Mashg’ulot bayoni Tishlarni olishga ko`rsatma va qarshi qo`rsatma. Doimiy tishlarni olishga ko`rsatma va qarshi ko`rsatmalar.
Ko`rsatma va qarshi ko`rsatma xaqida gapirishdan oldin ikkita savolga javob berishimiz kerak:
1.Organizmida qanday o`zgarishlar sodir bo`lishi mumkin, xususan tish jag sistemasida.
2.Tishlarni saqlab qolsak qanday asoratlar kelib chiqishi mumkin.
Tish olishga ko`rsatma mahalliy va umumiy bo`lishi mumkin.
Umumiy ko`rsatmalar: Xronosepsis va surunkali odontogenga, sabab bo`lgan samarasiz endodontik
davoda keyingi odontogen yallig‘lanish o`chogi- birinchi o`rinda ularga pul‘pasi gangrenoz parchalangan tish va
ildizlar kiradi. Ular miokardit,endokardit, revmatizm, artrit miozit kabi kasalliklar tarkalishida etiologik rol‘
o`ynaydi. Xronoseptik xolatlarda gemolitik o`zgarishlar bilan (anemiya, limfostitoz, leykopeniya) birga boradi.