SHifokor va bemorni xolati. Tish olish orperatsiyasi yarim o`tirgan yoki o`tirgan xolatda olib boriladi. Tish
extiyotkorlik bilan olinishi kerak. Ayniqsa elevator bilan ishlayotganda tish va ildizlarni asperaqiyasini oldini
olish kerak. Tepa jag‘ tishlarni olish uchun bemorni kresloga o`tkazib, ko`krak qismi biroz orqaga egiladi. Tish
olinayotganda olinayotgan tish satxi shifokor elka bo`g‘imiga to`g‘ri kelishi kerak. Bemor boshi ozgina orqaga
itarilgan xolda bo`lishi kerak. Pastki jag‘da tish olinayotgan paytda kresloni shunday tushiriladiki, bemor og‘zi
stomatolog irsak bo`g‘in satxiga to`g‘ri bo`lishi kerak. SHifokorni joylashishi tish lokalizaqiyasiga qarab
aniqlanadi. SHifokor pastki jag‘ o`ng tomondagi tishni olayotganda o`ng va bemordan biroz orqa tomonda
joylashadi. Pastki chap tomondagi va yukorigi tishlarni olayotganda o`ng va oldinda joylashadi. YUkori jag‘da
tish olinayotganda chap qo`l ko`rsatkich barmog‘i bilan tepa labni suradi, boshqa barmog‘ini esa tanglay
tomoniga joylashtiradi. Pastki jag‘da tish olayotganda chap qo`l bilan bemor boshi ushlanadi, katta yoki
ko`rsatkich barmoq bilan til va lab jaroxatlanmasligi uchun to`sib turiladi.
Dostları ilə paylaş: