Buxoro davlat tibbiyot instituti xirurgik stomatologiya kafedrasi



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/258
tarix07.03.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#53443
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   258
ogiz boshligi jarrohligi

Tish  replantatsiyasi  –  olingan  tishni  katagiga  qaytib  o‘rnatish  hisoblanadi.  Operatsiya  davolash 
samarasi bo‘lmaganda, konservativ terapiya yordam bermaganda tishni saqlash kerak bo‘lganda o‘tkaziladi. Bu 
usul  tishni  olish,  patologik  to‘qimalarni  alveola  devori  va  tish  ildiz  yuzasidan  kirib  olib  tashlash  bilan  olib 
boriladi.  Kanal  plombalangandan  va  ildiz  uchi  rezektsiyasi  o‘tkazilgandan  keyin  tish  lunkasiga  qo‘yiladi  va 
fiksatsiyalanadi. Replantatsiya asosan ko‘p ildizli tishlarda o‘tkaziladi. Tish alveola to‘qimasi va atrof yumshoq 
to‘qimalarga zarar etkazmagan holda olinadi. Asta-sekinlik bilan alveola yon devoridagi periodont tolalarini va 
aylana bog`lamni saqlagan holda granulyatsiyalar va granulemalardan kyuretaj usuli bilan tozalanadi. Jarohatni 
antibiotik,  furatsilin  qo‘shilgan  natriy  xloridning  ilik  izotonik  eritmasi  bilan  yuviladi  va  toza  steril  doka  bilan 
zich qilib tamponada qilinadi. Olingan tishni vaqtincha 1 tb antibiotik yoki nitrofuran preparatlari qo‘shilgan iliq 
(36,6°  S)  natriy  xloridning  izotonik  eritmasiga  solib  qo‘yiladi.Tish  bo‘shlig`i  va  kanallari  tsement  yoki  tez 
qotuvchi plastmassa bilan to‘ldiriladi va ildiz uchlari charxlab tashlanadi. Suyak xam tozalab bo‘lingach tishni 
alveolasiga  joylashtiriladi  va  simli  shina,  tez  qotuvchi  plastmassadan  yasalgan  ximoyalovchi  plastinka,  kappa 
apparati  yordamida  2-3  xaftaga  fiksatsiya  qilinadi.  E`tiborni  tish  tinch  holda  turgandagina  jonlanishi 
mumkinligiga qaratish kerak. Tish prikusdan ajralgan bo‘lishi kerak shuning uchun replantatsiya qilingan tishni  
yoki  ontogonistining  do‘mboqlari  charxlab  tashlanadi.  Operatsiyadan  keyingi  davrda  analgin,  amidopirin, 
metindol  va  boshka  preparatlar,  dieta  va  og`iz  bo‘shlig`ini  gigienasiga  ayniqsa  ushlab  turuvchi  shinalar 
qo‘yilgan paytda katta e`tibor berish tavsiya etiladi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin