Моррининг сешанба дарслари



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/55
tarix18.02.2022
ölçüsü1 Mb.
#52758
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
116
 
turardi.  Bir  necha  oy  oldin,  ehtimol,  bundan  jirkangan  boʻlardim; 
lekin  endilikda  bu  qopcha  va,  hattoki,  Morri  tuvakka  hojat 
chiqarganidan  keyin  xonada  anqiydigan  hidga  ham  eʼtibor  bermay 
qoʻygandim.  Morri  bu  vaqtga  kelib  bir  joydan  ikkinchi  joyga 
harakatlanish, hojatxona eshigini yopish va hojatxonadan chiqishda 
hid  ketkizuvchi  spreyni  sepish  baxtidan  mahrum  boʻlgandi.  Butun 
hayoti yotoq va kursida oʻtayotgandi. Agar mening hayotim ham shu 
tarzda  angishvonadek  joyga  zichlab  joylab  qoʻyilganida,  xonamda 
bundan yaxshiroq hid taralishiga ishonmayman. 
– Oʻz anʼanalaringni yarat deyishim, – dedi Morri, – seni jamiyatdagi 
mavjud  barcha  qoidalarni  nazar-pisand  qilmaslikka  undashimni 
anglatmayd
i.  Masalan,  men  koʻchaga  yalangʻoch  chiqmayman-ku 
yoki qizil chiroqda yoʻlni kesib oʻtmayman. Bu kabi kichik qoidalarga 
amal  qilishim  mumkin.  Lekin  kattaroq  masalalarda 
–  fikrlash  tarzi, 
qadriyatlar 
– tanlov oʻzimizniki boʻlishi lozim. Hech kimsa yoki hech 
bir  jamiyat  bu  narsalarni  sen  uchun belgilab berishiga  yoʻl  qoʻyma. 
Misol  sifatida,  mening  holatimni  olib  koʻr.  Uyalishim  kerak  boʻlgan 
narsalar 
–  yura  olmasligim,  ketimni  artolmasligim,  baʼzan  tonglari 
uygʻonib,  toʻyib  yigʻlashni  xohlashim  –  umuman  uyaladigan  yoki 
xijolat boʻladigan narsalar emas. Xushbichim boʻlmagan ayollar yoki 
boy  boʻlmagan  erkaklar  holati  ham  shunday.  Aslida,  faqat 
jamiyatimiz  bizni  bular  uyatli  ekaniga  ishontirgan.  Sen  bunga  laqqa 
tushma. 
Men  Morridan  nega  yoshroq  payti  boshqa  biror 
yerga  koʻchib 
ketmaganini soʻradim. 
– Qayerga? 
–  Bilmadim.  Janubiy  Amerikagami,  Yangi  Gvineyagami,  xudbinlik 
AQSHdagidek chuqur tomir otmagan biror yerga-da. 
–  Har  bir  jamiyatning  oʻz  muammolari  bor,  –  dedi  Morri  qoshlarini 
koʻtarib,  endilikda  u  yelka  qismoqchi  boʻlganida,  qosh  uchirardi.  – 
Qochib ketish yechim emas, menimcha. Oʻz anʼanalaringni yaratish 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
117
 
ustida  ishlashing  kerak.  Quloq  sol,  qayerda  yashashimizdan  qatʼiy 
nazar, biz insonlarning eng katta kamchiligimiz kaltabinligimizdir. Biz 
nimalarga  qodirl
igimizni  koʻra  olmaymiz.  Inson  oʻz  imkoniyatlarini 
koʻra  bilishi,  zabt  etishi  mumkin  boʻlgan  har  qanday  choʻqqiga 
tirmashib  koʻrishi  kerak.  Lekin  atrofing  “Hoziroq  hammasiga  ega 
chiqishim  kerak”  deguvchi  kimsalarga  toʻla  boʻlsa,  bu  holat 
mamlakatda  hamma  n
arsaga  ega  bir  toʻda  boylar  hamda 
nochorlarni  bosh  koʻtarib,  boylarning  mulkini  oʻgʻirlashdan  tiyib 
turuvchi harbiylarning vujudga kelishi bilan yakunlanadi. 
Morri  ortimdagi  derazadan  uzoq-
uzoqlarga  tikildi.  Baʼzan  yoʻldan 
oʻtayotgan  yuk  mashinasining  shovqini  yoki  shamol  gʻuvullashi 
eshitilib  qolardi.  Bir  lahza  qoʻshnilarining  uylariga  qarab  turdi-da, 
soʻzida davom etdi. 
–  Muammo  shundaki,  Mich,  odamlar  bir-biriga  oʻxshash  tomonlari 
nihoyatda  koʻpligini  tan  olgisi  kelmaydi.  Oq  tanli  va  qora  tanlilar, 
katoliklar 
va 
protestantlar, 
ayollar 
va 
erkaklar. 
Agar 
oʻxshashliklarimizni  koʻra  olganimizda  edi,  hammamiz  bitta  ulkan 
oilaga birlashgan va bu oila uchun oʻz oilamiz uchun qaygʻurganimiz 
kabi  qaygʻurgan  boʻlardik,  ehtimol.  Ishon,  joning  uzilayotganida 
gaplarim  haqiqatligini  anglab  yetasan.  Hammamizning  ibtidomiz  bir 
xil 
– tugʻilish va intihomiz ham bir – oʻlim. Shunday ekan, qanchalik 
bir-
birimizdan  farq  qilishimiz  mumkin?  Insoniyat  oilasiga  oʻz 
hissangni qoʻsh. Insonlarga himmat koʻrsat. Oʻzing sevgan va senga 
muhabbat qoʻyganlardan iborat kichik jamiyat yarat. 
U sekingina qoʻlimni siqib qoʻydi. Men ham uning qoʻlini siqdim – bir 
oz  qattiqroq.  Bayram  musobaqalarida  bolgʻani  zarb  bilan  urib, 
diskning  ustun  boʻylab  koʻtarilishini  kuzatganingiz  kabi  men  ham 
jismim
da  taralgan  iliqlik  Morriga  oʻtib,  uning  koʻksidan  boʻyniga, 
keyin esa yonoqlari hamda koʻzlarigacha koʻtarilganini his qildim. U 
jilmaydi. 
–  Hayotimizning  ilk  kunlari  –  chaqaloqligimizda  yashab  qolishimiz 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
118
 
uchun boshqalar gʻamxoʻrligiga muhtoj boʻlamiz, toʻgʻrimi? Hayoting 
soʻngida  ham,  mening  hozirgi  holatimga  tushganingda,  yashab 
qolishing  uchun  boshqalar  yordamiga  ehtiyoj  sezasan,  toʻgʻrimi?  – 
uning ovozi pasayib, shivirlashga oʻtdi: – Senga bir sirni ochaman – 
shu  ikki  davr  oraligʻida  ham  boshqalarga  muhtojligimizcha 
qolaveramiz. 
Oʻsha  kuni  tushdan  keyin  Konni  bilan  O.  J.  Simpson  ustidan 
oʻqiladigan  hukmni  tomosha  qilish  uchun  yotoqxonaga  oʻtdik. 
Vaziyat  oʻta  tarang  edi:  voqeaning  asosiy  qahramonlari  –  oʻzining 
advokatlari  armiyasi  qurshovidagi  egniga  ko
ʻk  kostyum-shim  kiyib 
olgan Simpsonning ham, uni tezroq panjara ortiga tiqish ishtiyoqida 
yonayotgan  prokurorlarning  ham  nigohi  sud  hayʼatiga  qadalgandi. 
Sud  hayʼati  aʼzolaridan  biri  “Aybsiz  deb  topildi”  hukmini  oʻqib 
eshittirganida, Konni “Yo Xudoyim!” deb qichqirib yubordi. 
Simpson  advokatlarini  birma-bir  quchoqlashini  tomosha  qildik. 
Sharhlovchilarning 
hukm 
nimani 
anglatishi, 
nimalar 
sodir 
boʻlayotganini  izohlashga  urinishlarini  tingladik.  Sud  binosi 
tashqarisidagi  koʻchada  qora  tanlilardan  iborat  olomon  quvonch 
bilan  hukmni  nishonlayotgani,  restoranlarda  esa  boʻlayotgan 
voqealardan  lol  qolgan  oq  tanlilar  televizor  ekranlaridan  koʻzlarini 
uzolmasdi.  Qotilliklar  har  kuni  sodir  boʻlsa-da,  bu  hukm  butun 
mamlakatni  larzaga  solgandi.  Konni  koridorga  chiqib  ketdi.  Shu 
koʻrgani yetarli boʻldi unga. 
Morrining  kabineti  eshigi  yopilgani  eshitildi.  Televizorga  mixlanib 
qolgandim. “Butun dunyo shuni koʻryapti hozir” dedim oʻzimga oʻzim. 
Keyin  esa  qoʻshni  xonadan  tanish  taraqlash  qulogʻimga  chalindi  – 
Morrini  aravachas
idan  koʻtarib  olishayotgandi.  Jilmaydim.  “Asrning 
eng  shov-
shuvli  sud  ishi”  oʻz  nihoyasiga  yetayotgan  bir  paytda 
keksa professorim hojatxonada oʻz ishini bajarardi. 
1979-
yil.  Brandeys  sportzalida  basketbol  oʻyini  oʻtkazilmoqda. 
Jamoasining 
natijasi 
yaxshiligidan 
ruhlangan 
tomoshabinlar 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
119
 
oʻrindigʻidagi  talabalar  “Biz  doim  birinchimiz!  Biz  doim  birinchimiz!” 
deb kuylashga kirishadi. Morri shu talabalarga yaqin joyda oʻtiribdi. 
U talabalarning hayqiriqlaridan hayratda. Va birdan navbatdagi “Biz 
doim  birinchimiz
!”  hayqiriqlari  ostida  oʻrnidan  turib,  “Ikkinchi 
boʻlishning nimasi yomon?” deb baqiradi. 
Talabalarning nigohi u tomonga qadaladi. Ular kuylashdan toʻxtaydi. 
Morri esa yuzida gʻolibona tabassum bilan joyiga qaytib oʻtiradi.  

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin