12.2. Donni yuklab junatish va yuborish.
Don boshqa korxonalarga yuqori tashkilotlar - viloyat, xukumat don
mahsulotlari boshqarmasining yukxat va buyruklari bo`yicha yuklab junatiladi yoki
yuboriladi. YUkxatlarda donning muljallanish maqsadi va sifati ko`rsatiladi.
YUkxatni olish bilan ICHTL boshligi yoki laboratoriya mudiri don partiyasini
uning tayinlanishini hisobga olgan holda tanlab qabul qiladi. ICHTL boshligi mazkur
don partiyasi uchun belgilangan konditsiya me`yorlari va texnikaviy shartlariga amal
qiladi.
Don partiyasini tanlab olingandan sung ombor mudiri yoki elevator boshligiga
buyruk rasmiylashtiriladi.
Donni transportga yuklashdan oldin laborant uni yaxshilab tekshiradi. Donni
tuzuk, toza, begona xidsiz va don zaxirasi zararkunandalari bilan zararlanmagan
transport vositalarida tashishga ruxsat beriladi. Agar tekshirish paytida laborant sanab
utilgan kamchiliklarni paykab topsa, bu holda u transport tashkiloti vakili bilan
birgalikda transportning don tashishga yaroksizligi to`g`risida dalolatnoma tuzib,
unda yaroksizlik sabablarini ko`rsatishi kerak.
Donni yuklash paytida laborant-ijozatchi nuktaviy namunalarni olib,
umumlashgan va O`RTA namunalarni tuzadi va ularni taxlil kartochkalari bilan
ta`minlaydi.
YUklab junatish va yuborish paytida donning kuyidagi ko`rsatkichlari: xidi,
rangi, zararganligi, tipi, naturasi, berilgan ekin turi uchun standartda belgilangan
galvir elanmasi, namligi, fraktsiyalar bo`yicha ifloslantiruvchi va donli aralashmalar
miqdorlari, ayrim donlar uchun kichik tip va sinfi aniklanadi. Qushimcha ravishda
bugdoy donini yuklashda shaffofligi, kleykovina miqdor va sifati, toshbakasimon-bit
bilan zararlanganligi; yormabop donlarning pustlokligi, yirikligi, archilgan donlar,
buzilgan magiz miqdori; pivobop arpa donining unib chikish kobiliyati; dukkakli
donlarda donxur kapalak bilan zararlanganligi va zararlanish darajasi; sutali
makkajuxorida donning xakikiy chikimi; moyli ekin donlarida 1000 ta donning
massasi va pustlokliligi aniklanadi. Taxlil natijalari taxlil kartochkasiga va
laboratoriya taxlillarini kayd qilish jurnallariga kiritiladi.
Har kaysi don partiyasi (vagon, barja va boshqalar)ga laboratoriya transportga
yuklash davrida olingan namunalarning taxlil natijalari bo`yicha don sifati xakidagi
guvoxnomani rasmiylashtiradi.
89
Bu xujjatdagi barcha sifat ko`rsatkichlari belgilangan aniklik bilan ifodalanadi.
Bunda donning naturasi 1 g gacha; tip bo`yicha tarkibi, boshqa ekin donlarining
miqdori, kleykovina chikimi, shaffoflik, makkajuxorining dondagi chikimi, unib
chikish kobiliyati 1 % gacha; namlik, galvirdan utgan elanma miqdori, ifloslanti-
ruvchi va donli aralashmalar miqdori, korakuyali va toshbakasimon-bit bilan
zararlangan donlarning miqdori, donxur kapalak bilan zararlangan dukkakli
donlarning miqdori, pivobop arpa doni uchun tekislanganlik ko`rsatkichi, yormabop
donlardagi toza magiz miqdori 0,1 % gacha; ifloslantiruvchi va donli aralashmalar-
ning aloxida fraktsiyalari, buzilgan va zararlangan donlarning miqdori 0,01 % gacha;
metallomagnit aralashmalarning miqdori 0,001 % gacha aniklikda belgilanadi.
DDI inspektori donni yuklab junatishda sifatini tekshirib sertifikat deb atalgan
xujjatni rasmiylashtiradi. Donni junatuvchi korxona laboratoriyasi sertifikatni maxsus
jurnalda kayd qiladi, ammo miqdor-sifati bo`yicha hisoblarni rasmiylashtirish uchun
DDI inspektori laboratoriyaga uzi tasdiklagan taxlil kartochkasini beradi. Bu
vaziyatda laboratoriya sifat to`g`risidagi guvoxnomani rasmiylashtirmaydi.
Don ichkarigi (glubinniy) elevatorlardan asosiy don qabul qilish korxonalariga
junatilganda don sifatini junatish yoki qabul qilish korxonalari aniklaydi. Bir turli don
partiyalarining sifati O`RTAsutkaviy namuna bo`yicha baxolanadi. Namunalar har
kaysi aloxida hisobga olinadigan don qabul qilish joyi va donni yuklab junatuvchi
har kaysi moddiy javobgar shaxs tomonidan shakllantiriladi.
Agar don mahalliy ta`minot uchun yuborilsa, bunda sifat ko`rsatkichlari
fakturaga kiritilib, u ICHTL boshligi yoki uning yukligida texnik-laborant tomonidan
imzolanadi. Agar qabul kiluvchi laboratoriya ko`rsatgan sifat ko`rsatkichlaridan rozi
bulmasa, u holda ikki tomon ishtirokida takroriy taxlil utkazilib, u oxirgi deb
hisoblanadi va fakturaga kiritiladi.
Qabul qilish korxonalariga don avtomobil transporti bilan etkazilsa, partiya
sifati tovar-transport yuk xatida ko`rsatiladi.
Qabul qilish korxonalaridan don qayta ishlash korxonalariga kuchirilganda,
agar ular bitta (yoki turli) aholi yashash punktida joylashgan bulishsa, donni sifati
birgalikda aniklanib, miqdor-sifati bo`yicha hisoblash kitobida bir xil sifat
ko`rsatkichlari asosida yozib kuyiladi.
Dostları ilə paylaş: |