Sizni kuylayman (she'rlar to'plami). Iqbol Mirzo
Наг kim ham o'zini chandon ayaydi,
Savalaganda ham ayab savaydi.
Har kimsa o'zini odam sanaydi,
O'zining yukiga nor bo'lib o'tar.
Har kimning yomondir umr yo'ldoshi,
Esiz yigit yoshi, tuzsiz non-oshi.
Farzandiga qarab egilar boshi,
Keng dunyo ko'ziga tor bo'lib o'tar.
Toshkentning yomg'iri dovondan nari -
Farg'ona tomonga qor bo'lib o'tar.
Kimga tog' ko'rinsa birovning qiri -
Xor bo'lib, xor bo'lib, xor bo'lib o'tar!
2001
Dostları ilə paylaş: