Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati



Yüklə 103,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix20.02.2022
ölçüsü103,55 Kb.
#52886
1   2   3   4   5   6
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati - Vikipediya

Senatorlar

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga saylangan va „Oʻzbekiston Respublikasi Oliy

Majlisiga saylov toʻgʻrisida“gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston

Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan roʻyxatga olingan, shuningdek Oʻzbekiston

Respublikasi Prezidenti tomonidan Senatga tayinlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi

senator hisoblanadi.

Senator oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, „Referendum yakunlari

hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy printsiplari toʻgʻrisida“gi, „Oʻzbekiston

Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida“gi konstitutsiyaviy qonunlar, „Oʻzbekiston

Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida“gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni

va boshqa qonunlarga muvofiq amalga oshiradi. Senator Senatning vakolatlari muddatiga

saylanadi (tayinlanadi).

Senatorning vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi:

u oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilish haqida yozma ariza bergan taqdirda;

u oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilish haqida yozma ariza bergan taqdirda;



u qonunga koʻra senatorlik vakolatlarini amalga oshirishiga nomuvofiq boʻlgan lavozimga

saylangan yoki tayinlangan taqdirda;

unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda;

u chaqirib olingan taqdirda;

sud uni muomalaga layoqatsiz deb topgan taqdirda;

u sudning qonuniy kuchga kirgan qarori asosida bedarak yoʻqolgan deb topilgan yoxud vafot

etgan deb eʼlon qilingan taqdirda;

u Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotgan taqdirda;

u vafot etgan taqdirda;

palata tarqatib yuborilgan taqdirda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar

Kengashining senator etib saylangan deputati vakolatlarining muddatidan ilgari tugatilishi uning

senatorlik vakolatlari tugatilishiga olib keladi. Alohida hollarda Senatorning vakolatlari

tegishincha Senatning qaroriga binoan muddatidan ilgari tugatilishi mumkin. Senator degan

yuksak nomga dogʻ tushiruvchi xulq-atvor bunday masalani koʻrib chiqish uchun asos boʻlishi

mumkin. Senatorning vakolatlarini boshqa shaxsga topshirish mumkin emas.

Senatorning huquqlari:

Senator tegishincha Qonunchilik palatasining, Senatning majlisida koʻrib chiqilayotgan barcha

masalalar boʻyicha hal qiluvchi ovoz huquqidan foydalanadi.

Senator:


palataning organlariga saylash va saylanishga;

palata majlisida koʻrib chiqilishi uchun masalalar taklif etishga;

palata majlisining kun tartibi, muhokama qilinayotgan masalalarni koʻrib chiqish tartibi hamda

bu masalalarning mohiyati yuzasidan takliflar kiritish va mulohazalar bildirishga;

qaror loyihalari va ularga tuzatishlar kiritishga;

palata tomonidan tuziladigan organlarning shaxsiy tarkibi hamda saylanadigan, tayinlanadigan

yoki tasdiqlanadigan mansabdor shaxslarning nomzodlari boʻyicha fikr bildirishga;

munozaralarda ishtirok etishga, maʼruzachi va raislik qiluvchiga savollar berishga;

soʻrov bilan murojaat etishga;



oʻz takliflarini asoslab berish uchun soʻzga chiqishga va ovoz berish sabablari yuzasidan izoh

berishga;

palata majlisida raislik qiluvchiga palata majlisida muhokama qilinayotgan masala yuzasidan

oʻz nutqi, taklifi yoki mulohazasi matnini topshirishga;

palata tarkibidagi oʻzi aʼzo boʻlgan tegishli organning qaroriga qoʻshilmagan taqdirda oʻz

nuqtai nazarini palata majlisida bayon qilishga yoki bu haqda tegishincha Senat Raisiga yozma

ravishda maʼlum qilishga;

palataga hisobdor yoki uning nazorati ostidagi har qanday organ yoxud mansabdor shaxsning

hisoboti yoki axborotini palata majlislarida eshitish toʻgʻrisida taklif kiritishga;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining ijro etilishini, shuningdek palata qarorlarining

bajarilishini tekshirish haqida koʻrib chiqilishi uchun masalalar taklif etishga;

palata majlislarining stenogrammalari bilan tanishishga;

fuqarolarning huquqlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini buzish hollari yoki

qonun hujjatlarini buzishning boshqa hollari maʼlum boʻlib qolgan taqdirda ularga darhol chek

qoʻyish choralarini koʻrish talabi bilan tegishli organlar hamda mansabdor shaxslarga murojaat

etishga haqli.

Senator qonunlarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

Senatorning majburiyatlari:

Senator tegishincha Senatning majlislarida, shuningdek palataning qaysi qoʻmitasi,

komissiyasi tarkibiga, kelishuv komissiyasi tarkibiga saylangan boʻlsa, shu qoʻmita,

komissiyaning majlislarida qatnashishi, ovoz berishda Senatning reglamentlarida belgilangan

tartibda shaxsan ishtirok etishi shart.

Senat, qoʻmita, komissiya, kelishuv komissiyasi majlisida ishtirok etish imkoniyati boʻlmagan

taqdirda deputat, senator bu haqda tegishincha Senat Raisiga, qoʻmita, komissiya raisiga,

kelishuv komissiyasining tegishli palatadan saylangan hamraisiga oldindan xabar qilishi shart.

[7]


Murod Sharifxoʻjayev

 (20.01.2002 — 27.01.2006)

Ilgizar Sobirov

 (27.01.2006 — 23.01.2015)

Nigʻmatilla Yoʻldoshev

 (23.01.2015 — 21.06.2019)

Tanzila Norboyeva

 (21.06.2019-yildan)

Raislari




Yüklə 103,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin