11.2. Qabul qilingan don ustida olib boriladigan hisoblar
Jamoa va davlat xo`jaliklaridan davlatga qabul qilingan don ustida hisob
yuritilganda bazis va cheklangan konditsiyalar, shuningdek sotib olish narxi hisobga
olinadi.
Bazis konditsiyasi - donning jamoa va davlat xo`jaliklari tomonidan
topshirilayotgandagi sifat darajasi, kaysiki unga sotib olish narxi boglab hisoblanadi.
CHeklangan konditsiya -
donni davlatga sotishda yul kuyiladigan eng
kuyi sifat normasi. Agar donning sifat ko`rsatkichlari chegaraviy konditsiyadan past
bulsa, bunday don partiyalari DKKK ga qabul qilinmaydi.
Qabul qilingan don sifati bazis ko`rsatkichlariga to`g`ri kelsa, korxona don
topshiruvchiga kg ni kg ga hisoblab sotib olish narxida pul tulaydi. Agar don
massasining namlik va iflosligi bo`yicha sifat ko`rsatkichlari bazis konditsiyasidan
fark kilsa, unda natural qushimcha va chegirish miqdorlari kiritiladi. Boshqa sifat
ko`rsatkichlari bazis konditsiyasidan fark kilganda pullik qushimcha va chegirish
miqdorlari kiritiladi.
Donning hisobga olingan massasi (zachetnaya massa) deb natural qushimcha
yoki chegirish miqdoriga oshirilgan yoki kamaytirilgan fizikaviy massaga aytiladi.
Dostları ilə paylaş: |