Yettinchi seshanba: keksayishdan qoʻrqish haqida
suhbatlashamiz
Morri jangni boy berdi. Endi kimdir uning ketini artib qoʻyadigan
boʻldi.
U buni odatiy dovyuraklik bilan qabul qildi. Hojatdan keyin qoʻli
orqasiga
yetmayotganini
anglagach,
yana
bir
imkoniyati
cheklanganidan Konnini xabardor qildi.
– Mening oʻrnimga bu ishni qilishga uyalmaysizmi?
– Yoʻq, — javob berdi u.
Dastlab insonning oʻzidan soʻrab olish – Morri uchun xos xislat edi.
Bu holat qaysidir maʼnoda xastalikka toʻliq taslim boʻlish
hisoblangani sababli Morri unga koʻnikish bir oz vaqt olganini tan
oldi. U endilikda eng oddiy va oʻta shaxsiy ishlarni bajarish
imkoniyatidan ham mahrum boʻlgandi: hojatxonaga borish, burnini
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
87
artish, avratini yuvish. Nafas olish va ovqatini yutishdan tashqari, u
deyarli barcha narsada boshqalarga qaram boʻlib qolgandi.
Men Morridan qanday qilib shu vaziyatda ham nekbin kayfiyatda
yashashni uddalayotganini soʻradim.
– Mich, bu qiziq, — dedi u. – Men mustaqil odamman, demak,
bularning barchasi
– mashinadan tushishda birovning yordamiga
tayanish, kimdir meni kiyintirib qoʻyishi kabi ishlarga qarshi
kurashishim zarur, degan fikrda edim. Boshida bir oz uyaldim ham,
chunki jamiyatimiz bizga ketimizni oʻzimiz arta olmasak, bundan
uyalishimiz kerakligini
uqtiradi. Keyin oʻylab qoldim: “Jamiyat nima
deyishini esingdan chiqar. Umrimning koʻp qismini jamiyat
meʼyorlariga amal qilmay oʻtkazdim. Bu safar ham uyalib
oʻtirmayman. Shu ham muammomi?” Bilasanmi nima? Juda gʻalati
narsa sodir boʻldi shunda.
– Nima boʻldi?
– Boshqalarga qaramligimdan rohatlana boshladim. Hozir meni
yonboshga yotqizib, ogʻriqlarni oldini olish uchun orqamga malham
surib qoʻyishlaridan rohatlanaman. Peshonamni artib qoʻyishganida
yoki oyoqlarimni uqalashganda ham. Men bundan zavqlanaman.
Koʻzlarimni yumib, xursandchilikni qalbimga singdiraman. Bu juda
tanish tuygʻudek tuyuladi menga. Xuddi bolalikka qaytib qolgandek
sezaman oʻzimni. Kimdir choʻmiltiradi. Kimdir koʻtaradi. Kimdir artib
qoʻyadi. Bola boʻlishni hammamiz bilamiz. Bu narsa barchamizning
ich-
ichimizda bor. Men uchun bu, shunchaki, bola boʻlishdan
rohatlanishni qayta yodga olish, xolos. Haqiqat shundaki,
hammamiz ham onamiz bizni qoʻllariga olishi, tebratishi, boshimizni
silashidan zavqlanib toʻymaganmiz. Har birimiz qaysidir darajada
oʻsha kunlarni – parvarishimiz butunlay oʻzgalarning zimmasida
boʻlgan paytlarga, bizga beminnat mehr, shartsiz eʼtibor koʻrsatilgan
davrlarni qoʻmsaymiz. Koʻpchiligimiz shu mehrga toʻymay
qolganmiz. Menga shu narsalar yetishmagan.
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
88
Men Morriga qaradim va birdaniga nega u tomonga egilib,
mikrofonni toʻgʻrilashim, yostiqlarini koʻtarib qoʻyishim yoki mijjalarini
artib qoʻyishimdan bunchalar xursand boʻlib ketishini tushundim.
Inson tafti. Yetmish sakkiz yoshida u kattalar kabi berib, bolalarcha
qabul qilayotgandi.
Shu kuni kechga yaqin keksayish haqida suhbatlashdik. Ehtimol,
keksayish qoʻrquvi desam toʻgʻriroq boʻlar. Bu mavzu bizning
avlodimizni qiynayotgan savollar roʻyxatidagi masalalardan biri edi.
Boston aeroportidan kelgunimcha yoʻldagi yosh va chiroyli odamlar
aks ettirilgan reklama taxtalarini sanadim. Bittasida kelishgan yigit,
kovboylar shlyapasi kiyib, tamaki chekib turibdi, keyingisida ikkita
yosh, chiroyli ayol shampun idishiga qarab jilmaymoqda, yana
biridan jinsi shimining tugmalari qadalm
agan oʻsmir qiz nozli nigoh
tashlamoqda, boshqasida esa qora chiyduxoba koʻylakli jozibali ayol
kostyum-
shim kiyib olgan erkakning yonida turibdi, qoʻllarida bir
qadah shotland viskisi.
Yoʻlga oʻrnatilgan reklamalarda birorta ham yoshi oʻttiz beshdan
oshga
n kishini koʻrmadim. Morriga qanchalik choʻqqida qolishga
urinmay, bari bir dovonni oshib, yana pastlay boshlaganimni his
qilayotganimni aytdim. Muntazam jismoniy mashqlar qilardim. Toʻgʻri
kelgan narsani yeb ketavermasdim, parhezli ovqatlar isteʼmol
qilardim. Oynaga tikilib, sochimning farqini tekshirardim. Avvallari
yosh boʻlishimga qaramay, koʻp yutuqlarga erishganim sababli
yoshimni aytishdan faxrlanardim, endi esa qirq yoshga, demak,
kasbiy tanazzulga ham, juda yaqinlashib qolganimdan qoʻrqib, yosh
haqida gapirishdan qochaman.
Morri keksayishga ijobiy tomondan qarardi.
– Yoshlikni madh etishlariga men laqqa ishonib ketavermayman, —
dedi u.
– Quloq sol, yoshlik qanchalar ogʻir kechishini bilaman,
shuning uchun menga yoshlikni maqtab ovora boʻlma. Oldimga
ruhiy parokandalik, ichki ziddiyatlar, oʻzidan qoniqmaslik hissidan
|