1.2. Tabiiy sharoiti va resurslari. Tabiiy sharoiti va resurslari xilma-xil
tabiiy sharoitga ega va foydali qazilma resurslariga boy. Mam;akatning
asosiy hududi ikkita tog`li , birmuncha qirgo`qchil g`arb va tekislikdan
namlikga ega.
Mamlakatning sharqida Atlantika okeani qirg`og‘i bo`ylab o`rtacha
balandlikdagi appalachi tog`lari markazida markaziy va Buyuk tekisliklar
ga`rbida yirik tog` massivi Kordilera janubiy sharqida esa Atlanta bo`yi
Florida va Meksika qig`oq bo`yi past tekilsliklari joylashgan . Eng yuqori
nuqtasi Mak-Kinli tog`i Alyaskadan janubga joylashgan s eng past nuqtasi ajal
vodiysidir .Qoyali tog`lar , Qirg`oq bo`yi tog` tizmalari , Kaskatli va Serra-
Niva tog`lari ,Yukon (Alyaska ), Kolumbiya platolari Katta hafza va Kolarada
platosi oralig`idagi Uyillamit va mashhur Kaliforniya vodiylari (Farg`ona
vodiysiga o`xshash) xo`jalik jihatdan o`zlashtirilganligi Bilan ajralib turadi.
Kordilyera yirik iqlimiy chegara bo`lib Tinch va Atlantika
havzalari uchun suv ayirg`ich rolini bajaradi . Relefning meridional yo`nalishi
esa iqlimiy tuproq o`simlik sharoitlaridan tashqari muhim iqtisodiy indikatorlar -
transport to`ri va aholi joylashuviga tasir ko`rsatgan .
AQSH iqlimi xilma- xil. Hududning katta qismida mo`tadil va sub
arktika iqlimi , Florida Janubda tropik , Alyaskada subarktika va mo`tadil ,
Gavayi orollarida dengiz tropik iqlimi qaror topgan . Sovuqsiz kunlar
shimoliy hududlarda 6 oy , janubda esa yil bo`yi davom etadi . Iqlim
kontinentallashib , markaz va g`arbiy hududlarga tamon o`sib boradi .
Yog`ingarchilik sharqda 500-2000 mm , g`arbda (Tinch okeani qirg`oq
bo`yining shimoliy g`arbidan tashqarida) 200-500 mm atrofida .
Meridional yo`nalish bo`yicha tuproq osimlik olami o`zgarib boradi,
asosiy o`rmon resurslari mamlakatning shimoli – g`arb va janubiy sharqida
joylashgan va o`rmon sanoat majmuasi shakillangan . Suv resurslari hudud
bo`yicha notekis taqsimlangan .Kanada bilan chegaradosh yirik ko`llar
tizimi – Buyuk Ko`llar bo`lib , transport va gidroenergetika , baliqchilik ,
turizm nuqtai nazardan katta ahamiyatga ega. Missisipi va uning irmoqlari
(Ogayo, Tennisi, Missuri va Arkanzas) Gidroresurs va sug`orishda Kolumbiya va
Kolorado daryolari gidroenergoresurs manbai sifatida muhim o`rin tutadi .
AQSH foydali qazilmalarga juda boy, ayniqsa yoq`ilg`i energiya
resurslari qora va rangli metallarning yirik zahiralari , tog` kimyo xom
ashyosi va boshqa resurs zihalari bilan ajralib turadi . Ko`mir qazib olish
bo`yicha Xitoydan keyin 2- o`rinda turadi . AQSh neft va gazning yirik
zahilariga ega. Yirik neft va gaz havzalari Alyaskada mamlakat janubidagi
Texas va Lyuzgana shtatlari va Tinch okean sohillari bo`yidagi Kaliforniya
shtatida joylashgan .
Yirik ko`mir havzalari ( dunyo zahilarning 25 % tog`ri keladi) . Sharqiy
provensiyada (Appalachi va Pensilvaniya), ichki provensiyada, (Ellinois va
G`arbiy), Buyuk Tekisliklar shimolida (Fort Yunon ), Qoyali tog`lar (Yunita
havzasi ) va Alyaskada joylashgan . Yiliga 1 mlrd tonna atrofida ko`mir qazib
olinadi va dunyoda 2 o`rinda turadi .
Temir rudasi Michigan va Mennesota Shtatlarida , molibdin va volfram
tog`li shtatlarda , mis , Arizona , Yuta,Nyu-Mekzika, Montata shtatlarida , rux
Tennisi va Nyu-Djersi, qorg`ishin (AQSH qo`rg`oshin zahilari jihatidan
Avstraliya va Kanada bilan bir xil o`rinda turadi ), qo`rg`oshin - rux rudalari
Aydaho, Yuta,Montata, Missuri shtatlaridadir.
Qimmatbaho (Oltin , kumush, platina ) radiaktiv elementlar (uran, toriy)
nodir , kamyob va sochma metallarga boy (Kordilera).
Shuningdek , fosforit Florida, Shimoliy Karolina, Aydaxo shtatlarida ,
oltingugurt Meksika bo`yi pasttekisligidan qazib olinadi . Qurilish materallariga
boy . Ayni vaqtda nikel, kobali, kaliyli, va kaliyli tuzlarni import qiladi.
Mamlakatda tabiatni saqlash, qo`riqlash va qayta tiklash sohasida katta ishlar
amalga oshirilmoqda . Muhofaza qilinadigan tabiat obyektlari, orasida
Yellouston, Yosemit,Sekvoye,Grant-Kanon milliy bog`lari , Mamont (Mamont
g`ori ) , Karlsbad tog`lari va boshqa mo`jizaviy tog` , tekislik, past tekislik
landshaftlari , daryo vodiylari , ko`l va sharsharalar (Niagara ) , o`simlik va
hayvonot olami , sihat salomatlikni saqlash resurslari ( davolovchi) turizimni va
turizm industriyasini rivojlanishiga kuchli tasir etmoqda .
|