Моррининг сешанба дарслари



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/55
tarix18.02.2022
ölçüsü1 Mb.
#52758
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
108
 
deb, borishga rozi boʻldim. U meni shifoxonaga olib bordi. Kirishimiz 
bilan,  “Qoʻlingizni  yaxshilab  yuving,  niqobni  taqing  va  ustingizga 
xalatni  ilib  oling”,  dedi.  Hash-pash  deguncha  u  bilan  birga 
operatsiya  stoli  yonida  turardim.  Stolda  ayol  bemor  yotar,  uning 
belidan  pastki qismi  yalangʻoch edi.  Tanishim qoʻliga  pichoqni olib, 
ayolning tanasini xotirjam kesa boshladi. Shunday… 
Morri barmogʻini koʻtarib, havoda aylantirdi. 
–  Mana  shunday  boshim  aylana  boshladi.  Hushimni  yoʻqotay 
deyapman.  Hamma  yoq  qon.  Uh!  Yonimda  turgan  hamshira, 
“Doktor,  sizga  nima  boʻldi?”,  deb  soʻradi.  Men  esa,  “Men  hech 
qanaqa doktor emasman! Meni bu yerdan olib keting!” dedim. 
Biz kuldik. Bazoʻr nafas olayotgan Morri ham baholi qudrat kulishga 
harakat  qildi.  Morri  ancha  vaqtdan  beri  bunday  hikoyalar  aytmay 
qoʻygandi.  Vo  ajab,  boshqa  birovning  xastaligini  koʻrib,  hushini 
yoʻqotay degan odam oʻz dardini shunday mardona qarshi ola bilsa-
ya, degan fikr oʻtdi xayolimdan. 
Konni  eshikni  taqillatib,  Morrining  tushligi  tayyor  boʻlganini  aytdi. 
Men  ertalab  “Non  va  tomosha”  doʻkonidan  keltirgan  sabzi  shoʻrva, 
sabzavotli  pishiriqlar  va  yunoncha  pishirilgan  makaron  tushlikka 
yaramasdi,  albatta.  Eng  yumshoq  yeguliklarni  olib  kelishga 
qanchalik harakat qilmay, bari bir ular nimjonlashib qolgan Morrining 
chaynab  yutishiga  qattiqlik  qilardi.  Endi  u  asosan 
suyuq  boʻtqa  va 
shoʻrvada  ivitib,  ezilgan  keks  yerdi.  Sharlotta  deyarli  barcha 
yeguliklarni  blenderda  maydalab,  ezib  berardi.  Morri  ovqatni 
somoncha  yordamida  isteʼmol  qilardi.  Men  haligacha  har  hafta 
bozorlik  qilib,  uning  huzuriga  xaridlar  bilan  toʻla  paketlarni  koʻtarib 
kelardim. Uning yuzidagi ifodani koʻrish uchun ham bozorlik qilishda 
davom etardim. Har gal muzlatgichni ochganimda, u ovqat solingan 
qutilarga  toʻlib  ketganini  koʻrardim.  Ehtimol,  hali  yana  avvalgidek 
birgalikda  haqiqiy  tushlik  qilamiz, 
men  uning  ogʻzidan  ovqat 
sachratib,  toʻla  ogʻiz  bilan  gapirishini  tomosha  qilaman,  deb  umid 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
109
 
qilgandirman. Naqadar ahmoqlik. 
– Shunaqa gaplar… Janin, — dedi Morri. 
Rafiqam jilmaydi. 
– Juda latofatlisiz. Qoʻlingizni bering. 
Rafiqam qoʻlini uzatdi. 
– Michning aytishicha, professional xonanda ekansiz. 
– Ha, shunday — dedi Janin. 
– U yana betakror ovozingiz borligini ham aytgandi. 
– Voy, — kuldi u. – Yoʻq, u ogʻizda shunday deydi, xolos. 
Morrining qoshlari koʻtarildi. 
– Men uchun kuylab berasizmi? 
Rostini  aytganda,  Janinni  taniganimdan  beri  odamlar  undan  biror 
qoʻshiq kuylab berishni soʻraydi. 
Odamlar  qoʻshiq  aytib  tirikchilik  qilishingizni  eshitishlari  bilan  doim 
“Nimadir  kuylab  bermaysizmi?”  deb  soʻrashadi.  Tortinchoqligi  va 
sharoitga  talabchanligi  bois  Janin  hech  qachon  bunday  iltimoslarni 
bajarmasdi, xushmuomalalik bilan rad etardi. Hozir ham u shunday 
qiladi deb oʻylab turganimda, u kuylay boshladi: 
Xayolimga kelganing hamon 
Bu dunyoda har nimaki bor 
Unutaman barin batamom, 
Voqelik ham etilar inkor... 
Janin  matni  Rey  Nobl  qalamiga  mansub,  30-yillarda  mashhur 
boʻlgan  qoʻshiqni  Morrining  koʻzlariga  tikilgancha  betakror  nafislik 
bilan  kuylardi.  Men  yana  bir  bora  Morrining  odatda  tuygʻularini 
pinhon  tutuvchi  odamlarning  ham  hissiyotlarini  namoyon  qildirish 
mahorat
iga tan berdim. Morri qoʻshiq ohangiga mahliyo boʻlgancha 
koʻzlarini  yumdi.  Rafiqamning  nafis  ovozi  xonani  toʻldirar  ekan, 
Morrining yuzidagi tabassum yarim oy shaklini olardi. Vujudi bir qop 
qumdek jonsiz boʻlsa-da,  ichida raqsga tushayotgani yaqqol sezilib 
turardi. 



Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin