Моррининг сешанба дарслари



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/55
tarix18.02.2022
ölçüsü1 Mb.
#52758
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   55
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
103
 
yana qidirishga kirishadi. 
–  Bu  poygaga  kirishgach,  –  dedim  men,  –  odam  oʻzini  toʻxtatishi 
qiyin. 
–  Unchalik  qiyin  emas,  –  dedi  u  bosh  chayqab.  –  Bilasanmi,  men 
nima qilaman? Mashina hayday olgan paytla
rim, yoʻlda kimdir meni 
quvib oʻtmoqchi boʻlsa, qoʻlimni koʻtarardim… 
U  shu  harakatni  koʻrsatmoqchi  boʻldi,  lekin  qoʻli  bor-yoʻgʻi  olti 
dyuymga zoʻrgʻa koʻtarildi. 
–  ...Qoʻlimni  yoʻq  demoqchidek  koʻtarardim,  keyin  esa  jilmayib, 
haydovchiga  qoʻl  silkitardim.  Oʻrta  barmogʻingni  koʻrsatish  oʻrniga, 
ularga  tabassum  bilan  yoʻl  berasan.  Bilasanmi  nima?  Aksariyat 
hollarda  ular  ham  senga  qarab  jilmayadi.  Haqiqat  shundaki, 
mashinamda  qayergadir  oshiqishim  shart  emas.  Buning  oʻrniga, 
quvvatimni insonlarga kayfiyat ul
ashishga sarflashni afzal koʻraman. 
Bu  ishni  men  taniganlar  ichida  undan  yaxshiroq  bajaradigan  kishi 
yoʻq  edi.  Agar  Morriga  qandaydir  koʻngilsiz  hodisa  haqida 
gapirishsa,  uning  koʻzi  namlanar  yoki  oʻxshamagan  hazil  qilinsa 
ham,  koʻzlari  quvonchdan  chaqnab  ketardi.  Mening  yoshimdagi 
avlod  vakillaridan  farqli  ravishda,  u  har  doim  oʻz  hissiyotini  ochiq 
ifoda etishga tayyor edi. Biz yuzaki suhbatlargagina ustamiz: “Nima 
ish  qilasiz?”  “Qayerda  yashaysiz?”  Biroq  hozirgi  kunda 
hamsuhbatimizga  nimadir  oʻtkazish,  oʻzimizga  ogʻdirish,  biror  ish 
qildirish  yoki  evaziga  qandaydir  manfaat  olishga  urinmasdan,  hech 
uni chin dildan tinglaymizmi? Ishonchim komilki, oxirgi bir necha oy 
davomida Morrini koʻrgani keluvchilar unga eʼtibor koʻrsatish uchun 
emas, balki Morri ularga 
koʻrsatgan eʼtibor tufayli unikiga serqatnov 
edi.  Tanidagi  ogʻriq  va  yemirilishga  qaramasdan,  ushbu  mitti  chol 
ularni oʻzlari xohlagandek diqqat bilan tinglardi. 
Men Morriga u hammaning orzusidagi ota ekanini aytdim. 
–  Nima  ham  derdim,  –  dedi  u  koʻzlarini  yumib,  –  bu  borada  bir  oz 
tajribam borligi rost… 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
104
 
Morri  oʻz  otasini  oxirgi  marta  shahar  morgida  koʻrgandi.  Charli 
Shvarts  Bronksdagi  Termont  xiyobonida  koʻcha  chirogʻi  ostida 
yolgʻiz  gazeta  oʻqishni  yoqtiradigan  kamgap  kishi  edi.  Morri 
bolaligida  Charli  ha
r  oqshom  kechki  ovqatdan  soʻng  piyoda  sayr 
qilishga otlanardi. U kichik jussali, kulrang sochli va qizgʻish yuzli rus 
kishi  edi.  Morri  va  uning  ukasi  Devid  derazadan  termilib,  uning 
chiroq  ustuniga  suyanib  turishini  kuzatishardi.  Morri  otasining  uyga 
kirishini va ular bilan gaplashishini juda ham xohlardi, lekin u deyarli 
hech  qachon  bunday  qilmasdi.  Shuningdek,  otasi  ularni  uxlashga 
yotqizmas va uyquga ketishdan oldin oʻpib ham qoʻymasdi. 
Morri  oʻz-oʻziga,  agar  farzandli  boʻlsa,  ularni  bu  narsalardan,  aslo, 
mahrum qilmaslikka vaʼda bergandi. Yillar oʻtib  farzandli boʻlganida 
oʻz vaʼdasini bajardi. 
Morri  oʻz  farzandlarini  katta  qilayotgan  paytda  Charli  hali  ham 
Bronksda  yashardi.  U  hali  ham  piyoda  sayr  qilishga  chiqardi.  Hali 
ham  gazeta  oʻqirdi.  Bir  oqshom  u  kechki  ovqatdan  soʻng  sayrga 
chiqdi.  Uyidan  bir  oz  uzoqlashgach,  ikki  talonchi  unga  yaqinlashdi. 
“Chiqar bor-budingni”, – dedi ulardan biri toʻpponchasini oʻqtalarkan. 
Qoʻrqib ketgan Charli hamyonini ularga uloqtirib, qocha boshladi. U 
to  qarindoshlaridan 
birining  uyiga  yetgunicha  koʻcha  oralab 
toʻxtovsiz yugurdi. Shundoqqina ayvonga yetganida, holsiz quladi. 
Yurak xuruji. Shu tun u olamdan oʻtdi. 
Morri murdaning shaxsini aniqlash uchun chaqirtirildi. U samolyotda 
Nyu-
Yorkka yetib bordi va morgga yoʻl oladi. Uni yertoʻladagi oʻliklar 
saqlanadigan sovuq xonaga olib kirishdi. 
– Bu sizning otangizmi? – soʻradi morg xodimi. 
Morri  oʻzini  soʻkkan,  urishgan,  oʻziga  ishlashni  oʻrgatgan, 
suhbatlashishni  xohlagan  vaqtlari  ogʻiz  ham  ochmagan,  onasining 
xotiralarini  ki
m  bilandir  boʻlishishni  istaganida,  onasini  xotirlashga 
yoʻl qoʻymagan shaxsning jasadiga oyna ortidan koʻz tashladi. 
Boshini  irgʻatdi-da,  nari  ketdi.  Keyinchalik  Morri  xonaning  dahshati 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
105
 
uning  butun  vujudini  egallab  olgani  va  boshqa  hislarga  oʻrin 
qoldirma
ganini aytgandi. U ancha kungacha yigʻlay olmadi. 
Shunday  boʻlsa-da,  otasining  oʻlimi  Morrini  oʻz  oʻlimiga  tayyorgarlik 
koʻrishida  dastak  boʻldi.  Bir  narsaga  uning  ishonchi  komil  edi: 
quchoqlashishlar,  oʻpichlar,  uzoq  suhbatlar va  kulgi  boʻladi  va  rozi-
riz
olik soʻramagan odam qolmaydi; otasi va onasining vafotida nasib 
etmagan barcha amallar bajariladi. 
Hayotining  soʻnggi  daqiqalari  yaqinlashganda,  Morri  oʻz  yaqinlari 
uning atrofida boʻlishlari va uning hayoti uzilayotganini anglashlarini 
istardi.  Ulardan  hech  biri  telefon  yoki  telegramma  orqali  xabardor 
qilinmaydi  yoxud  ularning  hech  biri  sovuq  va  yoqimsiz  yertoʻlada 
oyna ortidan unga tikilishga majbur boʻlmaydi. 
Janubiy  Amerikaning  tropik  oʻrmonlarida  yashovchi  Desana  nomli 
qabila  dunyo  barcha  mavjudotlara
ro  harakatlanuvchi  oʻzgarmas 
miqdordagi  quvvatdan  iborat,  deb  hisoblaydi.  Shu  sababli,  har  bir 
tugʻilish  boshqa  bir  oʻlimga  va  har  bir  oʻlim  yangi  hayotga  sabab 
boʻlishi lozim. Shu tarzda, dunyodagi quvvat oʻz holicha saqlanadi. 
Desana  qabilasi  aʼzolari  ov  qilayotganida  oʻzlari  oʻldirgan  jonzot 
ruhiy  olamda  boʻshliq  hosil  qiladi,  deb  bilishadi.  Ammo  ushbu 
boʻshliqni  vafot  etgan  Desana  qabilasi  ovchilarining  ruhlari 
toʻldirishiga  ishonishadi.  Birorta  ham  inson  oʻlmaganida  edi,  birorta 
ham  qush  yoki  baliq  tugʻilmagan  boʻlardi.  Menga  bu  fikr  yoqadi. 
Morriga  ham.  Vidolashish  oni  yaqinlashgani  sari,  u  barchamiz  bitta 
oʻrmondagi  mavjudotlar  ekanimizni  koʻproq  his  qilayotgandek 
tuyuladi.  Nimani  olmaylik,  albatta,  uning  oʻrnini  toʻldirib  qoʻyishimiz 
lozim. 
– Shunisi adolatli, – deydi u. 
 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
106
 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin