Sizni kuylayman (she'rlar to'plami). Iqbol Mirzo
Go'yo hech kim bilmas qadrimni.
Kitob hidi bosgan hujramda
O'zimga aytaman dardimni.
Sen - kapalak kabi beg'ubor,
Sen - ninachi kabi o'ynoqi.
Aldanishga tayyorsan takror,
Qanday go'zal, toza gunohing!
Men o'zimcha hammadan buyuk,
Men o'zimcha hammadan xafa.
She'r o'qiyman ovozim qo'yib -
Yarmisi rost, yarmi - falsafa.
Alanglaysan oyoq uchida,
Hozir uchib ketgudek go'yo.
Meni bu odamzot ichidan,
Dilbar, topa bilmassan aslo.
1996
Dostları ilə paylaş: