Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
93
otashin ediki, kuy
eshitganida koʻziga yosh kelardi. Baʼzan tunlari
koʻzlarini yumgancha opera tinglar, ijrochilarning sohir ovozlariga
hamohang xayolan koʻkda parvoz qilardi.
– Kechagi guruhning ijrosini eshitib koʻrganingda edi, Mich! Mana
buni ovoz desa boʻladi!
Morri har doim kuylash, raqs tushish va kulish kabi oddiy
narsalardan zavq olishga ishqiboz edi. Hozir esa moddiy
narsalarning qadri har qachongidan ham pasaygan yoki ular oʻz
ahamiyatini butunlay yoʻqotgandi. Odamlar vafot etganida,
koʻpincha, “Buni goʻringga orqalab keta olmaysan” degan iborani
eshitamiz. Morri bu hikmatni ancha oldin anglab yetgandek edi.
– Bizda miyani yuvishning bir shakli shiddatli tus olmoqda, —
xoʻrsinib qoʻydi Morri. – Bilasanmi, odamlar miyasini yuvish qanday
amalga oshiriladi? Bir narsani qayta va qayta takrorlayverish orqali.
Mamlakatimizda hozir aynan shu narsa sodir boʻlmoqda.
Moddiyatga egalik qilish yaxshi. Puling koʻp boʻlgani yaxshi. Mol-
mulkning koʻproq boʻlishi ham yaxshi. Qancha koʻp foyda kelsa,
shuncha yaxshi. Koʻproq boʻlgani yaxshi. Koʻproq boʻlgani yaxshi.
Oʻzimiz ham shuni takrorlaymiz va toki hech kimning oʻzgacha
fikrlashga hafsalasi qolmagunicha, boshqalar ham takror va takror
shu narsani miyamizga quyishadi. Bu tushuncha oddiy insonlarning
miyasiga shu qadar oʻtirib qolganki, ular aslida hayotda nima
muhimligini ham farqlay olmay qolgan. Umrim davomida qayerga
bormay, men uchratgan odamlarning barchasi birorta yangi narsani
qoʻlga kiritish ishtiyoqida yonardi. Yangi mashinani qoʻlga kiritish.
Yangi uyni qoʻlga kiritish. Soʻnggi chiqqan oʻyinchoqni qoʻlga kiritish.
Keyin esa ular, albatta, senga yangi oʻljasi haqida aytishni xohlaydi.
“Bilasanmi, nima sotib oldim? Nima olganimni top-chi?”. Bilasanmi,
men buni qanday talqin qilardim? U odamlar shu qadar mehrga
tashna ediki,
uning oʻrnini bosuvchi har qanday narsani qabul
qilaverardi. Moddiyat bizni oʻz bagʻriga oladi,
degan umidda odamlar