Sizni kuylayman



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

ZERIKISH
Men  boshimni  o'zim  olib  ketaman, 
Soyda  oqizaman  uni,  mayliga.
Faqat ayting,  bormi  olam  etagi,
Makon  bormi  sizni  eslatmaydigan?
Karbalo dashtida  yotaman  to'zg'ib, 
Yuzimga  oy  kukun  sepsin  maydalab. 
Faqat chiqmaysizmi yonimdan  o'sib, 
Zamon  bormi  sizni  eslatmaydigan?
Semurg'ga  yuragim  beray yolvorib, 
Taqdirgamas,  yovuz qushga  beray tan. 
Faqat ayting,  ko'kda  halovat bormi, 
Osmon  bormi  sizni  eslatmaydigan?
Meni  ezmaydigan  daqiqa  qayda,
Kesak  bormi  meni  kesatmaydigan. 
Faqat siz chiqasiz yo'limni  poylab, 
Imkon  bormi  sizni  eslatmaydigan?
Tilimni  chaynadim,  o'ydim  ko'zni  ham, 
Qulog'imga  urdim  zaharli tikan.
Faqat kimga  boray,  ayting,  ey odam, 
Inson  bormi  sizni  eslatmaydigan!
1995


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
SESKANDIM
Seskandim.  Sochimning  ostigacha  ter, 
Osmon  kemshik tishin  ko'rsatib  kuldi. 
O'tlarga  o'ranib  qunush  tortdi yer... 
Tushimda eng  yaqin  odamim  o'ldi.
Shundog'am  bor bo'yim  shundoq  g'am  edi, 
Tumanlar ichida  sovqotganlarim...
Mening  boy  berganim,  nahot kam  edi, 
Kammidi  o'ngimda  yo'qotganlarim?
Kechagina  quyun  xo'pladi-ketdi,
Bir jahon  quvonchim  -  bir hovuch  gulni.
Bu  nechuk sitamu  ne tahqir endi?  - 
Tushimda eng  aziz odamim  o'ldi.
Soyda  tosh  sakratgan toza  bolaydim,
Soy suvi  sachradi  -  ko'zda  yosh  bugun. 
O'sha  toshlar qayta  keldilar daydib,
U  toshlar ulg'aydi  -  qabrtosh  bugun.
Og'ridim  -  barq  urgan  daraxtday  kuydim, 
Shoxlarim  dilimni tirnadi,  yuldi.
Boshimga  yulduzni tuproqday  uydim  - 
Tushimda eng  aziz odamim  o'ldi.
Ko'nglimni o'pgandi  mas'um,  mehribon, 
Men  unga  sajdalar qilgandim  qadim. 
Azizim...  Azizam...  Eng  aziz  inson...
Faqat eslolmadim...  Eslay olmadim...
1995
ESIMDA
Esimda  hamma-hammasi: 
Ko'zlar.  Barmoqlar.  Gul.  Atir... 
Siz  ham  unutmagansiz, 
Maktublaringiz yo'ldadir.
Balki  ertaga  olarman,
Mayliga,  bitta  so'z,  bir satr. 
Eng  muhimi,  men  bilaman  - 
Maktublaringiz yo'ldadir.
Umrim  shamollarga  kulgu, 
Sargashta  ayladi  taqdir.


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Adashib-adashib kelar-ku, 
Maktublaringiz yo'ldadir.
Hayotim  o'zgarar batamom, 
Ko'nglim  ko'zadek to'ladir. 
Sarhush  yashaydirman  hamon  - 
Maktublaringiz yo'ldadir.
O'n  yil  o'tibdi.  O'n  yil...
Bu  menga  yagona  daldadir.
Har tong  bir orziqib olar dil  - 
Maktublaringiz yo'ldadir.
1995
DERAZA PARDASI
Deraza  pardasi  elkanday shishdi,
Yana  seni  o'ylab  ko'nglim  uvishdi.
Seni  olib  ketdi  qaysi  daryolar?
Hamrohing  bo'ldilar qanday sabolar?
Xonamga  nastarin  bo'yi  bo'yladi,
Sochlari  rayhonim,  seni  o'yladim.
Bo'ying  to'kildimi olis  bog'larga?
Ko'ngling  ko'nikdimi qarg'a,  zog'larga?
Kaptarlar bir-birin  suyib o'pishdi,
Xayolim  sen  tomon  qush  bo'lib  uchdi.
Sen  nechun  ketding,  men  nechun  ketkazdim? 
Qanotimga  o'zim  shikast etkazdim.
Deraza  raxiga  boshimni qo'yib,
O'yladim,  yomg'irsiz o'tdimi to'ying? 
Yig'lamadim, faqat xo'rsindim  xolos,
Boladek jimgina  o'ksindim  xolos.
1995

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin