Моррининг сешанба дарслари


Oʻn ikkinchi seshanba: kechirimlilik haqida suhbatlashamiz



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/55
tarix18.02.2022
ölçüsü1 Mb.
#52758
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

Oʻn ikkinchi seshanba: kechirimlilik haqida suhbatlashamiz
 
– Joning uzilmasidan avval oʻzingni, keyin esa boshqalarni kechir. 
“Tungi  xabarlar”  koʻrsatuvi  tasvirga  olinganidan  bir  necha  kun 
oʻtgandi.  Osmonning  qovogʻi  soliq,  yomgʻirli  kun  boʻlgani  sababli 
Morri koʻrpaga burkanib olgandi. Men esa kursi poyiga oʻtirib, uning 
yalang  oyoqlarini  uqalayotgandim.  Ular  burushib,  qadoq  boʻlib 
ket
gan,  tirnoqlari  esa  sargʻayib  qolgandi.  Kaftimga  yonimda  turgan 
kichik  idishdan  bir  oz  malham  olib,  Morrining  toʻpiqlarini  uqalay 
boshladim. 
Bu  oylar  davomida  hamshiralar  ishini  kuzatib,  oʻrganib  olgan 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
123
 
muolajalarimdan yana biri boʻlib, Morri haqida imkon qadar koʻproq 
xotira  qolsin,  deb  uqalashni  ham  boʻynimga  oldim.  Xastalik  tufayli 
Morri  oyoq  barmoqlarini  qimirlatish  qobiliyatidan  ham  mosuvo 
boʻlgandi, biroq oyoqlari hali ham ogʻriq sezar, uqalash esa ogʻriqni 
yengillashtirardi.  Shuningdek,  Morri  insonlarning  unga  teginishini 
yoqtirardi.  Bu  paytga  kelib,  uni  xursand  qiladigan  har  qanday  ishni 
bajarishga tayyor edim. 
– Mich, – dedi u kechirimlilik mavzusiga qaytar ekan, – kek saqlash 
va  oʻjarlikdan  foyda  yoʻq.  Bu  narsalardan,  –  Morri  xoʻrsindi,  –  bu 
narsala
rdan qanchalik pushaymon ekanimni bilsang edi. Magʻrurlik. 
Manmanlik. Nega bizni afsuslantiradigan ishlarga qoʻl uramiz? 
Kechirimlilikning ahamiyati haqida savol bergandim. Filmlarda oʻlim 
toʻshagida yotgan oila boshligʻi bu dunyoni tark etish oldidan oʻzaro 
yarashib  olish  maqsadida  oq  qilingan  oʻgʻlini  chaqirish  sahnasini 
koʻrgandim.  Morri  ham  oʻlimi  oldidan  “meni  kechir”  deyishni 
xohlovchi biror kim bormikan deb qiziqdim. 
Morri bosh irgʻatdi: 
–  Anavi  haykalchani  koʻryapsanmi?  –  kabinetidagi  javonning  eng 
ustki tokchasida turgan byust tomonga boshi bilan ishora qildi. 
Hech  unga  eʼtibor  bermagan  ekanman.  Bu  boʻyniga  boʻyinbogʻ 
taqilgan, bir tutam kokili peshonasiga tushib turgan qirq yoshlardagi 
erkakning bronzadan yasalgan byusti edi. 
– Bu men, – dedi Morri. – Bir doʻstim yasagan, 30 yillar oldin. Ismi 
Norman  edi.  Bir  paytlar  u  bilan  ajralmas  doʻst  edik.  Choʻmilishga 
borardik. Birga Nyu-Yorkga borardik. Kembrijdagi uyiga mehmonga 
borganimda, yertoʻlada shu byustni yasagandi. Bir necha hafta shu 
byust ustida ishlagan 
– uni mukammal chiqishini xohlagandi. 
Haykalchaning yuzini diqqat  bilan oʻrganib chiqdim.  Yosh,  sogʻlom, 
uch  oʻlchamli  Morrining  suhbatimizni  kuzatib  turishini  koʻrish  juda 
gʻalati  edi.  Hatto  bronzada  ham  uning  nigohida  injiqlik  aks  etib 
turardi; 
doʻsti  uning  ruhini  ham  haykalda  ifodalay  olibdi,  degan  fikr 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
124
 
xayolimdan oʻtd. 
– Endi hikoyaning koʻngilsiz qismini aytsam, – dedi Morri. – Norman 
rafiqasi  bilan  Chikagoga  koʻchib  oʻtdi.  Bir  oz  vaqt  oʻtib,  xotinim 
Sharlotta jiddiy operatsiyani boshidan oʻtkazdi. Norman ham, uning 
rafiqasi  ham  hech  bir  ogʻiz  xabar  olay  demadi.  Ular  bu  haqida 
bilishardi.  Sharlottaning  ahvolini  soʻrab  biror  marta  ham  qoʻngʻiroq 
qilishmaganidan  juda  koʻnglimiz  ogʻridi.  Shundan  keyin  ular  bilan 
aloqani uzdik. Yillar oʻtib Norman bilan bir necha marta koʻrishdik va 
u  har  safar  yarashishga  harakat  qildi,  lekin  men  buni  rad  etdim. 
Uning  izohlaridan  koʻnglim  toʻlmadi.  Magʻrurligim  tufayli  uni 
koʻksidan itardim. 
Uning ovozi boʻgʻildi. 
–  Mich…  bir  necha  yil  oldin…  u  saratondan  vafot  etdi.  Oʻylasam, 
dilim  xun  boʻladi.  U  bilan  koʻrisholmadim.  Shu  sababli  kechira 
olmadim ham. Hozir bunday qilganimdan juda azoblanaman. 
U  yana  yigʻlay  boshladi  –  jimgina,  sassiz.  Boshi  orqaga  suyab 
qoʻyilgani  uchun  koʻz  yoshlari  labiga  yetib  kelmay,  yuzining  yon 
tomoniga yumalardi. 
– Afsusdaman, – dedim men. 
– Hammasi joyida, – pichirladi u. – Yigʻlash uyat emas. 
Uning  oyoq  barmoqlariga  malham  surishda  davom  etdim.  U  esa 
xotiralarga choʻmgancha, yana bir necha daqiqa koʻz yosh toʻkdi. 
–  Biz kechirishimiz kerak  boʻlganlar faqat boshqalar emas,  Mich,  – 
nihoyat shivirladi u. 
– Oʻzimizni ham kechirishimiz kerak. 
– Oʻzimizni? 
–  Ha,  vaqtida  qilmagan  ishlarimiz  uchun.  Qachonlardir  amalga 
oshirishimiz  lozim  boʻlgan,  lekin  bajarilmay  qolib  ketgan  ishlar 
uchun.  Amalga  oshirilmagan  ishlar  uchun  pushaymonlik  girdobida 
qolib  ketmaslik  kerak.  Mening  yoshimga  yetib,  hozirgi  holatimga 
tushganingda, 
pushaymonlikdan 
foyda 
yoʻq. 
Doim 
oʻz 
mutaxassisligim  boʻyicha  kattaroq  natijalarga  erishishni  xohlardim; 



Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin