Sizni kuylayman



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

SEVGI  DEGANLARI
Nazokatni qaydan  olgan  kapalak, 
G'uvillab,  nimadan  so'ylaydi  kaptar? 
Nimaning  tasviri,  ayting,  kamalak? 
Sevgi  deganlari  yo'q  bo'lsa  agar.
Ne  bois qizarib  ketdi  atirgul,
Nasimlar nelardan  keltirdi  xabar? 
Kimning  qiynog'ida  to'lg'onar sunbul? 
Sevgi  deganlari yo'q  bo'lsa  agar.
Kimni  kutib chatnab  ketar harsangtosh, 
Momogulduraklar nahot besamar? 
Qanday qudrat  bilan  aylanar quyosh? 
Sevgi  deganlari yo'q  bo'lsa  agar.
Ilon  ham  qovushar,  garchi zahri  bor, 
Chayon  o'z juftiga tutadi shakkar. 
Ko'ngilning  yurakdan  nima farqi  bor - 
Sevgi  deganlari  yo'q  bo'lsa  agar.
1997
HILVIROQ  KITOB
Hilviroq  kitobni  zarb  bilan  yopdim, 
Ko'hna  bo'y  urilib  buzdi  ko'nglimni. 
Xazon  to'shgidan  bir gavhar topdim:


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Visol  -  muhabbatning  go'zal  o'limi.
Bulutlar uchrashdi chaqmoqlar otib, 
Chaqmoq  -  sog'inchlarning  oydin  gulimi? 
Yomg'ir shivirladi to'kilayotib:
Visol  -  muhabbatning  go'zal  o'limi.
Daryo quchog'ida  tosh  qotgan  toshlar, 
Eshitib zerikkan  sevgi  o'lanin.
Daryo to'rt tomonga  o'zini tashlar:
Visol  -  muhabbatning  go'zal  o'limi.
Yolg'izim,  bizlarni  siyladi taqdir,
Ming  usulda  to'sdi  borar yo'limni. 
Sevgimiz  bezavol  yashaydi,  axir - 
Visol  -  muhabbatning  go'zal  o'limi.
1997

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin