Моррининг сешанба дарслари



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/55
tarix18.02.2022
ölçüsü1 Mb.
#52758
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
72
 
–  Nima  boʻldi?  –  soʻradi  Morri,  toʻsatdan  jimib  qolganimni  sezib.  – 
Nimani oʻylab qolding? 
– Hech narsa, – javob qaytardim men va mavzuni oʻzgartirdim. 
Chindan  ham  ukam  bor 
–  jigarrang koʻzli mallasoch yigit, oʻzimdan 
ikki  yosh  kichik.  U  menga  ham,  qora  sochli  opamga  ham  umuman 
oʻxshamaydi;  bolaligimizda  “Seni  begonalar  eshigimiz  ostonasiga 
tashlab  ketgan”  deb  hazillashardik.  “Bir  kuni  ular  seni  qaytarib  olib 
ketadi”,  –  derdik  biz.  U  bu  gaplarimizni  eshitib,  yigʻlardi,  biz  esa 
takrorlayverardik. 
Ukam  barcha  kenjatoylar  kabi  ulgʻaydi:  hammaning  erkatoyi, 
sevimlisi, ammo ruhan azobda. U aktyor yoki xonanda boʻlishni orzu 
qilardi; 
kechki  dasturxon atrofida  butun  boshli  telekoʻrsatuvlarni  ijro 
etib  berar,  labida  baxtiyor  tabassum  bilan,  hamma  rolni  bir  oʻzi 
oʻynardi. Men aʼlochi oʻquvchi edim, u esa ikkichi; men moʻmingina 
bola  edim,  u  esa  quloqsiz;  men  giyohvand moddalar  va  ichkilikdan 
uzoq  yurardim,  u  esa  uchragan  hamma  narsani  sinab  koʻrardi.  U 
yuqori maktabni tugatganidan soʻng, koʻp oʻtmay Yevropaga koʻchib 
ketdi,  u  yerning begʻam  hayot  tarzini  afzal  koʻrardi.  Shunda  ham  u 
oilamizning  erkatoyi  boʻlib  qolaverdi.  Uyga  kelganida,  uning 
hazilkash  va  beboshligi  oldida  oʻzimni  cheklangan,  konservativ 
odamdek his qilardim. 
Bir-
birimizga  oʻxshamaganligimiz  bois,  balogʻatga  yetganimizdan 
keyin 
taqdirlarimiz 
qarama-
qarshi  yoʻnalishda  ketadi,  deb 
hisoblardim.  Hamma  oʻylarim  toʻgʻri  boʻlib  chiqdi-yu,  faqat  bir 
narsada  adashgan  ekanman.  Togʻam  olamdan  oʻtgan  kundan 
boshlab,  meni  ham  xuddi  shunday  qismat  kutayotgani,  ogʻir  dard 
tufayli bu dunyoni bemahal tark etishimga ishonardim. Shu sababli, 
jon-
jahdim  bilan  ishga  shoʻngʻib,  ruhan  oʻzimni  saraton  kasalligiga 
tayyorlardim.  Uning  nafasini  his  qilib  turar,  tez  orada  mening 
hayotimga  ham  tashrif  buyurishini  bilardim.  Men  saratonni  oʻlimga 
hukm qilingan kishi jallod kelishini kutgani kabi kutardim. 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
73
 
Men haq edim. U keldi. 
Lekin menga tegmadi. 
U ukamni mahv etdi. 
Togʻamning  boshiga  yetgan  saraton  turi.  Oshqozon  osti  bezi 
saratoni.  Kamyob  turi.  Shunday  qilib,  jigarrang  koʻzli  mallasoch 
kenjatoyimiz  kimyoterapiya  va  nur  bilan  davolash  muolajalarini 
boshladi. Sochlari toʻkilib, eti ustuxoniga yopishdi. “Bu men boʻlishim 
kerak  edi-
ku”,  –  deb  oʻylardim.  Lekin  ukam men ham,  togʻam  ham 
emasdi.  U  jangchi  edi,  bolaligidan  shunday  boʻlgan:  yertoʻlada 
kurash  tushganimizda,  men  ogʻriqdan  baqirib,  uni  qoʻyib 
yubormagunimcha 
poyabzalim 
ustidan 
oyogʻimni 
tishlab 
oʻtiraverardi. 
Shunday  qilib,  ukam  jangga  kirishdi.  Bu  paytda  u  Ispaniyada 
yashardi;  oʻsha  vaqtlarda,  hatto  hozir  ham  AQSHda  mavjud 
boʻlmagan,  endi  sinab  koʻrilayotgan  dorilar  yordamida  dard  bilan 
kurashdi.  Muolajalarni  olish  maqsadida  butun  Yevropani  kezib 
ch
iqdi.  Besh  yillik  muolajalardan  keyin  dorilar  taʼsirida  kasallik 
chekindi. 
Bu  xushxabar  edi.  Koʻngilsiz  xabar  esa  ukam  uning  yonida 
boʻlishimni  xohlamasligi  edi;  nafaqat  men,  balki  oilamizdan  hech 
kimni  koʻrishni  istamasdi.  Qanchalik  koʻp  qoʻngʻiroq  qilib,  koʻrgani 
borishga urinmaylik, u xastalikni yolgʻiz yengishi kerakligi aytib, oyoq 
tirab oldi va hech birimizni oʻziga yaqinlashtirmadi. Oylar davomida 
undan  birorta  ham  xabar  eshitmasdik.  Telefoniga  qoldirilgan  ovozli 
xabarlarimiz 
javobsiz 
qolardi. 
Akalik 
burchimni 
bajara 
olmayotganimdan  aybdorlik  hissi  yuragimni  tilka-pora  qilar,  bizni 
unga  gʻamxoʻrlik  qilish  huquqidan  mahrum  etayotganidan  esa 
gʻazabim qaynardi. 
Natijada yana ishga shoʻngʻidim. Ishimni nazorat qila olganim uchun 
ham  ishga  berilardim.  Ish 
samara  keltirgani  va  maʼno  kasb  etgani 
uchun  ham  ishlardim.  Har  safar  ukamning  Ispaniyadagi  uyiga 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
74
 
qoʻngʻiroq  qilib,  telefon  avtojavobbergichida  uning  ispancha 
gapirishini  eshitganimda,  qanchalik  bir-birimizdan  uzoqlashib 
ketganimizni anglar, goʻshakni qoʻyib, yana ishga shoʻngʻirdim. 
Balki  Morriga  bogʻlanib  qolishimning  sabablaridan  biri  ham  shudir. 
Morri  menga  ukam  rad  etgan  gʻamxoʻrlikni  unga  koʻrsatishimga 
imkon berardi. 
Oʻtmishga nazar tashlar ekanman, balki Morri bu haqida boshidanoq 
bilgandir, deb oʻylayman. 
Bolaligimizdagi 
qish 
kunlaridan 
biri, 
shahardan 
tashqarida 
joylashgan  mahallamizning  tepaliklarini  qalin  qor  qoplagan.  Ukam 
bilan  chanaga  minib  olganmiz:  men  oldinda,  u  orqada.  Iyagini 
yelkamga  tirab  olgan,  oyoqlari  tizzalarimning  orqa  qismiga  tegib 
turibdi. 
Chana,  yoʻlakning  muzli  boʻlaklaridan  oʻtayotganimizda,  taraqlab 
ovoz chiqaradi. Qirdan pastga sirpanganimiz sari tezlik oshib boradi. 
– MASHINA!!! – baqiradi kimdir. 
Koʻcha boʻylab chap tomonimizdan kelayotgan mashinaga koʻzimiz 
tushadi. Biz qichqirgancha, chanani yonga burishga harakat qilamiz, 
biroq  chana  oyoqlari  qimirlay  demaydi.  Haydovchi  jon-jahdi  bilan 
signal  chalib,  tormozni  bosadi,  biz  esa  bunday  vaziyatlarda  odatda 
bolalar  qiladigan  ishni  qilamiz:  chanadan  pastga  sakraymiz. 
Kapyushonli 
kurtkamizga oʻralib, sovuq, nam qorda gʻoʻladek pastga 
dumalaymiz;  xayolimizda  esa  mana-
mana  mashina  gʻildiraklari 
ostida  qoladigandek  his  qilamiz  oʻzimizni.  “AAAAAA”  deb  baqirib, 
qoʻrquvdan  titragancha  pastga  dumalashda  davom  etamiz:  dunyo 
chirpirak boʻlib aylanadi – tepaga, pastga, tepaga, pastga. 
Keyin esa...birdan hammasi tugaydi. Biz dumalashdan toʻxtaymiz va 
nafas  rostlab,  yuzimizdan  erib  tushayotgan  qorni  artamiz. 
Haydovchi  koʻcha  oxirida  burilib,  tanbeh  bergandek  biz  tomonga 
koʻrsatkich  barmogʻini  oʻqtab,  qoʻlini  silkiydi.  Hech  qanday  shikast 
yemadik.  Chanamiz  qor  uyumiga  urilib,  ohista  gʻirchillaydi; 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
75
 
doʻstlarimiz yelkamizga qoqib, “Qoyil!”, “Oʻlishlaring mumkin edi-ya!” 
deydi. 
Men  ukamga  qarab  tirjayaman,  bolalarcha  magʻrurlik  bizni 
birlashtiradi. 
–  Unchalik ham qiyin emas ekan,  –  degan fikr oʻtadi xayolimizdan, 
yana ajal bilan oʻynashishga tayyorlanar ekanmiz. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin