Sizni kuylayman



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

QACHONDIR
Qachondir dovdirab turgan  qulunlar, 
Quyoshni  ilk  bora  ko'rgan  qulunlar, 
Tuyog'i chalmashib turgan  qulunlar 
Uchqur saman  bo'pti  allaqachonlar.
Qachondir urgandim  unga  boshlarim, 
Poydevor bo'libdi  cho'tir toshlarim. 
Kulaymi-yig'laymi,  aziz dashtlarim 
Bog'u  chaman  bo'pti  allaqachonlar.
Qachondir osmonni ag'darardi  ham, 
Dimog'im  achishdi,  ko'zga  keldi  nam: 
Meni  yelkasida  ko'targan  akam  - 
Qaddi  kamon  bo'pti  allaqachonlar.
Qachondir ko'zida  ko'rgandim  yulduz, 
Yuzi  olma  kabi tarang  va  qirmiz.
Menga  ro'molchasin  bergan  o'sha  qiz - 
Rangi  somon  bo'pti  allaqachonlar.
Qachondir bu  yerdan  yuzim  burib  men 
Yuribman,  yuribman,  tinmay yuribman, 
Olisda  holimni  bilmay yuribman  - 
Menga  yomon  bo'pti  allaqachonlar!
1995


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
SIZGA
Kalavaning  uchi  yonib  kelmoqda,
Bir kuni  telefon  portlar xonamda. 
Shumxabar kechikib  kelar qishloqdan, 
Ehtimol,  otamdan,  balki  onamdan.
Tomirlarim  yonar yurakka  qarab,
Yurak  lahzalarni sanar asabiy.
Qishloqqa  kechikib  borganda  xabar 
Izim  o'chgan  bo'lar bir kema  kabi.
Har bitta  qadamim  sizning  sanoqda, 
Payqaysiz  ko'zlarim  qizarsa  agar.
Dilimda  muqaddas  hislar o'lmoqda,
Siz  bundan  hech  qachon  topmaysiz xabar.
1995

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin