Tebranishlar amplitudasini aniq qonuniyat bo'yicha tebranishlar
chastotasiga nisbatan ancha kichik chastota bilan o'zgariirish jarayoni
amplitudaviy modulyatsiya deyiladi.
2.
Amplitudaviy
modulyatsiyalangan
tebranishlar
spektri.
Modulyatsiyalangan tebranishlar garmonik emas. Ammo ularni bir
nechta garmonik tebranishlar yig'indisi ko'rinishida ifodalash mumkin. Buni
ko'rsataylik.
Amplitudaviy modulyatsiya holida tebranish konturidagi tok kuchi
𝑖 = 𝑘(𝑈
𝑀
+ 𝑈
Ω
) 𝑠𝑖𝑛 𝜔𝑡 ,
yoki
𝑖 = 𝑘(𝑈
𝑀
+ 𝑈
𝑚
𝑐𝑜𝑠Ωt) 𝑠𝑖𝑛 𝜔𝑡 ,
qonuniyat bo'yicha o'zgaradi. Yoki yig'indini yoyib yozsak,
𝑖 = 𝑘𝑈
𝑀
𝑠𝑖𝑛 𝜔𝑡 + 𝑘𝑈
𝑚
𝑐𝑜𝑠Ωt 𝑠𝑖𝑛 𝜔𝑡 ,
Ikkinchi holdagi
𝑐𝑜𝑠Ω𝑡 ∙ sinωt ko'patmani trigonometriyaning
ma'lum
𝑐𝑜𝑠𝛼 ∙ 𝑠𝑖𝑛𝛽 =
1
2
[𝑠𝑖𝑛(𝛼 + 𝛽) + 𝑠𝑖𝑛 (𝛼 − 𝛽)]
formulasi asosida almashtirsak,
𝑖 = 𝑘𝑈
𝑀
𝑠𝑖𝑛 𝜔𝑡 +
1
2
𝑘𝑈
𝑚
sin(ω + Ω) t +
1
2
𝑘𝑈
𝑚
sin(ω − Ω) t
yig'indiga ega bo'lamiz. Bu munosabatdan ko'rinadiki, modulyatsiyalangan
tebranish chastotalari
𝜔 + 𝛺 , 𝜔 − 𝛺 bo'lgan uchta garmonik tebranish
yig'indisiga teng. Bu yerda
ω — asosiy yoki eltuvchi chastota, ω + Ω va
ω − Ω esa yon chastotalar deyiladi.
Asosiy va yon chastotali tebranishlarning real mavjudligini tajribada
aniqlash mumkin. Buning uchun modulyatsiyalangan tebranishni elektr
sig'imini va induktivligini bir tekis o'zgartirish mumkin bo'lgan tebranish
konturiga berish kerak (2.11-a rasm). Konturning induktivligi va sig'imini
bir tekis o'zgartirib ossillograf ekranida ketma-ket ravishda chastotalari
𝜔 − 𝛺 , 𝜔 , 𝜔 + 𝛺 . bo'lgan garmonik tebranishlar ossillogrammasini
ko'ramiz. Ossillogrammadan yon chastotali tebranishlar amplitudasi asosiy
chastotali tebranishlar amplitudasidan kichik ekani ko'rinadi.
2.11- b rasmda modulyatsiyalangan tebranish spektri tasvirlangan
2.11- rasm
Dostları ilə paylaş: