tabiati har xil bo'lishiga qaramay, ular bir xil umumiy qonuniyatlarga
aniqlaymiz. Buning uchun 2.12-rasmda tasvirlangan qurilmani yig'amiz.
Kulisaning tebranishlari chastotasini, demak, majbur etuvchi kuch chastotasini
o'zgartirib, majburiy tebranishlar chastotasi ham o'zgarishini ko'ramiz: majbur
Majburiy tebranishlar chastotasi ham ortadi, va aksincha, Tebranuvchi jism
massasini yoki prujina qattiqligini o'zgartirib, tajribani qaytarsak, majburiy
tebranishlar chastotasi, erkin tebranishlardagi kabi tebranish
sistemasining parametrlariga emas, balki bu holda ham majbur etuvchi
kuch chastotasiga bog'liqligi aniqlanadi.
Tebranish konturini o'zgaruvchi chastota generatoriga ulaymiz.
Tebranish konturidagi va majbur etuvchi EYK generatoridagi
tebranishlarni kuzatish maqsadida zanjirga qo'shnurli ossillografni ulaymiz
(2.13-rasm). Ossillografning o'ng klemmalariga majbur etuvchi kuchlanish
manbayidan, chap klemmalariga esa tebranish konturidan kuchlanish beramiz.
Ossillogrammalarni taqqoslab, majburiy tebranishlar chastotasi majbur
etuvchi kuchlanish chastotasiga tengligini ko'ramiz (ossillograf ekraniga bir xil
sondagi do'ngliklar va chuqurliklar joylashadi). Majbur etuvchi kuchlanish
chastotasi o'zgarsa, majburiy tebranishlar chastotasi ham o'zgaradi.
Dostları ilə paylaş: