o'zgaradi. Shunga e'tiborni qaratamizki, tebranish konturidagi majbur
etuvchi kuchlanish va tok kuchining o'zgarish qonunlari prujinali
mayatnikdagi majbur etuvchi kuch va mayatnik tezligining o'zgarish
3. Tebranish sistemasida energiyaning almashinishi. Majbur etuvchi
tebranishlar manbayidan tebarnish sisternasiga uzluksiz ravishda oniy
quwati
𝒑 = 𝒊 ∙ 𝒖 bo'lgan energiya kelib turadi. Tebranish konturiga
keluvchi energiya boshlang'ich momentda qisman konturda yuzaga
keluvchi tebranishlar energiyasiga aylanadi, qisman qaytarilmaydigan
ichki energiyaga aylanadi va atrof fazoga sochiladi. Qaytarilmaydigan
issiqlikka aylangan energiyaning oniy quvvati
𝒑
𝒒
= 𝒊
𝟐
𝑹 ga teng.
Konturdagi tebranishlar amplitudasi ortishi bilan undagi tok kuchi,
konturga keluvchi energiya va qaytarilmaydigan issiqlikka aylangan
energiya ortadi. Konturga keluvchi va qaytarilmaydigan issiqlikka
aylangan energiyalar oniy quvvatlarining o'zgarish grafiklari 2.15-a
rasmda keltirildi. Konturga keluvchi energiyaning oniy quwati tok
kuchiga, issiqlikka aylangan energiyaning oniy quvvati tok kuchining
kvadratiga proporsionalligi tufayli, qandaydir vaqt davomida konturga
keluvchi butun energiya qaytarib bo'lmaydigan issiqlikka aylanadi,
konturdagi tebranishlar amplitudasi esa ortmaydi. Konturda statsionar
majburiy tebranishlar barqarorlashadi.
2.15- rasm
II.2 TEBRANISH KONTURI VA KONTURDAGI
JARAYONLARNI
TAVSIFLOVCHI TENGLAMA.
Dostları ilə paylaş: