Sizni kuylayman



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

CHORLASANG
Chorlasang  bormasmi  edim  gulyorim, 
Shiddatdan  ko'zimni  og'ritib,  yoshlab.
Ikkala  kaftimda  tutib  bahorni,
Tishimda  labingdek g'unchani tishlab.
O'rtada  qir kabi  yotar qirq  fasl,
Kechib  bo'larmidi qirqta  anhorni.
Ammo seni  o'ylab yashnayverar dil,
Men  qayga  qo'yay  bu  ulkan  bahorni?!
Isming  -  shahristonni  isitgan  bayzo,
Aytsam,  sen  kelmaysan  -  bitmas  karashma. 
Oddiy  bir hikmatni  bilarmisan  yo:
Shahar osmoniga  oy  ham  yarashmas.
Men  tokay yasharman  o'zimni  quchib, 
Ovunib gardunning  hiylosi  bilan.
Chorlasang,  borardim  toyirdek uchib, 
Qo'ynimda  ko'klamning  havosi  bilan.
Qanoti  bo'lsa  ham  uchmas  baliqlar,
Ismimni tutmasang,  qushligim  bekor, 
Shijoat ummonning  tubinda  uxlar,
Men  bilan  qo'shilib  qariydi  bahor.
Bilaman,  qismatim  ko'zingdek qaro,
Meni  chorlamassan,  uchib  bormasman.
Sen  mening  ismimni  bilmassan  hatto,
Sen  o'zing  bahorsan,  menga  zormassan!
1990
ARAZ
Hurkak xavotirda  ko'changdan  o'tdim, 
Labimni tirs yorib,  qiynab chanqog'ing. 
Havoni  ho'pladim,  ho'pladim  o'tni, 
Shunchalar qiyinmi  suvga  chiqmog'ing?


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Ko'changni tuprog'i  olovmi deyman, 
Quyoshniyam  menda  qasdi  bor chog'i. 
Qaysarman,  ters qilib suv  ham  ichmayman, 
Shunchalar qiyinmi suvga  chiqmog'ing?
Bilasan,  ko'changdan  o'tyapman  kuyib, 
Kulgungdan  bir cho'chib  ketar chorbog'ing. 
Chiqsang-chi,  ko'zangni  elkangga  qo'yib, 
Shunchalar qiyinmi  suvga  chiqmog'ing?
Quyoshni  so'kindim  xo'rligim  kelib.
Changini  chiqardim  otash  tuproqning. 
Seniyam  sochingni olardim  yulib! 
Shunchalar qiyinmi  suvga  chiqmog'ing?
Tundayam yuragim  bir yomon  kuydi, 
Tongdayam  tomog'im  qaqrab  uyg'ondim. 
Men  o'zi  qanaqa  olovni  suydim  - 
Shunchalar qiyinmi suvga  chiqmog'ing?
...  Bizniyam  ko'chadan  o'tib qolarsan!..
1987
GUNOH
Siniq  oy sarg'ayib  kezarkan  ko'kda, 
Tomlarda  shu'lalar arpasin  ilg'ab, 
Zanjirini siltab,  ayqirdi  ko'ppak:
- Xavf!
- Xavf!!
- Xavf!!!
Ayol  miskin  edi.
His qildi  ayol  -
Qaydadir erini  o'pardi  bir qiz.
Keng  hovlida  yomon  siqildi  ayol,
Bir kechada  quvrab,  to'kildi  nargis...
Tonggacha  hovlida  tinmadi zanjir, 
Ko'ppak sahargacha  betoqat hurdi. 
Ayol  ham  gunohga  qo'l  berdi  oxir - 
Tushida  birinchi  sevgisin  ko'rdi.
1992


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
SO'NG  SO'Z
Xazon  lashkari  kelgan  - 
Yaproqlar to'kiladi.
Eng  so'nggi o'qi  bilan 
Sadoqlar to'kiladi.
Muhabbat borasida 
Biz  hanuz  norasida. 
Bulutlar orasidan 
Saboqlar to'kiladi.
Loylar qordim  yoshimdan, 
Somon  qildim  sochimdan. 
Uyga  kirsam,  boshimdan 
Tuproqlar to'kiladi.
Senga tegmadi  nafim, 
Ichimda  qoldi  gapim. 
Tegib-tegmasdan  labim 
Qadahlar to'kiladi.
Eslamaysan  kelmasam, 
Jilmayasan  yig'lasam, 
Sochlaringni  silasam, 
Nigohlar to'kiladi.
Xazon  lashkari  kelgan  - 
Yaproqlar to'kiladi. 
Yonoqlaru  barmoqlar, 
Dudoqlar to'kiladi...
Ey gul,  qaytgil  izingga, 
Rahming  kelsin  o'zingga. 
Yuzingni qo'y yuzimga  - 
Gunohlar to'kiladi.
1991

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin