Sizni kuylayman



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

TUBIDA TOSH  DUMALATIB...
Tubida  tosh  dumalatib soylar o'tdi, 
Yelkasida  yaraq-yaraq  oylar o'tdi. 
Qamishlarning  boylamida  naylar o'tdi, 
Sizdan tekkan  iztiroblar o'tmadi,  yor, 
Ko'zlarimdan  ko'zlaringiz  ketmadi,  yor.
Tuyog'idan  tillo  sochib jayron  o'tdi, 
Necha  ko'shki  obod  ko'ngli  vayron  o'tdi, 
Hammasi  ham  bu  holimga  hayron  o'tdi, 
Sizdan tekkan  iztiroblar o'tmadi,  yor, 
Ko'zlarimdan  ko'zlaringiz  ketmadi,  yor.
Ro'molini  qanot qilgan  pari  o'tdi,
Ko'z  uchida  menga  qaray-qaray o'tdi, 
Nigohlari jonimdan  ham  nari  o'tdi, 
Sizdan tekkan  iztiroblar o'tmadi,  yor, 
Ko'zlarimdan  ko'zlaringiz  ketmadi,  yor.
Shamol  o'tdi,  bulut o'tdi,  yomg'ir o'tdi, 
Qahratonning  qadamlari og'ir o'tdi. 
Qorabotir o'tdi,  Zuhro, Tohir o'tdi, 
Sizdan tekkan  iztiroblar o'tmadi,  yor, 
Ko'zlarimdan  ko'zlaringiz  ketmadi,  yor.
Bir zum  qalbim  darchasidan  ziyo  o'tdi,


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Bilmay qoldim  chin  o'tdimi  -  ro'yo o'tdi, 
Siz o'tdingiz  bu  dunyodan  dunyo o'tdi, 
Sizdan tekkan  iztiroblar o'tmadi,  yor, 
Ko'zlarimdan  ko'zlaringiz  ketmadi,  yor.
1996
KO'LANKA
Xushnud  lahzalarim  bo'ldimi?  Bo'ldi... 
O'choqdan  quchoqqa  keldi  alanga. 
Paymona  sharobga to'ldimi? To'ldi... 
Qalbda  esa  o'sha  og'ir ko'lanka.
Xurram  soniyada  har bir hujayram 
Atirguldek bo'lib  oqdi  yurakka. 
Qumrilar ovvora  men  uchun  sayrab... 
Qalbda  esa  o'sha  og'ir ko'lanka.
Xushbaxt onlarimni eslayman:  dalda, 
Ko'milib yotibman  o'tu  o'langa. 
Chigirtka  bilan  oy avj  kelgan  palla... 
Qalbda  esa  o'sha  og'ir ko'lanka.
Shu  yerga  eltadi yo'l  nihoyasi,
Shu joyda  hammasi  ajrar bo'lakka.
Bu  -  Lining  ko'zimdan  kirgan  soyasi... 
Qalbda  esa  o'sha  og'ir ko'lanka.
1996

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin