz, a. 
–  Pulni  nazarda  tutmayapman,  Mich.  Vaqtni  nazarda  tutyapman. 
Gʻamxoʻrlikni.  Suhbatni.  Bu  unchalik  qiyin  emas.  Yaqinimizda 
qariyalar  markazi  ochilgan.  U  yerga  har  kuni  oʻnlab  qari  kishilar 
boradi.  Biror  koʻnikmaga  ega  yoshlardan  esa  u  yerga  borib,  oʻz 
koʻnikmalarini  qariyalarga  oʻrgatish  soʻraladi.  Aytaylik,  sen 
kompyuterga  yaxshi  tushunasan 
–  borasan  va  kompyuterdan 
foydalanishni  oʻrgatasan.  Ular  sendan  juda  ham  xursand  va 
minnatdor  boʻlishadi.  Shu  tarzda  oʻzing  ega  boʻlgan  narsalarni 
boshqalarga berish orqali hurmat qozona boshlaysan. Bu kabi joylar 
anchagina.  Va  sendan  favqulodda  isteʼdod  talab  qilinmaydi. 
Shifoxona  va  boshpanalarda  koʻplab  yolgʻiz  insonlar  bor,  ular 
xohlaydigan  yagona  narsa 
–  hamsuhbat,  hamroh.  Ular  senga 
muhtoj 
–  yolgʻiz  qariyalar  bilan  karta  oʻynash  orqali  oʻz-oʻzingni 
hurmat  qila  boshlaysan.  Hayot  mazmunini  topish  haqida  nima 
deganim esingdami? Men uni yozib qoʻygandim, lekin hozir yoddan 
aytib bera olaman: Oʻzingni boshqalarga mehr ulashishga bagʻishla, 
oʻzingni  atrofingdagi  insonlarga  bagʻishla,  hayotingga  maqsad  va 
mazmun  taqdim  etuvchi  nimadir  yaratishga  oʻzingni  baxshida  et. 
Sezdingmi, 
–  qoʻshimcha  qildi  u  jilmayib,  –  maosh  haqida  hech 
narsa tilga olinmadi. 
Morrining baʼzi gaplarini sariq yon daftarchamga yozib borardim. U 
nigohimdan nimalar haqida oʻylayotganimni, oliygohni bitirganimdan 
beri hayotimning katta qismini aynan u tanqid qilayotgan narsalar 
– 
kattaroq  oʻyinchoqlar,  hashamdorroq  uylar  ortidan  quvib 
oʻtkazganimni  bilib  qolmasligi  uchun  ham  yozish  bilan  mashgʻul 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
96
 
boʻldim.  Boy  va  mashhur  sportchilar  orasida  ishlaganim  sababli 
ehtiyojlarim  haqiqiy  ekanligi,  mening  o
chkoʻzligim  ularniki  bilan 
solishtirganda hech narsa emasligiga oʻzimni ishontirgandim. 
Morri  bir  harakat  bilan  bularning  bari  xomxayol  ekanini  anglatib 
qoʻydi. 
–  Mich,  agar  sendan  yuqorida  turgan  kishilarga  oʻzingni  koʻz-koʻz 
qilishga urinayotgan boʻlsang, buni esingdan chiqar. Ular senga bari 
bir  past  nazar  bilan  qarashadi.  Agar  oʻzingdan  quyi  odamlarga 
oʻzingni koʻz-koʻz qilishga urinayotgan boʻlsang, buni ham esingdan 
chiqar.  Ular  senga  faqat  hasad  qilishadi.  Mansab  hech  narsani 
oʻzgartirmaydi.  Faqatgina  ochiqkoʻngillik  seni  boshqa  istalgan  kishi 
bilan tenglashtirishga qodir. 
U bir oz tin oldi, keyin menga qaradi: 
– Men oʻlyapman, toʻgʻrimi? 
– Ha. 
–  Nima  deb  oʻylaysan,  nega  boshqalarning  muammolarini  tinglash 
men  uchun  shunchalik  muhim?  Oʻzimning  dardim,  ogʻriqlarim 
kammi menga? Albatta, yetarli. Lekin kimgadir nimadir berish orqali 
tirikligimni  his  qilib  turaman.  Mashinam  yoki  uyimni  emas. 
Koʻzgudagi  aksimni  ham  emas.  Vaqtimni  berib,  hozirgina  gʻamga 
botib  turgan  kishini  tabassum  qildirishga  muvaffaq  boʻlganimda, 
oʻzimni  xuddi  sogʻlom  kishidek  his  qilaman.  Qalbing  buyurgan 
ishlarni qil. Shunday qilsang, qoniqmaslik hissini tuymaysan, hasad 
qilmaysan,  boshqalarda  bor  narsalarga  ega  boʻlish  ishtiyoqida 
kuymaysan. Aksincha, qilgan ishlaring natijasidan huzurlanasan. 
U yoʻtaldi va kursisida turgan kichik qoʻngʻiroqchaga qoʻl uzatdi. Bir 
necha  bor  uni  qoʻliga  olishga  urindi,  uddasidan  chiqa  olmadi; 
nihoyat, men uni olib, Morrining kaftiga qoʻydim. 
–  Rahmat,  –  deb  shivirladi  u.  Konnini  chaqirish  uchun  qoʻngʻiroqni 
holsizgina  siltadi. 
–  Anavi  yigit,  Ted  Turner,  qabr  toshiga  yozdirish 
uchun boshqa narsa oʻylab topa olmabdimi? – dedi Morri. 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
97
 
 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin