XULOSA
Maydoni—9373000 kvadrat kilometr. Aholisi — 281421900 kishi. Amerika
Qo'shma Shtatlari — g'arbiy yarim shardagi eng katta mamlakat. Hududin- ing
deyarli hammasi Shimoliy Amerikada joylashgan. AQSHning sharqiy qirg'og'ini
Atlantika okeani, g'arbiy qirg'og'ini Tinch okean suvlari yuvib turadi.
AQSHning iqlimi asosan mo'tadil va subtropik. Haqiqiy tropiklar ham bor
— bular Tinch okeandagi Gavayi orollari bo'lib, ular AQSH shtatlaridan biri
hisoblanadi. Shimoldagi Alyaska shtatida esa qishda Arktikasovuqlaribo'ladi.
Mamlakat markaziy qismidagi tekisliklar g‘arbda tepalari qor bilan qoplangan
ulug'vor Qoyali tog'larga, sharqda esa uncha baland bo'lmagan Appalachi tog'lariga
borib tutashgan.
Amerikadagi tog'lar, ayniqsa Appalachi tog'lari bag'ri ko'mir, neft, tabiiy
gaz, temir rudasi, rangli metall rudalari va boshqa foydali qazilmalarga boy.
Amerikaning eng yirik daryolari — Missisipi ча uning irmog'i Missuri.
Yevropaliklar Shimoliy Amerikaga 16-asrda Kolumb Amerikani kashf qilgandan
keyin ko'chib bora boshladilar. Yevropaliklar Amerika qit'asining tub aholisi —
indeyeslarni shafqatsiz qira boshlaganlar. Tirik qolgan indeyeslar unumsiz cho'l
yerlarga — rezervatsiyalarga surib chiqarilgan. AQSHda Afrikadan bir vaqtlar
zo'rlik bilan olib borilgan qullarning avlodlari bo'lgan qora tanli Amerikaliklar
hamyashaydi.
|