Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish
muassasalarining professor-o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlanish
kursi o‘quv rejasidagi modullarining mazmuni
1. Pedagogning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish
Boshqalar fikrini hurmat qilish. O‘zgalar fikriga ta’sir etuvchi (ishontira
olish, to‘g‘rilash, fikrini qarama-qarshi qo‘yish) muloqot maneralari va ulardan
samarali foydalanish.
O‘zaro munosabatlarni o‘rnatishga qaratilgan (qo‘llab-quvvatlash,
konstruktiv, ruhlantiruvchi) muloqot maneralari. O‘qituvchining kasbiy-
pedagogik kompetentligi.
Ta’lim jarayoni sifatini oshirish va o‘qituvchilarning o‘quv ehtiyojlarini
qondirishda o‘z hamkasblari bilan AKTning turli vositalari yordamida muloqotni
o‘rnatish va hamkorlik qilish.
Professor-o‘qituvchilarning
global
tarmoqdagi
turli
pedagogik
hamjamiyatlari va ulardan ta’lim sifatini oshirishda foydalanish.
Boshqalarning huquqlari va hissiyotlarini hurmat qilishga qaratilgan
muloqot maneralari.
Dostları ilə paylaş: |