Yuqumli kasalliklar statistikasi. Yuqumli kasalliklar
aholi
uchun
xavf
tug’diradi, chunki yuqumli
kasalliklarni o’z vaqtida oldi olinmasa ular tez tarqalib
epidemiyaga aylanib ketishi mumkin Shu munosabat
bilan ularni nazorat qilish uchun har bir yuqumli
kasallikni o’z vaqtida qayd etib tuman, shaxar davlat
sanitariya-epidemiologik
markazlariga
shoshilinch
xabar berish zarur.
Mehnat qobiliyatini vaqtincha yuqotishga olib keladigan
kasalliklar. Bu kasallanishlar bemorlarga shifokor tomonidan
beriladigan mehnatga yaroqsizlik varaqalariga qarab o’rganiladi
va u aholining ishlaydigan qismiga taaluqli bo’ladi. Mehnatga
yaroqsizlik varaqasi bir vaqtning o’zida mehnatkashlarni sababli
ishga chiqmasligini tasdiqlaydigan statistik, huqukiy hujjat,
hamda
vaqtincha
mehnatga
yaroqsizligi
uchun
nafaqa
to’lanadigan moliyaviy hujjat hisoblanadi.
Mehnatga yaroqsizlik varaqalariga qarab ishchilar orasida
kasallanish xolatlari 16-VN formaga muvofiq korxonalar va
sexlar bo’yicha ishlab chiqiladi. Kasallanish to’g’risida
ma’lumotlarni keyinchalik kasaba uyushmalari statistika
bo’limlari sanoat sohalari bo’yicha ishlab chiqishadi. Sanoat
sohalarida tegishli ma’lumotlar jam qilinadi va ishlab chiqariladi.
Tadkikotlar kursatadiki, zarur bulgan sabablarning bir
paytdagi mavjudligi xamisha xam yetarli sabab
bulavermas ekan. Buning boisi shuki, xar bir zarur sabab
fakat potensial xavfni tugdiradi. Infeksiyaning xakikiy
tarkalish jarayoni uchun, yukoridagi uchta zaruriy
sabablarning mavjudligidan tashkari, ularning bevosita
alokasi zarurdir. Mazkur aloka esa, ijtimoiy va tabiiy
omillar (aksariyat ijtimoiy omillar) evaziga ta’minlanadi.
Ijtimoiy omillar zaruriy sabablarning potensial xavfini
vokelikka aylantiradi va epidemik vaziyatni keskin
murakkablashtirishi xam, yoki kasallanishni minimal
darajaga tushirishi xam mumkin.
Yurak qon tomir kasalliklari zamonaviy sog’liqni saqlashning
dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Qon aylanish tizimi
kasalliklari sinifiga yurak shishlik kasalligi, gipertenziya, miya qon
aylanish buzishlari va yurak rematik kasalligi kiritiladi. Yurakning
ishemik kasalligi va miya qon aylanish buzishlari rivojlangan
shuningdek rivojlanib kelayotgan ko’pgina mamlakatlarda
o’limning asosiy sabablari hisoblanadi. Ularni “Sivilizasiya
kasalliklari” deb ataladi chunki ular etiologik jihatidan, chekish
gipodinamiya va xayvonot yog’lariga boy ovqat singari omillariga
bog’liq.Bu uchlik “xayot tarzi omillari” umumiy nomi ostida
ma’lum, ularning ta’siri tegishli individual va ijtimoiy profilaktik
choralar bilan tuzatilib turadi, bu so’ngi 30 yil ichidagi sog’liqni
saqlash amaliyoti bilan tasdiqlanadi.