Sizni kuylayman (she'rlar to'plami). Iqbol Mirzo
Shudring jarangladi gulbargga tomib,
Sochlaring elkangda shovulladilar,
Ko'zlaringni yumib... ko'zlaringni yumib...
Shunda men o'zimni koyidim yomon:
Nega seni yomon ko'ribman, dunyo?
Shunda
Qudratingga keltirdim iymon,
O'zingga sanolar aytdim, rabbano!
Shunda
asal isin tuydi dumog'im,
Ko'rdim - ellar elar kapalak quvib.
Titradi taraddud bilan dudog'ing,
Ko'zlaringni yumib... ko'zlaringni yumib...
Shunda
Bor umrimga afsuslar chektim,
Quzg'un qanotidan yomg'ir kutibman.
Chorak asr yashab, yuz marta sevdim.
Oh, kimni sevishni bilmay o'tibman!
Shunda
Ko'zlarimni ochdi muhabbat,
Toshqinlar o'tdilar qalbimni yuvib.
Sevgilim, sen endi ketmagin faqat
Ko'zlaringni yumib... ko'zlaringni yumib...
1993
Dostları ilə paylaş: