4
Kursning maqsadi va vazifalari
Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish
muassasalarining professor-o‘qituvchilari
uchun tashkil qilinadigan uzluksiz
kasbiy rivojlanish kursining maqsadi – zamonaviy ta’lim, ta’lim jarayoni
samaradorligini oshirish uchun zarur bo‘ladigan kasbiy bilim, ko‘nikma
va malakalarini muntazam yangilash, malaka talablari asosida ularning kasbiy
faoliyatga doir kompetentligini rivojlantirishdan iborat.
Kursning vazifalariga quyidagilar kiradi:
tinglovchilarga jamiyatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy
islohotlar mazmuni va ta’lim jarayonlarini tashkil etishning huquqiy-me’yoriy
asoslarini singdirish;
ta’lim muassasalarida o‘quv-metodik jarayonini tashkil etish masalalariga
doir bilimlar bilan qurollantirish;
ta’limning ilg‘or texnologiyalari va xorijiy tajribalarni o‘rgatish;
tinglovchilarni ta’lim sifatini oshirishning zamonaviy usullari bilan
tanishtirish;
pedagog kadrlarni xorijiy tilni o‘rganishga yo‘naltirish;
pedagoglarning
kasbiy
faoliyatida
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirish;
pedagoglarning malaka talablariga mos holda kasbiy bilim, ko‘nikma
va malakalarini zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar asosida uzluksiz
rivojlantirish.
Dostları ilə paylaş: