I BOB.Shimoliy Amerika mintaqasiga umumiy tafsif.
1.1.Geografik o'rni chegaralari. AQSH hududining kattaligi jihatidan
dunyo mamlakatlari o‘rtasida 4-o‘rinda (Rossiya, Kanada, Xitoydan keyin)
turadi. AQSH iqtisodiy-geografik jihatdan qulay, ammo bir-biridan uzoq uch
hududdan iborat.
Asosiy hudud (hududi 8.84 mln km/kv, aholisi 303.1 mln kishi) Shimoliy
Amerikaning markazida joylashgan, shimolda Kanada va janubda Meksika
davlatlari bilan (chegaralar tabiiy marralar-tog‘lar, daryo va ko‘llardan o‘tadi
va tinch) chegaralangan va g‘arbdan Tinch okeani sharqdan Atlantika
okeani suvlari uning qirg‘oqlarini yuvib turadi. Qirg‘oqlari tabiiy buxta,
gavanlarga boy bo‘lib kemachilikni rivojlantirish uchun qulay.
Alyaska shtati materikning shimoli-g‘arbiy qismiga joylashgan Tinch
va Shimoliy Muz okeani suvlari bilan o‘ralgan va quruqlikda Kanada bilan
chegaradosh (hudud 1519 km/kv, axolisi 600.0 kishi). Bering bug‘ozi orqali
Rossiya (Ratmanov oroli) va AQSh (Kruzenshteyn oroli) dengiz chegaralari
o‘tadi. Gavayi orollari (16.7 ming km/kv, axolisi 1.3 mln kishi) Tinch
okeanining markaziy qismida (24 ta orol) joylashgan.
AQSH iqtisodiy-geografik o‘rni qulay bo‘lib, jahon mamlakatlari bilan
samarali transport-iqtisodiy aloqalarni olib borish imkonini beradi.
AQSH nisbatan yosh davlat, yevropaliklar tomonidan XVI-asrdan
boshlab o‘zlashtirgan. Dastlab Atlantika qirg‘oq bo‘yida Buyuk Britaniyaning
13 ta kaloniyasi bo‘lgan. 1776-yili AQSH mustaqilligi elon qilindi. XX-
asrga qadar g‘arbga tomon kengaydi (hududlar sotib yoki bosib olindi va
o‘zlashtirildi). Alyaska 1867-yili Rossiyadan sotib olingan, Gavayi orollari
esa uzoq vaqt AQSH mustamlakasi bo‘lgan. O‘tgan asrning 50-yillarida
Alyaska va Gavayi orollari shitat maqomiga ega bo‘ldi. AQSH iqtisodiy
statistik nuqtai nazardan 4ta makro iqtisodiy rayonga: Shimoliy-Sharq, O‘rta-
G‘arb, Janub va G‘arbga bo‘linadi. Axolini ro‘yxatga olish byurosi esa
AQSHni 9ta rayonlariga: Yangi Angilya, O‘rta Atlantika shitatlari, Janubiy
Atlantika shitatlari, Janubi-sharq markaziy shitatlari, Janubi g‘arb, tog‘li
shitatlar, Tinch okeani shitatlariga ajratadi.
AQSH federativ respublika, siyosiy-ma‘muriy jihatdan 50 shitat
(shitatlar quyi ma‘muriy okrug grafiklarga bo‘linadi) va Kalumbiya federal
okrugidan iborat. Amaldagi konustitutsiya 1787-yilda qabul qilingan va shu
kunga qadar 26ta o‘zgartirish kiritilgan, xolos. Mamlakat boshlig‘i
Prezident. Qonun chiqaruvchi organ- Kongress.
Dunyo makromintaqalari o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi
jihatidan Shimoliy Amerika makromintaqasi yetakchi mavqega ega .
Shimoliy Amerika mamlakatlariga Meksikada shimolda joylashgan davlatlar
AQSH, Kanada va Daniyaning orol mustamlakasi – Grelandiya kiradi.
Shimoliy Amerika makro mintaqasi iqtisodiy--geografik holati juda qulay
bo`lib a) Yevroosiyo va Afrika mamlakatlari hamda dunyoning boshqa
mintaqalari bilan qulay iqtisodiy aloqalar olib borish imkonini olib boruvchi,
Atlantika va Tinch okeani suvlarining o`rab turishi; b) Shimoliy Amerika
makromintaqasining chekka shimoliy g`arbida Rossiya bilan juda yaqin
bo`lib , Bering bo`g`izidagi Diomid orollari orqali qisqa masofada ajralib
turishi; v) Aqsh va Kanada qirg`oq bo`ylarining Atlantika va Tinch okeani
halqaro savdo yo`llariga chiqish imkoniyatlari; g) Halqaro Panama kanalining
mavjudligi (Panama Kanali shimoliy Amerika makro mintaqasi siyosiy-
iqtisodiy hayotida muhim; ) resurs imkoniyatlari jihatlari boshqa okeanlarga
ustun hisoblangan Arktika (Shimoliy Muz okeani) akvatoriyasiga bevosita
tutashligi bilan harakterlanadi .
Ayni vaqta Grelandiyaning shimoliy va sharqiy qirg`oqlari kemachilik
uchun noqulay bo`lib, yil bo`yi suzib yuruvchi muz bo`laklari bian qoplangan
. Faqatgina Grelandiyaning unchalik katta bo`lmagan Janubiy – G`arbiy qirg`oq
bo`ylari kemachilik uchun qulay.
Shimoliy Amerika relefi bir muncha murakkab bo`lsada , xo`jalik yuritish
uchun (Ayniqsa AQShning asosiy hududi va Kandaning cho`l Provensiyalari)
juda qulay. Tog` va tekisliklar materik bo`ylab Meridional joylashgandir.
Makromintaqaning G`arbiy qismida Kordelera tog`lari joylashgan bo`lsa,
sharqida tekisliklar va past tog`lar mavjud.
Makromintaqaning O`rtacha balandligi dengiz sathidan (G`arbda 1700 m
va sharqa 200-300m) 720 m bo`lib, asosan Kanada, Lavrentiy qirlari ,
Janubda Markaziy tekisliklar (katta qismi AQSH hududida ), g`arbda Kordilera
tog`lari oldidagi Buyuk tekisliklarga tutashib ketgan, Markaziy tekisliklar
sharqida Appalachi tog`lari mavjud. Kanada Arktika arxipelagining sharqiy
qismi va Grelandiya sohilalri relefi tog`lidir. Makromintaqaning janubiy -
sharqida tor yo`lak hosil qilgan Atlantika bo`yi past tekisligi va Meksikaning
past tekisligi Iqtisodiy jihatdan kuchli darajada o‘zlashtirilganligi bilan ajralib
turadi.
Kordlyera tog`lari tizimi ko`plab yoysimon tizmlardan iborat bo`lib
ulardan g`arbda balandligi 1000-2000 m ichki yassi tog`lar va platolar
Mintaqasi mavjud. Bu Yassi tog`liklar supasimon tekisliklar, tizmalar va
soyliklar ( Katta havzadagi Ajal vodiysi dengiz sathidan balandligi 85 m)
bo`lib, parallel yo`nalgan tog` zanjiridan iborat . Alyaskada to Panama
bo`yniga qadar Kordelera tog` tizmalari cho`zilib yotadi (Eng baland nuqtasi
Alyaska tizmasidagi Mak-Kinli cho`qqisi , 6193 m ) Tinch Okeani sohil
bo`yida nihoyatda tor va uzilib-uzilib joylashgan tekisliklar mavjud.
Kaliforniya yarim oroli AQSHning G`arbidagi xo`jalik jihatdan o`zlashtirish
qulay bo`lgan hududdir .
Makromintaqa iqlimining tarkib topishida Shimoliy Amerika
materigining shimoldan – janubga tomon cho`zilib yotganligi muhim o`rin
tutadi . Kordelera tog` tizimining Meridional joylashganligi tinch okeanidan
Kirib kelgan havo massalarning tasirini pasaytiradi .Shuningdek , sovuq
Labrador oqimi Makromintaqaning shimoliy-sharqida havoning tez-tez
sovib turishida qishning ayrim yillari juda qattiq sovuq bo`lishida asosiy
sababchidir.
Shimoliy Amerika makromintaqasida arktika , subarktika , mo`tadil va
subtropik iqlim mintaqalari shakillangan. Arktika iqlim mintaqasida
Grenlandiya oroli , Kanada , Arktika arxipelagi va materikning Shimoliy
qirg`oq bo`ylaridan to Shimoliy Qutbga qadar bo`lgan hududlar kiradi . Qish
uzoq davom etadi, Alyaska va Kanada SHimoliy- G`arbida -64 *,
Grenlandiya muz qoplamida (300 m balandlikda ) -70* sovuq bo`ladi. Yoz
sovuq , iyulda havo harorati -0* atrofida kuzatiladi . Shimoliy Muz okeanining
sharqiy orollari va Grenlandiya abadiy muzliklar bilan qoplangan .
Subarktika iqlim mintaqasiga Alyaska yarim orolida , Gudzon qo`ltig`i
sohil bo`ylari , materikning Bir qismi 60 – parallel janubiga qadar va
Labrador yarim orolining shimoli kiradi. Qirg`oq bo`ylarida yanvarning o`rtacha
harorati -15 * , markaziy qismlarida -30*, iyulning o`rtacha harorati
+8,+12 * . Ko`p yillik muzliklar tarqalgan , yiligi 300 mm yog`in yog`adi.
Mo`tadil iqlim mintaqasi janubda 40* Shimoliy Kenglik (G`arbiy qirg`oq
bo`ylarida 45* shimoliy kenglikga qadar) cho`ziladi: Dengiz kontinental va
mo`tadil kontinental iqlim oblastlariga bo`ladi. Yoz nisbatan issiq (O`rtacha+20*
) , qish -9-10* , 500mm dan 200 mm gacha (G`arbiy qirg`oq Bo`yi ) yog`in
yog`adi . Subtropik iqlim mintaqasi materikning Janubida 40* va 30* shimoliy
kengliklarni o`z ichiga oladi. Bu iqlim mintaqasida ham o`rta dengiz
kontinental va subtropik iqlim oblastlari mavjud. O`rta dengiz iqlim muhiti
g`arbiy qirg`oq bo`yi hududlarida nam va iliq qish, quruq va issiq yoz
qaror topishiga sabab bo`ladi. Kontinental iqlim markaziy hududlarda
hukmron, yoz issiq +25,+30* , yanvar oyidan -0* Atrofida bo`lib shimoldan
sovuq havo massalari kirib Kelganda qisqa muddatli qattiq sovuq bo`ladi
va qor yog`adi. Yillik yog`in miqdori 400-600 mm atrofida . Subtrpoik nam
iqlim Florida yarim orolning shimoli , Atlantika qirg`oq bo`yida qaror
topgan bo`lib, qishi iliq, yozi issiq va sernam.
Shimoliy Amerika makromintaqasi ichki suvlari boyligi bilan ajralib
turad. Ichki suvlarda qishloq xo`jaligida, kemachilik va energoresurs sifatida
keng foydalaniladi. Dunyodagi eng uzun daryo –Missisipi Daryosi (Miisuri
bilan uzunligi 6019km ) va eng katta Buyuk Ko`llar guruhi (Yuqori,
Michigan , Guron av Ontario) yirik suv tizimini tashkil qiladi. Missisipi
daryosi Buyuk ko`llar bilan kanallar orqali qo`shilgan. Eri va Ontario
ko`llarini tutashtiruvchi Niagara daryosiga mashhur 50 m yuqoridan otilib
tushuvchi Niagara sharsharasi bor. Buyuk Ko`llar Shimoliy Lavrenti daryosi
orqali Atlantika okeaniga quyiladi . Markaziy daryosi Shimoliy Muz
okeaniga va Kolorado (Yirik GES Kaskadlari barpo qilingan ) daryosi
tinch okeaniga quyiladi Shimoliy Amerika Makromintaqasi tuproq va
o`simlik olami juda xilma-xil bo`lib shimoldan janubga tomon o`zgarib
boradi. O`rmonlarga juda boy, ayniqsa Kanada o`rmon resusrlari dunyo
ahmayatiga molek bo`lib, asosan igna bargli daraxtlardan iborat . Yirik tog`
tizmlari, o`rmonlar, Ko`lllar va go`zal qirg`oq bo`ylari, turzm va dam olish
maqsadlarida keng foydalaniladi . Tabiatni qo`riqlash va Atrof muhitni
muhofaza qilish maqsadlarida yirik milliy parklar (AQShda 27 ta , Kanadada 19
ta ) qo`riqxonalar barpo qilingan bo`lib, juda katta daromad keltirad. Foydali
qazilmalarga juda boy . Foydali qazilmalar Kanada qalqoni (Temir, titan
rudalari, mis, nikel, va uran rudalari , oltin va rangli metallar ) , Kordelera
tog`larida (oltin , Kumush ,mis , rux, qo`rg`oshin, molibden, volfram, simob, )
Keng tarqalgan . Missisipi daryosi quyi oqimi va Meksika qirg`oq Bo`yi
hududlari Neft va tabiiy gazga boyligi bilan alohida ajralib turadi .
Shimoliy Amerikadagi davlat. Shimolda Kanada (Chegara uzunligi -8893
km , Shimoliy Amerikaning Shimoliy -g`arbida joylashgan Alyaska shtatining
Kanada bilan chegara uzunligi -2477 km ), Janubda Meksika (3326 km )
bilan chegaradosh . Mamlakat g`arbida Tinch okean , Sharqda Atlantika okeani ,
janubda Meksika ko`rfazi bilan tushib ketgan. Undan tashqari , AQShga Gavayi
orollari, Guan orollari, Sharqiy Samoa, Virgi orollari hamda , Kuba Orolidagi
Guantanomo harbiy bazasi qarashlidir. Chegaralarning umumiy uzunligi - 12248
km. Qirg`oq bo`ylab chegara uzunlig -19924 km . AQSh maydon jihatdan
dunyoda Rossiya , Kanada va Xitoydan keyingi 4 o`rinda turadi . AQSH
toglar va bepayon tekisliklar mamlakati. Mamlakat relefining g`arbiy
qismlari tog`li, sharqiy qismi esa tekisliklardan iborat , Mamlakat hududining
yarmiga yaqinini tog` tizmalar, tog` tekisliklari, va Kordiler yassi tog`lar
egallagan . Kordiler tog`larining yuqori cho`qqisi balandligi 4000 M
bo`lgan UIT (4419 m) hisoblanadi . Sharqda Appalachi tog`lari joylashgan.
Uning baland nuqtasi - Mittchil (2037 m) . Mamlakat va Shimoliy
Amerikaning yuqori nuqtasi Mak-Kinli tog`i (6199 m) Alyaskada joylashgan.
Qit‘aning eng past joyi Kaliforniyadagi O`lim vodiysi (Dengiz sathidan –
86 m pastda ) hisoblanadi . Kordiler va appalachi tog`lari orasida Markaziy
va Ulug` keng ichki vodiylari hamda Meksika past tekisliklari yastanib
yotibdi . Asosiy daryolari Missisipi, Missuri , Ogayo, Kolarado, Kolumbiya, va
Yukon (Irmoqlari bilan birga ) . Mamlakatning shimoliy sharqida Yuqori ,
Michigan , Guron , ERi, Ontario, ko`llaridan iborat Buyuk ko`llar tizimi
mavjud . Mamlakatda ko`p so`nli muzliklar davri ko‘llari bor . Yuta Shtatida
joylashgan Katta Sho`r ko`l ham muzliklar davrida vujudga kelgan . AQSH
quyidagi foydali qazilmalar zahirasiga ega : Ko`mir , tabiiy gaz, oltin, neft ,
gaz, uran ,mis , qorg`oshin, temir alyuminiy rudalari , fosforitlar hamda
yog`och. Haydaladigan yerlar butun hududning 20 % i , O`rmonlar va
dashtliklar 29 % , o‘tloq va yaylovlar 26 %ni tashkil qiladi .
Iqlimi –keskin konitnental. O`simlik duyosi juda boy . Bu yerda iqlim
zonalarning o`zgarishiga qarab flora ham o`zgarib boradi. AQShda moh va
lishayniklardan tortib palma va sekvoyya daraxtlari mavjud. Hayvonot olami
ham turfa , u ham flora kabi iqlim zonalari o`zgarishiga qarab, o`zgarib boradi
. AQSHning maydoni 9 mln 364 ming kv km . poytaxti Vashington. Hududining
kataligi jihatidan Jahon mamlakatlari o`rtasida Rossiya Kanada va Xitoydan
keyin 4 o`rinda turadi . AQSHning geografik o`rniqulay bol`ib ammo bir-
biridan uzoq 3 hududdan iborat.
1.
Asosiy hudud Shimoliy Amerikaning markazida joylashgan , Shimolda
Kanada va Janubda Meksika davlatlari bilan chegaradosh .
2.
Alyaska Shtati mamlakatning shimoliy g`arbida joylashgan Tinch va
Shimoliy Muz okeani suvlari bilan o`ralgan . Quruqlikda Kanada
bilan chegaradosh.
3.
Gavaya orollari Tinch Okeanini markaziy qismida joylashgan .
AQSHning iqtisodiy geografik o`rni qulay bol`ib Jahon mamlakatlari bilan
samarali transport iqtisodiy aloqalarni olib borish imkoniyati bor. AQSh
fedarativ respublika siyosiy- mamuriy jihatdan 52 shtat, Kolumbiya federativ
okrugidan iborat .
|