Моррининг сешанба дарслари



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/55
tarix18.02.2022
ölçüsü1 Mb.
#52758
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

Xotima
 
Baʼzan oʻtmishga boqib,  keksa professorimni qayta uchratishimdan 
oldingi  “men”imni  –  tamomila  oʻzgacha  insonni  koʻz  oldimga 
keltiraman. Oʻsha inson bilan suhbat qurgim keladi. Unga nimalarni 
qidirish va qaysi xatolardan qochish kerakligini aytgim keladi. Unga 
qar
ata,  “Bagʻrikeng  boʻl,  jamiyat  tomonidan  targʻib  qilinadigan 
qadriyatlar vasvasasiga uchma, yaqinlaring soʻzlayotganida, goʻyoki 
ular  bilan  soʻnggi  marta  suhbatlashayotgandek  diqqat  bilan  tingla”, 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
141
 
degim keladi. 
Eng muhimi, men unga samolyotga oʻtirib, Massachusets shtatidagi 
Gʻarbiy  Nyuton  shaharchasida  yashayotgan  nuroniyni  ertaroq  –  u 
xastalanib  raqsga  tushish  qobiliyatini  yoʻqotmasidan  oldin  borib 
koʻrishi kerakligini aytgim keladi. 
Bilaman,  bu  qoʻlimdan  kelmaydi.  Hech  birimiz  oʻtgan  ishlarni 
oʻzgartira  olmaymiz,  allaqachon  tasmaga  muhrlangan  hayotimizni 
ham  qayta  yashash  imkonsiz.  Ammo  Professor  Morri  Shvarts 
menga  bergan  eng  muhim  saboq  bu 
–  hayotda  “endi  juda  kech” 
degan tushunchaning mavjud emasligi. U soʻnggi nafasigacha oʻzini 
tarbiyalashda davom etdi. 
Morrining  oʻlimidan  koʻp  oʻtmay,  Ispaniyadagi  ukam  bilan 
suhbatlashishga muvaffaq boʻldim. Uzoq gaplashdik. Uning maʼlum 
masofa  saqlash  istagini  hurmat  qilishimni,  men  bor-
yoʻgʻi  oʻtmish 
xotiralari bilan yashash oʻrniga, aynan hozir xabarlashib turishni va 
u  imkon  berganicha  munosabatlarimizni  tiklashni  xohlashimni 
aytdim. 
–  Sen  mening  yakka-yu  yolgʻiz  ukamsan,  –  dedim  men.  –  Seni 
yoʻqotishni xohlamayman. Seni yaxshi koʻraman. 
Shu paytgacha unga bunday gaplarni hech aytmagandim. 
Bir  necha  kun  oʻtib,  faks  orqali  xabar  oldim.  Xabar  matni  bosh 
harflar  bilan  yozilib,  tinish  belgilari  pala-
Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin