Sizni kuylayman



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

KO'ZIMGA ISHONMAYMAN
Soching  buloq  suvidek  barmog'im  aro toshdi,
Vujuding  shamol  kabi  quchog'im  aro toshdi.
Hilolni  chiltor etib,  kipriging  chaldi  cholg'u,
Yuragim  selob  bo'lib,  qarog'im  aro toshdi:
«Ko'zimga  ishonmayman,  nahotki  o'zingsan  shu?!»
Birinchi  bor kuzatdim  nur sirg'alib oqishin,
Birinchi  bor chaqmoqqa  to'ldirdim  qiz og'ushin.
Birinchi  bor alamsiz ruhga  qorishdi yog'du.
Birinchi  bor o'zimga  yoqib qoldi tovushim:
«Ko'zimga  ishonmayman,  nahotki  o'zingsan  shu?!»
Tungi chorbog'da  anor tisirlab yoriladi,
Eng  sara  donalari tuproqqa  qoriladi.
Dilgir yotarman  tinglab,  ko'zga  kelmaydi  uyqu,
Nahot mudom  kamoldan  zavolga  boriladi?
«Ko'zimga  ishonmayman,  nahotki  o'zingsan  shu?!»
Gohi  shundayki,  o'sha  chog'ni topmoq  mumkinday, 
O'shanday quchmoq  yana,  shunday o'pmoq  mumkinday, 
Yana  ko'rmoq  mumkinday  labingda  toza  kulgu,
Javobi shart bo'lmagan  go'zal  so'roq  mumkinday: 
«Ko'zimga  ishonmayman,  nahotki  o'zingsan  shu?!»
1996


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin